1. Boshqarish prinsiplari Assosiy tushunchalar Avtomatik boshqarishning mohiyati


Download 121.9 Kb.
bet3/3
Sana21.04.2023
Hajmi121.9 Kb.
#1368135
1   2   3
Bog'liq
Mavzu Boshqarishning asosiy prinsiplari Reja Boshqarish prinsi

SISTEMAGA MISOLLAR

Sistema

Kirish

Chiqish

Maqsad

Radio- qabullagich

Radioto`lqinlar

Tovush to`lqinlari

Tiniq tovush

O`ynatgich

Ignaning tebranishlari

Tovush to`lqinlari

Tiniq tovush

Termometr

Havo temperaturasi T0
(T)

Ustin balandligi (h)

To`g`ri ishlashi, to`g`ri ko`rsatish

Suvo`tkazgich jo`mragi

Jo`mragning buralishi
(buralish burchagi φ)

Suv oqimi (suv sarfi G)

Berilgan sarf

O`quvchi

O`qituvchi ma’ruzasi, kitobdagi matn,kino,
televizor

Baholar, bilimlar, xulq

Yaxshi baholar, yaxshi bilimlar, yaxshi xulq

O`qituvchi

Dars rejasi, o`quvchi javoblari

Ma’ruzalar, JB,
OB, YaN lar uchun masalalar

Yaxshi baholar, yaxshi bilimlar, yaxshi xulq

Robot

Buyruqlar

Harakatlar

Buyruqlarni aniq bajarish

Qo`ylarning ko`payishi

Oziq-ovqati (yemxashak), ovqatlanish

Soni

Maksimal son

O`rmondagi tulkilarning ko`payishi

Oziq-ovqati (yemxashak), ovqatlanish

Soni

Maksimal son

𝑎𝑥2 +𝑏𝑥+𝑐=0 tenglamani EHM da yechish dasturi

a, b, с koeffitsientlar, aniqlik E

x1, x2

Berilgan aniqlikdagi echim

𝑎𝑥2 +𝑏𝑥+𝑐=0 tenglamani yechish

a, b, с koeffitsientlar,

Formula 𝑥1,2 =


To`g`ri formula

Elektromotor

Elektr toki

Rotorning aylanishi

Berilgan chastotada aylanish

Gulxan

O`tin

Issiqlik, yorug`lik

Berilgan miqdordagi issiqlik va yorug`lik

Savdo

Mahsulotlar, buyumlar

Pul

Pullar yig`indisi = mahsulot qiymatini ta’minlash

Byurokrat

Qog`oz

Qog`oz

Maosh

Avtomatik boshqarish muammosining mohiyati [1]
Inson turli ehtiyojlarini qondirish uchun turli-tuman texnologiyalarni yaratdi. Bu texnologiyalarning hammasi inson amalga oshirgan maqsadga muvofiq harakatlar to’plamidan iborat. Bunday harakatlarni operatsiyalar deb ataymiz va ularni ikki sinfga ajratamiz: ishchi operatsiyalar va boshqarish operatsiyalari. Ishchi operatsiyalarga jarayonni amalga oshirish uchun bevosita zarur bo’lgam harakatlar, masalan, stanokda detalni qayta ishlashda yupqa metall qatlamni qirqish, dvigatel valining aylanishi kiradi. Ishchi operatsiyalardagi inson mehnatini mashina va mexanizmlarga almashtirishni mexanizatsiya deyiladi, buning maqsadi katta jismoniy energiya sarflashni talab etadigan operatsiyalardan (yer ishlari, yuk ko’tarish); zaharli ishlardan (ximiyaviy, radioaktiv jarayonlar); asab sistemasi uchun toliqtiruvchi ishlardan (detallarni biriktirish-yig’ishda bir xil vintlarni burash, tipik hujjatlarni katta miqdorda to’ldirish, katta hajmdagi standart hisib-kitoblarni bajarish va h.) insonni ozod qilishdir.
Ishchi operatsiyalarni to’g’ri va yuqori sifatli bajarish uchun ularni boshqa turdagi harakatlar - boshqarish operatsiyalari bilan yo’naltirib turish zarur, bular alohida operatsiyalarni vaqtning zarur momentlarida boshlash, ketma-ketlik tartibi, tugatishni ta’minlaydi, ularni bajarish uchun resurslarni ajratishni ta’minlaydi, jarayonning o’ziga kerakli parametrlarni: yo’nalish, tezlik, ishchi asbobning tezlanishi, temperatura, ximiyaviy jarayondagi kontratsiya va h. beradi. Boshqaruvchi operatsiyalarning to’plami boshqarish jarayonini tashkil etadi.
Boshqarish operatiyalarini ham qisman yoki to’la texnikaviy qurilmalar bajarishlari mumkin. Boshqarish operatsiyalarida inson mehnatini almashtirishni avtomatlashtirish deyiladi, boshqarish operatsiyalarini bajaruvchi texnikaviy qurilmalarni avtomatik qurilmalar deyiladi. Berilgan jarayonni bajaruvchi texnikaviy vositalar – mashinalar, mehnat qurollari, mexanizatsiyalsh vositalarining to’plami boshqarish nuqtai nazaridan boshqarish ob’ekti hisoblanadi. Boshqarish vositalari va boshqarish ob’ektlarining to’plami boshqarish sistemasini tashkil etadi. Hamma ishchi va boshqaruvchi operatsiyalari avtomatik qurilmalar bilan bajariladigan boshqarish sistemalarini avtomatik boshqarish sistemalari (ABS) deyiladi. Operatsiyalarning faqat ma’lum qismi avtomatlshtirilgan, qolgan qismi esa (odatda eng mas’uliyatli qismi) odamlarga qoldirilgan boshqarish sistemasini avtomatlshtirilgan (qisman avtomatik) boshqarish sistemasi (ABS) deyiladi.
Boshqarish ob’ektlari va vositalari bo’lib texnikaviy jarayonlar va agregatlat, agregatlar guruhi, tsexlar, korxonalar, odamlar jamoasi va tashkilotlar va h. hisoblanadilar.
Har qanday texnikaviy jarayon ko’rsatkichlar, koordinatalar, ba’zan esa parametrlar deb ataluvchi fizikaviy kattaliklar to’plami bilan tavsiflanadilar. Parametr so’zini, terminini ishlatmasligimiz ma’qul, negaki, bu termin bilan qurilmalarning o’zini fizikaviy doimiylarini belgilanadi. Boshqarishni amalga oshirish va boshqariladigan sistemalarni tuzish uchun ikki turdagi bilimlar kerak bo’ladilar: birinchidan, berilgan jarayonning va uning texnologiyasining konkret ilmi, ikkinchidan, turli-tuman ob’ektlar va jarayonlar uchun umumiy bo’lgan boshqarish printsiplari va metodlarini bilish. Konkret va maxsus bilimlar talab etilgan natijani olish uchun sistemada nimani va qanday o’zgartirish kerakligini aniqlab berishga imkon beradilar. Bularning hammasini texnologlar tomonidan berilgan deb hisoblaymiz va xususiy xossalardan abstraktsiyalanib, boshqarishning umumiy qonunlarini va metodlarini, ularni amalga oshirish usullarini o’rganamiz.
Avtomatlashtirishda boshqarish operatsiyalarining turli ko’rinishlariga zaruriyat yuzaga keladi. Boshqarish operatsiyalarining ko’rinishlaridan biriga berilgan operatsiyani boshlash (ulash), tugatish (uzish) va bir operatsiyadan boshqasiga o’tish (qayta ulanish) kiradi. Bu ko’rinishdagi operatsiyalarning turlicha aspektlari qayta ulovchi qurilmalar nazariyasida va qisman jadvallar (masalan, darslar jadvali) nazariyasida qaraladi, bular boshqa fanlar predmetiga tegishli.
Operatsiyalarning boshqa guruhi koordinatalarni nazorat qilish bilan bog’liq bo’lib, ular yo’l qo’yilgan chegaralardan chiqib ketmaganligini aniqlashdan iborat. Operatiyalarning bu guruhini avtomatik nazorat nazariyasida qaraladi.
Adabiyotlar

  1. Бабаков Н.А., Воронов А.А., Воронова А.А.,Дидук Г.А., Дмитриева Н.Д., Ким Д.П., Меиский Б.М., Попович П.Н., Теория автоматического управления: Учебник для вузов по специальности «Автоматика и телемеханика». В 2-х ч. Ч.1. Теория линейних систем автоматического управления.Под ред. А.А.Воронова., 2-ое изд., перераб. и доп. - М.: Высш. шк., 1986.- 367с., ил..

  2. Егоренков Д.Л. Фрадков А.Л. Харламов В.Ю., Основы математического моделирования. Построение и анализ моделей с примерами на языке МАТЛАБ, Ленинград, 1989..

  3. Бесекерский В.А., Попов Е.П., Теория систем автоматического управления., СПб.: Профессия, , 752 с. 2004.. [4] Мирахмедов Д.А., Автоматик бошқариш назарияси., Тошкент: Ўзбекистон,, 1993. -287б..

  1. Дорф Р., Современные системы управления., М.: Пер. с англ. – Лаборатория базовых знаний,, 2004. – 832 с..

  2. Власов К.П., Теория автоматического управления, Харьков:

Гуманитарний центр, 2007. с 526.

  1. Richard C.Dorf, Robert H.Bishop, Modern control sistems, 1084 bet. [8] Пупков К.А.и др., Методи классической и современной теории автоматического управления: Учебник в 5-и тт.,перераб.и доп.Т.1.Математические модели,динамические характеристики и анализ систем автоматического управления., М: МГТУ им.Баумана, 2004.656 стр.,ил..



Download 121.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling