38. Qachon aktiv xususiy kapital summasiga teng boʻlishi mumkin? HECH QACHON
39. Kassadan 100000 sum avans, 500000 sum ish haki berildi va 2000 sum kamomad chiqsa, balansda qanday oʻzgarish yuz beradi?
BALANS 398000 SUMGA KAMAYADI
40.Taʼminotchilardan 1000000 soʻmlik material olinsa, 500000 soʻmlik material ishlab chiqarishga berilsa, 10000 sumlik material kamomadga olib borilsa balans necha soʻmga oʻzgaradi?
41. Toʻlov qaydnomasiga asosan xodimlarga ish haqi tarqatildi. Bu jarayon balansdagi oʻzgarishi tipining qaysi biriga taalluqli? D 5110 K 6710
42.Xususiy kapital tarkibi haqida ma’lumot bering?
Xususiy kapital hisobi o’z ichiga bir qancha ko’rsatkichlarni olib, ular quyidagi tartibda tashkil etiladi:Ustav kapitali;Qo’shilgan kapital;Rezerv kapitali;Taqsimlanmagan foyda;Xususiy kapital bilan qoplanmagan zarar.Korxonaning ustav kapitali o’z mablag’lar manbaining asosini tashkil etadi. Ustav kapitali ta’sischilar tomonidan qo’yilgan pay to’lovlarini, aksiyalarining nominal qiymatini o’zida saqlaydi. Uning hisobi esa hukumat qarorlari va ta’sischilarning yig’inida qabul qilingan qarorlar asosida yuritilib boriladi.
43.Korxonaning mablagʻlar manbalari qanday guruhlarga boʻlinadi?
korxona mablag’lari o’zlarining turlari va joylashishi bo’yicha quyidagi guruhlarga bo’linadi: iishab chiqarish vositalari; operatsiya sohasidagi mablag’lar; noishlab chiqarish sohasidagi mablag’lar.Ishlab chiqarish vositalari mehnat vositalari va mehnat buyumlaridan iborat bo’ladi.Mehnat vositalari - insonning yaratayotgan buyumlariga o’z ta’sirini o’tkazuvchi vositalar hisoblanadi. Mehnat vositalari tarkibida ishlab chiqarish qurollari yetakchi rolni o’ynaydi. Ishlab chiqarish qurollari yordamida ishchilar mehnat buyumlarining tashqi ko’rinishini o’zgartiradilar, ularga yangi tus beradilar va mehnat mahsuliga aylantiradilar. Mehnat vositalariga, shuningdek imoratlar, inshootlar, transport vositalari va xo’jalik jihozlari ham kiradi. Ular ishlab chiqarish jarayonini normal amalga oshirish uchun kerakli sharoitlar yaratib, uni to’g’ri tashkil etishga yordam beradi.Barcha mehnat vositalarining xususiyatlari shundan iboratki, ular mahsulotni tayyorlash jarayonida uzoq muddat davomida qatnashadilar, ko’plab ishlab chiqarish jarayonlariga xizmat qiladilar va shu bilan birga o’z tashqi ko’rinishlari, xususiyatlarini o’zgartirmasdan saqlab qoladilar. Ayni bir vaqtda mehnat vositalari o’z qiymatini asta-sekin ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar tannarxiga, davr xarajatlariga o’tkazadilar. Bu ularning eskirishiga va qiymatining kamayishiga olib keladi.Undan tashqari, korxonalar nomoddiy aktivlarga ega bo’lib, kapital qo’yilmalar hamda uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalarni amalga oshirishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |