1-Boshqaruv aktlari tushunchasi va ularning yuridik ahamiyati
Download 29.49 Kb.
|
1-Boshqaruv aktlari tushunchasi va ularning yuridik ahamiyati 2-Ma’muriy huquqiy sharoirlar tushunchasi va turlari 3-Ma’muriy huquqiy uslublar tushunchasi va ularning tasnifi Davlat boshqaruv aktlarining tasnifi. Davlat boshqaruv aktlari bir necha asoslarga kwra bir necha turlarga tasniflanishi (guruhlanishi) mumkin. Jumladan, huquqshunos olimi X.R.Alimov davlat boshqaruv aktlarini quyidagilarga bwladi: 1)yuridik xususiyatiga kwra boshqaruv aktlari me`yortiv va individual aktlarga bwlinadi; 2)makondagi harakati bwyicha boshqaruv aktlari respublika miqyosidagi va mahalliy miqyosdagi aktlarga bwlinadi; 3)qancha muddatgacha amalda bwlishiga kwra boshqaruv aktlari muddati cheklangan va cheklanmagan
4)aktning qaysi organ tomonidan qabul qilinishiga kwra quyidagilarga bwlinadi: a) Wzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinadigan boshqaruv aktlari (farmon va farmoyish); b) Wzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadigan boshqaruv aktlari (farmoyish va qaror); v) vazirliklar, davlat qwmitalari va respublika miqyosida harakat qiluvchi davlat organlari (kontsern, korporatsiya, assotsiatsiya, kompaniya va boshqalar) tomonidan qabul qilinadigan boshqaruv aktlari (buyruq, ywriqnoma, kwrsatma va boshqa qarorlar); g) hokimlar tomonidan qabul qilinadigan boshqaruv aktlari (farmoyish va qaror); 5aakt qabul qiluvchi organlarning vakolatiga kwra boshqaruv aktlari umumiy, sohaviy va tarmoqlararo aktlarga bwlinadi; 6)shakli bwyicha boshqaruv aktlari yozma va og`zaki aktlarga bwlinadi.
Uning fikricha, ijro hokimiyatining maqsadi, vazifasi va funktsiyalari turli kwrinishdagi boshqaruv aktlari orqali amalga oshiriladi. Boshqaruv aktlarini tasniflashning birinchi asosi - bu aktlarning yuridik xususiyatidir. Boshqaruv aktlari yuridik xususiyatiga kwra me`yortiv va individual aktlarga bwlinishi mumkin. Normativ aktlar boshqaruv faoliyatining tartibga soluvchilik funktsiyasini ifodalaydi. Ularda turdosh boshqaruv munosabatlarini tartibga soluvchi ma`muriy-huquqiy me`yorlar kwrsatib wtilgan bwlib, boshqaruv jarayoni sub`ektlarining yurish-turishini, xulq-atvorini belgilab beradi hamda uzoq muddatga mwljallab chiqariladi. Normativ aktlar ijro hokimiyati jarayonini ifodalovchi eng samarali vositadir. Normativ aktlar - bu qonunosti ma`muriy huquq ijodkorligi yoki huquq wrnatish akti hisoblanadi. Normativ aktlar orqali: A) yuqori yuridik kuchga ega bwlgan, ya`ni qonunlarda kwrsatib wtilgan me`yorlar yanada aniqlashtiriladi; B) davlat boshqaruvi sohasidagi namunaviy qoidalar belgilanadi; V) turli xildagi ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar hayotga tatbiq qilainadi; G) ijro apparati bwg`inlarining tashkiliy-huquqiy maqomi belgilab beriladi; D) fuqarolar va jamoat birlashmalarining konstitutsiyaviy maqomi amalga oshirilishining mexanizmi ta`minlanadi; E) davlat boshqaruvi sohasida amalga oshiriladigan ma`lum bir cheklovlar va taqiqlar wrnatiladi, maxsus huquq berilishi yoki majburiyatlar yuklanishi mumkin; J) boshqaruv munosabatlari turli ishtirokchilari wzaro aloqasining asosiy ywllari shakllantiriladi; E) davlat boshqaruvi sohasida wrnatilgan tartibning muhofaza qilinishi amalga oshiriladi va boshqalar. Normativ aktlar ma`muriy huquqning asosiy manbalaridan biri hisoblanadi. Ular ma`muriy-huquqiy munosabatlarni yuzaga keltirish, wzgartirish va bekor qilishda huquqiy asos bwlib xizmat qiladi. Shunday qilib, me`yortiv aktlar orqali boshqaruvning muhim, printsipial muammolari hal qilinadi. Ijro hokimiyati organlarining (mansabdor shaxslarning) me`yortiv ma`muriy-huquqiy aktlarni qabul qilish vakolati rasmiy tartibda mustahkamlangan ularning kompetentsiyasi orqali belgilanadi. Individual aktlar, ya`ni yakka tartibdagi yoki ma`muriy aktlar. Individual aktlar naormativ aktlardan farq qilgan holda, huquqni ijro etish (huquqni ta`minlash) xususiyatiga ega. Wzining yuridik mazmuniga kwra bu aktlar farmoyish berish aktlari bwlib hisoblanadi. Ularda ijro hokimiyati sub`ektlarining konkret yuridik-hokimiyat irodasi ifoda etiladi. bunday huquqiy-hokimiyat irodasining ifodalanishi quyidagilarda namoyon bwladi: birinchidan, bu aktlar orqali individual ma`muriy ishlar yoki davlat boshqaruvi sohasida yuzaga keladigan masalalar hal qilinadi; ikkinchidan, bu aktlar konkret shaxslarga qaratilgan bwladi; uchinchidan, bu aktlar konkret ma`muriy-huquqiy munosabatlarni yuzaga keltiradi, wzgartiradi va bekor qiladi.
Individual aktlar davlat boshqaruvi jarayonida keng qwllaniladigan boshqaruv qarorlaridan biri hisoblanadi. Masalan, boshqaruv apparatida biron bir shaxsni u yoki bu lavozimga tayinlash twg`risidagi bwyruq, ma`muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga ma`muriy javobgarlikni qwllash twg`risidagi qaror va boshqalar. Individual aktlar hamma vaqt ma`muriy-huquqiy me`yorlarni qwllovchi akt bwlib hisoblanadi. lekin ularning ahamiyati faqatgina shu bilan cheklab qwyish, maqsadga muvofiq emas. Bu aktlar boshqa huquq sohalarining me`yorlarini qwllashda ham xizmat qiladi. Individual aktlarni qabul qilishga qwyiladigan asosiy talab - ularning me`yortiv ma`muriy-huquqiy aktlar asosida bwlishidir. Agar individul akt me`yortiv ma`muriy-huquqiy akt asosida qabul qilinmasa, haqiqiy emas deb topiladi. Normativ aktlar umumiylik xususiyatiga ega bwlib, uzoq muddatga mwljallab chiqarilsa, individual aktlar konkret shaxslarga qaratib chiqariladi va ularning amalda bwlishi odatda ma`lum bir holatga bog`liq bwladi. Individual aktda kwrsatilgan harakatning amalga oshirilishi bilan u wz kuchini ywqotadi. Ba`zi bir aktlar wzida ham me`yortiv ham individual aktning xususiyatlarini qamrab olishi mumkin. Bunday aktlar aralash akt deb ataladi. Masalan, biron bir akt orqali davlat organi qayta tashkil qilinib, bir vaqtning wzida uning tashkiliy-huquqiy maqomi ham belgilab beriladi hamda konkret shaxs rahbar etib tayinlanadi. Ayrim holatlarda aralash aktlarni alohida guruhga kiritishga harakat qilishadi. Lekin bunga hech qanday asos ywq. Davlat boshqaruvi aktlari boshqa xususiyatlarga kwra ham tasniflanishi mumkin. Masalan ularni nomlanishiga qarab ham bir necha guruhlarga bwlish mumkin. Har bir ijro hokimiyati organlari Konstitutsiya va qonunlar bilan yoki qonunosti aktlari bilan wrnatilgan ma`lum nomalanishdagi aktlarni qabul qiladi. Masalan, Prezidenti farmon va farmoyish, hukumat farmoyish va qaror, vazirliklar va davlat qwmitalari buyruq, ywriqnoma, qaror, farmoyish va kwrsatmalar qabul qiladi. Davlat boshqaruv aktlarini muhofaza qilish uslubiga kwra ikkiga bwlish mumkin: A) intizomiy javobgarlik choralari bilan muhofaza qilinadigan davlat boshqaruv aktlari; B) ma`muriy javobgarlik choralari bilan muhofaza qilinadigan aktlar.
Download 29.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling