1. Boshqaruv hisobi. Moliyaviy hisob


Hujjatlar aylanishini toʻgʻri tashkil etilishi haqida ma’lumot bering va unga kim javobgar?


Download 222.5 Kb.
bet45/46
Sana21.06.2023
Hajmi222.5 Kb.
#1638824
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
Bog'liq
1 1 1 1 Buxgalteriya hisobi qanday turlarga boʻlinadi.docx RUSLAN.docx 12.docx 12

156 Hujjatlar aylanishini toʻgʻri tashkil etilishi haqida ma’lumot bering va unga kim javobgar?

157 Toʻlov talabnomasi haqida ma’lumot bering va qaysi guruh hujjatlarga kiradi?
To’lov talabnomasi - bu mahsulot etkazib beruvchi va mablag’ oluvchilarning belgilangan summani to’lovchi bank orqali to’lashi to’g’risidagi talabnomani o’z ichiga olgan hisob-kitob hujjatidir. To’lov talabnomasi bo’yicha hisob-kitoblar «aktsept» shaklidagi hisob-kitoblar ham deb yuritiladi. «Aktsept» so’zi lotin tilidan olingan bo’lib, rozilik ma’nosini anglatadi, ya’ni bu to’lovchining to’lovni amalga oshirish uchun bankka bergan roziligidir. Aktsept shakli asosiy inkassaviy hisob-kitob shakli bo’lib hisoblanadi. «Inkasso» italyancha so’zdan olingan bo’lib, bank o’z mijozi taqdim etgan hujjatga asosan etkazib berilgan mahsulot uchun unda ko’rsatilgan summani to’lovchidan uning banki orqali olib berish bo’yicha majburiyat bo’lib hisoblanadi. Rozilik bildirish usuliga ko’ra aktsept ijobiy va salbiy bo’lishi mumkin. To’lovchi korxonaning roziligi ham, noroziligi xam yozma ravishda bildirilsa, ijobiy aktsept hisoblanadi. Bunday holda to’lov to’lovchidan yozma ravishdagi rozilik xati kelgandagina amalga oshiriladi. Agar 15 kun ichida to’lovchidan rozilik xati kelmasa to’lov talabnomasi to’lovni oluvchiga to’lanmasdan qaytariladi. Salbiy aktsept esa suqut saqlash orqali bildiriladi, to’lovga norozilik yozma ravishda bildiriladi. Agar to’lovga qarshi norozilik xati yozma ravishda kelib tushmasa bank tomonidan to’lov amalga oshiriladi. Salbiy aktseptning o’zi to’lovni amalga oshirish muddatiga ko’ra oldindan aktsept va so’nggi aktseptga bo’linadi. Talabnomani oldindan aktseptlash usulida hisob-kitoblar o’tkazilganda talabnomaning puli aktseptlash muddati tugagandan so’ng, ya’ni ertasi kuni to’lanadi. To’lovchi korxona o’ziga xizmat ko’rsatuvchi bank muassasasiga talabnoma kelib tushgandan keyin 3 kun ichida to’lovdan bosh tortganini ma’lum qilish huquqiga ega
158 Chiqim kassa orderi haqida ma’lumot bering? va qaysi guruh xujjatlariga kiradi?
Kassaga pul topshirilayotgan paytda KO–1 shakldagi kirim kassa orderi rasmiylashtiriladi. U ikki qismdan iborat: kirim orderi (blankning chap qismi) va unga oid kvitansiya (o‘ng qismi). Kassa kirim orderini buxgalteriya yozib beradi va bosh buxgalter yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan imzolanadi. Kassa kirim orderini pul topshirayotgan shaxslar qo‘liga berish taqiqlanadi. Kirim orderi ijro etish uchun bevosita kassaga topshiriladi, bu yerda kassir orderning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini, bosh buxgalterning imzosi borligi va haqiqiyligini tekshiradi, pulni qabul qiladi, kirim orderi va kvitansiyani imzolaydi. Pul topshirgan shaxsga kirim orderi kvitansiyasi beriladi. Kassa kirim orderi bo‘yicha pullar faqat ushbu hujjat to‘ldirilgan kunda qabul qilinadi. Bankdagi hisob-kitob schyoti va boshqa schyotlardan kassaga naqd pul kelib tushganida ham kassa kirim orderi tuziladi va uning kvitansiyasi to‘ldiriladi. Kvitansiya hisob-kitob schyotidan pullarni hisobdan chiqarish uchun bank muassasasi ko‘chirmasiga qo‘shib qo‘yiladi. Pulning kassadan berilishi KO–2 shakldagi chiqim kassa orderi bilan rasmiylashtiriladi. Kassadan pul ish haqi, mukofot, nafaqa, stipendiyalar berilganda «To‘lov vedomosti»da rasmiylashtiriladi. Pul berishga doir barcha hujjatlarni korxona rahbari va bosh buxgalter yoki ular vakolat bergan shaxslar imzolashi kerak. Agar kassa chiqim orderiga ilova qilingan hujjatlarda korxona rahbarining ruxsat beruvchi qaydi bo‘lsa, orderda uning imzosi bo‘lishi shart emas. Kassa chiqim orderi buxgalteriyada tuziladi va kassa chiqim orderlarini qayd qilish jurnalida qayd qilinadi va kassirga ijro etish uchun topshiriladi. Kassa chiqim orderlarini pul oluvchi shaxs qo‘liga berishga ruxsat etilmaydi. Kassir pulni biror-bir shaxsga berayotganida uning shaxsini tasdiqlaydigan boshqa hujjat ko‘rsatishini talab qiladi, bu hujjatning nomi va raqami, kim tomonidan va qachon berilganligini kassa chiqim orderiga yozib qo‘yadi hamda oluvchining tilxatini oladi. Bir necha shaxs nomiga yozilgan bitta to‘lov hujjati bo‘yicha pul olishda ham shaxsni tasdiqlaydigan hujjat ko‘rsatilishi shart. Korxonaning ro‘yxati tarkibida bo‘lmagan shaxslarga pul faqat kassa chiqim orderi bo‘yicha beriladi. Kassadan pul faqat nomi chiqim kassa orderida yoki uning o‘rnini bosadigan hujjat (qaydnoma)da ko‘rsatilgan shaxsga beriladi.

Download 222.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling