1 1 1 1 Buxgalteriya hisobi qanday turlarga boʻlinadi?
Buxgalteriya hisobi xorijiy mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib
quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Boshqaruv hisobi.
2. Moliyaviy hisob.
3. Soliq hisobi.
Boshqaruv hisobi ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va tannarxini kalkulyatsiya qilish bilan birga mavjud holatni tahlil etish,
qaror qabul qilish, texnologik dasturlardan, resurslardan foydalanish va tannarxning shakllanishini boshqarish, xarajatlar sarfini nazorat qilish va boshqalami o‘z ichiga oladi.Moliyaviy hisob shunday ma’lumotlarni o‘zida mujassam ctadiki, ushbu ma’lumotlar nafaqat korxona faoliyatiga rahbarlik qilish, balki tashqi foydalanuvchilarga ham tegishli ma’lumotlardan foydalanishga imkon beradi.Uning ma’lumotlari korxonaning aktivlari va passivlarinihisobotlar shaklida umumlashtirishga, korxonaning mulkiy va moliyaviy holatini ta’riflashga imkon beradi.Soliq hisobi korxona, tashkilot va muassasalarda soliqlar hamda yig‘imlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri hisobga olish, soliq imtiyozlarini qo‘llash hamda ularning o‘z vaqtida byudjetga o"tkazilib borilishini ta’minlab beruvchi hisobdir.Hozirgi vaqtda soliq hisobi moliyaviy hisobning tarkibiy qismi sifatida o‘rganilmoqda.Moliyaviy hisob deganda xo‗jalik moliyaviy faoliyati to‗g‗risidagi axborotlarni asosan tashqi foydalanuvchilar uchun taqdim etuvchi hisob tizimi tushuniladi. Moliyaviy hisob tashqi foydalanuvchilar uchun asosan hisobotlar ko‗rinishida taqdim etiladi.Moliyaviy hisob ma‘lumotlaridan ichki foydalanuvchilar ham keng foydalanadilar.Moliyaviy hisob ma‘lumotlarini keng iste‘mol qiluvchi tashqi va ichki foydalanuvchilarning tarkibi 2-chizmada keltirilgan. Boshqaruv hisobi – bu xo‗jalik rahbariyati talablariga ko‗ra boshqaruvga tegishli qarorlarni qabul qilish maqsadida batafsil (analitik) tarzda yuritiladigan hisob tizimi.Bunday hisobni xo‗jalikning hamma bo‗limlari olib borishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |