Madaniy yaylov Yaylov Yaylov yoʻli Yaylov qonunning maqsadi


Download 22.04 Kb.
bet1/6
Sana18.12.2022
Hajmi22.04 Kb.
#1028222
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7. Madaniy yaylov


Madaniy yaylov. Madaniy yaylovlardan foydalanish tartibi
Reja:

  1. Madaniy yaylov

  2. Yaylov

  3. Yaylov yoʻli

  4. Yaylov qonunning maqsadi



MADANIY YAYLOV — mahsuldor oʻt qoplamini oʻstirish, yaylov maydonini maxsus tayyorlash va jihozlash yoʻli b-n melioratsiyalangan oʻtloqlarda barpo qilingan yaylov. Tabiiy-xoʻjalik sharoitlariga koʻra, 2 turdagi Madaniy yaylov tashkil etiladi: qisqa muddatli (5—6 y. lik) va uzok, muddatli yoki uzok, yillar (7 — 10 y. va undan ortiq)ga moʻljallangan yaylov.
Madaniy yaylov dastavval chorvachilik soxasi yaxshi rivojlangan mamlakatlarda — Gollandiya, Daniya, Shvetsiya, Angliya, AQSH, Yangi Zelandiyada 19-a. ning oxirlaridan boshlangan. 1980-y. lardan Oʻzbekistonda Toshkent viloyatidagi «Qizil shalola», «Erkin», «Oqqoʻrgʻon», Samarqand viloyatidagi Ulugʻbek nomli, Andijon viloyatidagi «Savay» xoʻjaliklarida sigirlarni yayratib boqish uchun uzoq yillarga moʻljallangan Madaniy yaylovlar tashkil etilgan.
Tabiiy oʻtloqzorlar asosida Madaniy yaylov yaratish uchun yaylov barpo etiladigan yerni tekislash, yaylovni suv bilan taʼminlash va bu yaylovlarga organik va mineral oʻgʻitlarni moʻtadil ravishda qoʻllash tashkil etiladi. Agar yaylov oʻti siyrak boʻlsa, kuz faslida dukkakli va boshoqli oʻsimliklar urugʻi sepiladi.
Madaniy yaylov tashkil qilishda yetarli tabiiy yogʻinlardan foydalanish yoki yomgʻirlatib sugorishni tashkil etgan holda har 100 yoki 200 bosh sogʻin sigir uchun moʻljallab ajratilgan maydon (100 bosh sigirga 7,5 ga) sim toʻsiqlar bilan bir necha mayda (taxm. 30 ta) paykallarga boʻlinadi. Paykal maydoni molning bosh soni, mahsuldorligi va yaylovga ekilgan ozuqabop ekinlarning hosildorligiga qarab aniqlanadi. 1 kun oʻtlatishga moʻljallangan paykalning eni (100 bosh sigir uchun) 50—60 m, u ikki yonidan 25 volt kuchlanishiga ega boʻlgan elektr toki oʻtkazilgan sim toʻsiqlar bilan oʻraladi. Odatda, har paykalda sigirlar 1 kun oʻtlatilsa, paykal maydonini hisoblashda yaylovning hosildorligi va 1 kunda oʻrtacha 10—15 kg sut beradigan sigirlarning 50—60 kg koʻk massa isteʼmol qilishi nazarda tutiladi.
Madaniy yaylovlar tashkil etish oʻtloqlardan foydalanish samaradorligini oshiradi, chorva mahsuldorligini koʻpaytirib, mastit va tuyoq kasalliklarini kamaytiradi (q. Yaylov).
Yaylov — chorva mollari erkin (haydab) boqiladigan oʻtzor. Tabiiy va ekma oʻtzorlar mavjud. Tabiiy Yaylovda, asosan, koʻp yillik oʻtlar va chala butalar oʻsadi, madaniy Yaylovga esa bir va koʻp yillik dukkakli, boshoqli oʻtlar urugʻi aralashtirib ekiladi (q. Madaniy yaylov, Tabiiy yaylov).
Yaylov chorva mollari uchun eng arzon va qimmatli koʻk ozuqa manbai. Mollar Yaylovda boqilganda bogʻlab (ogʻilda) parvarish qilinganiga qaraganda mahsuldorligi 25—40% ortadi, mahsulotining sifati yaxshilanadi.
Geografik zonallik va vertikal zonallik qonuniyatlariga qoʻra, shim. dan janubga tomon va tekislikdan togʻlarga koʻtarilgan sari oʻt qoplami turi va tabiiyiqlim sharoitlari ham oʻzgarib boradi. Shu sababli Yaylovlar quyidagicha tavsiflanadi: tundra; oʻrmon; oʻrmondasht; dasht; chala choʻl; choʻl; togʻ zonalari (subalp — dengiz sathidan 1800—2800 m balandlikda va alp — dengiz sathidan 2800—3400 m balandlikda) Yaylov lari.
Oʻzbekistonda qoramol, qoʻyechki podalari, ot uyurlari adir va togʻli zonalarda mavsumiy — erta bahordan kech kuzga qadar, tuya, qorakoʻl qoʻylari choʻl zonalarida yil boʻyi Yaylov larda boqiladi. Madaniy Yaylovlar yaratishda Qoraqum, Qizilqum choʻllarida qora saksovul, izen, qandim, qoʻngʻirbosh, chogon, kamforosma kabi choʻlyaylov ekinlari ekiladi. Tabiiy Yaylovlar hosildorligini oshirish uchun ulardan toʻgʻri foydalanish va Yaylovlar holatini yaxshilash choralari koʻriladi. Buning uchun har yili mollar boqiladigan Yaylovlar almashtiriladi; oʻt ham navbat bilan oʻriladi; oʻtzorlar oʻgʻitlanadi; zararli va zaharli oʻtlarga qarshi kurashiladi.
Oʻzbekistonda jami pichanzorlar mayd. 112 ming ga, Yaylovlar mayd. 22,15 mln. ga boʻlib, uning asosiy qismi choʻl va togʻli hududlarda joylashgan, shundan 19,4 mln. ga Yaylov suv bilan taʼminlangan (2001).

Download 22.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling