1-Boshqaruv aktlari tushunchasi va ularning yuridik ahamiyati


Davlat  boshqaruv  aktlariga  qwyiladigan  talablar


Download 29.49 Kb.
bet2/4
Sana21.12.2021
Hajmi29.49 Kb.
#182197
1   2   3   4
Davlat  boshqaruv  aktlariga  qwyiladigan  talablar.  Amaldagi  qonun  hujjatlariga  binoan  davlat 

boshqaruv aktlari belgilangan talablarga mos ravishda qabul qilinishi lozim. Jumladan:  

1)davlat  boshqaruv  aktlari  –  Wzbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasiga,  Wzbekiston  Respublikasi 

qonunlariga hamda Wzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga zid bwlishi mumkin emas; 

2)davlat  boshqaruv  aktlari  -  Konstitutsiya  va  qonunlarda  belgilangan  vakolat  doirasida  tegishli  ijro 

hokimiyati  organlari  (mansabdor  shaxslar)  tomonidan  yoki  davlat-boshqaruvi  faoliyatining  vakolatli 

sub`ekti tomonidan qabul qilinishi lozim; 

3)yuqori turuvchi organlarning huquqiy aktlarini inobatga olgan holda qabul qilinishi lozim; 


4)huquqiy  asoslangan  bwlishi,  ya`ni  qabul  qilishning  maqsadi  va  asoslari,  shuningdek  uni  qabul  qilishdan 

kelib chiqadigan yuridik oqibatlar kwrsatib wtilgan bwlishi lozim; 

5)quyi  turuvchi  organlarning,  korxona,  muassasa  va  tashkilotlarning  kompetentsiyasini  (vakolatini)  yoki 

operativ mustaqilligini cheklashga qaratilmagan bwlishi lozim; 

6)jamoat  birlashmalarining  va  boshqa  nodavlat  tashkilotlarining  qonun  bilan  belgilangan  huquqlari  va 

qonuniy manfaatlarini cheklashga qaratilmagan bwlishi lozim; 

7) qonun hujjatlari bilan belgilangan shaklda va tartibda qabul qilinishi lozim. 

Albatta,  davlat  boshqaruv  aktlarini  qabul  qilishda  qwyiladigan  asosiy  talablardan  biri  -  bu  uning 

konstitutsiya  va  qonunlar  bilan  wrnatilgan  fuqarolarning  huquqlari  va  erkinliklariga  qarshi  qaratilgan  bwlishi 

mumkin emas. 

Davlat boshqaruv aktlariga boshqa xildagi talablar ham wrnatilgan bwlishi mumkin. Masalan, optimallik, 

twliq va aniq ifoda etish, belgilangan rekvizitlarga (muhr, imzo, ijro muddati, nazorat va boshqalarga) rioya qilish, 

kollegiallikka rioya qilish va h.k.lar. 

Davlat  boshqaruvining  asosiy  shakllaridan  biri  -  bu  davlat  organlari  faoliyatida  shartnomalarni  tuzish 

hisoblanadi.  Davlat  organlari  boshqaruv  faoliyatini  amalga  oshirish  vaqtida  bir  necha    xildagi  shartnomalarni 

tuzishlari mumkin: fuqarolik-huquqiy shartnomalar; ma`muriy-huquqiy shartnomalar. 

Davlat  organlari  faoliyatida  fuqarolik  shartnomalarini  tuzish  Wzbekiston  Respublikasi  fuqarolik 

qonunchiligi  bilan  tartibga  solinadi.  Fuqarolik-huquqiy  shartnomalarda  davlat  organlari  yuridik  shaxs  sifatida 

harakat  qiladi  va  bu  munosabatlar  wzaro  tenglikka  asoslanadi.  Bu  shartnoma  munosabatlarida  ishtirok  etuvchi 

tomonlar wzaro bog`liq bwlgan huquq va majburiyatlarga ega bwladi. 

Shu  narsani  alohida  ta`kidlab  wtish  lozimki,  davlat  organlari  ma`muriy-huquqiy  shartnomalarni  qabul 

qilish  orqaligina  boshqaruvni  amalga  oshirishlari  mumkin,  ya`ni  davlat  organlari  tomonidan  fuqarolik-huquqiy 

shartnomasini tuzish boshqaruv shakli hisoblanmaydi. Shu sababli boshqaruv shakli twg`risida gapirganda, kwproq 

e`tiborni davlat organlari tomonidan tuziladigan ma`muriy-huquqiy shartnomalarga qaratish lozim. 

Amaldagi  qonunchilik  hujjatlarida  ma`muriy-huquqiy  shartnomalar  degan  termin  ishlatilmagan.  Shu 

nuqtai nazrdan, ma`muriy-huquqiy shartnomalar masalasi hozirgi kunga qadar dolzarb bwlib hisoblanadi. 

Ma`muriy-huquqiy shartnomalarning boshqa shartnomalardan asosiy farqi shundan iboratki, ularda davlat 

organi  davlat  organi  sifatida,  ya`ni  davlat-hokimiyat  vakolatidan  foydalangan  holda  ishtirok  etadi.  Ma`muriy-

huquqiy  shartnomalarda  tomonlar  wzaro  teng  bwlib  hisoblanmaydi.  Bunday  shartnomalarda  asosiy  talablarni  bir 

tomon (davlat organi) belgilab beradi. 

Fuqarolik-huquqiy  shartnomalar,  yuqorida  qayd  qilinganidek,  fuqarolik  qonun  hujjatlari  bilan  tartibga 

solinsa,  ma`muriy-huquqiy  shartnomalar  ma`muriy  qonunchilik  bilan  tartibga  solinadi.  Ma`muriy  huquq  fanidan 

bizga  yaxshi  ma`lumki,  ma`muriy  qonunchilik  davlat  boshqaruvini  tartibga  solishga  qaratilgan.  Ma`muriy 

qonunchilik orqali tartibga solinadigan ijtimoiy  munosabatlarda davlat organi (mansabdor shaxs) ishtirok etganligi 

sababli tengsizlikka asoslanadi. Bu munosabatlar bir tomonlama tartibda yuzaga kelishi, wzgarishi va bekor bwlishi 

mumkin. 

Ma`muriy-huquqiy  shartnomalar  davlat  organi  oldida  turgan  vazifa  vafunktsiyalarni  amalga  oshirish 

maqsadida tuziladi. 

Ma`muriy-huquqiy shartnomalarning mazmunini davlat organining vakolati tashkil etadi. Masalan, ichki 

ishlar organlaridagi qwriqlov bwlimi bilan yuridik shaxs wrtasida ma`lum bir ob`ektni qwriqlash bwyicha tuzilgan 

shartnoma.  Mazkur  shartnoma  ma`muriy-huquqiy  shartnoma  hisoblanib,  u  orqali  davlat  organi  wz  oldida  turgan 

vazifa va funktsiyalarni amalga oshiradi. 

Demak,  yuqoridagilarga  asoslanadigan  bwlsak,  davlat  organlari  (mansabdor  shaxslar)  boshqaruv 

jaryonida  ma`muriy-huquqiy  shartnomalarni  tuzish  orqali  boshqaruv  faoliyatini  amalga  oshiradilar.  Ma`muriy-

huquqiy shartnomalar davlat organlarining vakolatini (ularning vazifa va funktsiyalarini) amalga oshirishda xizmat 

qiluvchi - davlat boshqaruv shakllaridan biri hisoblanadi.         

Davlat  organlari  (mansabdor  shaxslar)  boshqaruv  faoliyatini  amalga  oshirish  vaqtida  amaldagi  qonun 

hujjatlari  bilan  belgilab  berilgan  boshqa  yuridik  ahamiyatli  qarakatlarni  ham  sodir  etishlari  mumkin.  Jumladan 

bunday harakatlarga 


Download 29.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling