1. Boshqaruv hisobi. Moliyaviy hisob
Xoʻjalik hisobini qanday tavsiflaysiz?
Download 137.07 Kb.
|
1. Boshqaruv hisobi. Moliyaviy hisob-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 129 Bank ko’chirmasi nima
128 Xoʻjalik hisobini qanday tavsiflaysiz?Xo‘jalik» deganda ma’lum maqsadlarga yo‘naltirilgan, o‘zining bazisi va ustqurmasiga ega bo‘lgan sub’ektlar tushuniladi. Xo‘jalik sifatida qaraladigan sub’ektlar bo‘lib bir butun mamlakatning o‘zi va uning turli tarkibiy bo‘linmalari, masalan, tarmoqlari, sohalari, mintaqalari, hududlari, vazirliklar, birlashmalar, korxonalar hisoblanadi. Mamlakat doiraisdagi xo‘jalik xalq xo‘jaligi, uning eng qo‘yi bo‘g‘inidagi xo‘jalik korxona xo‘jaligi deb ataladi. Iqtisodiyotning yuqori va qo‘yi bo‘g‘inlari o‘rtasidagi xo‘jaliklarga tarmoqlar, sohalar, birlashmalar, viloyatlar, tuman va shaharlar xo‘jaliklari kiradi. «Hisob» - bu xo‘jalikda yuz bergan va berayotgan hodisa va jarayonlar, ularning natijalari to‘g‘risidagi axborotlarni yig‘ish, qayd etish, guruhlash va uzatish tizimi. Demak, hisobning asosiy mahsuli bo‘lib axborot, hisob yuritishning asosiy maqsadi bo‘lib, bu axborotlarni aniq, to‘liq va o‘z vaqtida yig‘ish, qayd etish, guruhlash va foydalanuvchilarga yetkazib berish hisoblanadi. Shunday qilib, ikki so‘z yig‘indisidan tashkil topgan «xo‘jalik hisobi» xalq xo‘jaligining turli bo‘g‘inlarida yuz bergan va berayotgan hodisa va jarayonlar, ularni natijalarini soniy va sifat jihatdan harakterlovchi axborotlarni yig‘ish, qayd etish, guruhlash va uzatish tizimidir.
129 Bank ko’chirmasi nima? Bank ko’chirmasi korxona uchun ochilgan shaxsiy hisobvaraqning ikkinchi husxasi hisoblanadi. Korxona pullarini saqlovchi sifatida bank korxonaning qarzdori hisoblanadi. Shu bois pul qoldiqlari va hisob – kitob varag’iga pullarning kirimi maskur hisobvaraqning kreditida, pullarning chiqimi esa debetga yoziladi. Bankdan kelgan ko’chirma tekshirilganda buxgalter bu xususiyatni esida tutgan holda hisobvaraqlardagi yozuvlarni teskari tarzda bajarishi lozim.Bankdan olingan ko’chirma ma’lum tartibda buxgalteriya tomonidan tekshirib chiqiladi va ularga biriktirilgan pul hamda hisob-kitobga doir hujjatlar bilan solishtiriladi, so’ng hisobvaraqlar korrespondensiyasi qo’yib chiqiladi. Bank ko’chirmasi mijozning pullarini siljishini aks ettiradi. Korxona hisob – kitob varaqidagi pullarning siljishi to’g’risidagi ma’lumotlarni aks ettirgan bank ko’chirmasini va unga ilova qilingan xarajatlarni bankdan muntazam ravishda olib turadi. Download 137.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling