1. Boshqaruv hisobi. Moliyaviy hisob
Xo'jalik hisobi turlarida qanday o'lchov birliklari qo'llaniladi
Download 222.5 Kb.
|
1 1 1 1 Buxgalteriya hisobi qanday turlarga boʻlinadi.docx RUSLAN.docx 12.docx 12
24 3 1 3 Xo'jalik hisobi turlarida qanday o'lchov birliklari qo'llaniladi? Birinchisi —natural o‘lchov birliklari, ikkinchisi — mehnat o‘lchov birliklari, uchinchisi — pul o‘lchov birliklari. Korxona xo‘jalik faoliyatini to‘g‘ri baholashda, son va sifat jihatdan iqtisodiy ko‘rsatkichlarni o‘rganish turli o‘lchov birliklaridan foydalanishni talab qiladi. Agar iqtisodiy ko‘rsatkichlar tegishli o‘lchov birliklarida ifoda etilgan bo‘lsa, bunday ko‘rsatkichlarni iqtisodiy axborot ko‘rsatkichlari deb hisoblab bo‘lmaydi. Demak, har qanday amalga oshirilgan (mashg‘ulot) hodisa hisob ko‘rsatkichlarida aks ettirilmaydi. O‘lchov birligi hisobning asosiy belgilaridan deb hisoblanadi. Hisob ishlarida qo‘llaniladigan o‘lchov birliklaridan foydalanishda natural ko‘rsatkichlardan, mehnat va pul o‘lchov birliklaridan alohida-alohida foydalanish mumkin. Shunday xo‘jalik jarayonlari amalga oshiriladiki, ularda bir vaqtda natural va pul o‘lchov birliklaridan foydalaniladi. O‘lchov birliklarini qo‘llash, birinchidan, hisob turiga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan, amalga oshirilayotgan xo‘jalik jarayoniga ham bog‘liqdir. Hisob turlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘lchov birliklaridan foydalanish imkoniyati yaratiladi. Ayrim hollarda bajariladigan ish va xizmatlar hajmini to‘g‘ri aniqlashda murakkab — natural o‘lchov birliklaridan foydalaniladi. M isol uchun, elektroenergiya sohasida kilovatt-soat, avtomobillarda esa tonna-kilometr kabi o‘lchovlarda hisoblanadi. Mehnat o‘lchov birligi mahsulotni ishlab chiqarish yoki ma’lum bir mahsulotga sarf qilingan mehnat sarfini o‘lchashda ishlatiladi. Mehnat o‘lchov birligi ko‘p hollarda bir turli xo‘jalik munosabatlarini o‘rganishda qo‘llanadi. Pul o‘lchov birligi. Korxona va tashkilotlar bajarilgan ish va xizmatlar bo‘yicha o‘zaro hisob-kitobini yuritadilar. Bunday hisob-kitoblar, asosan, pul o‘lchov birligida olib borilishi bilan birga, bajariladigan ish va xizmatlarning natura yoki mehnat o‘lchov birliklarida ko‘rsatilishini talab qiladi. Pul o‘lchov birligi bevosita tovar - pul munosabatlarida namoyon bo‘ladi. Тovar ishlab chiqarish va qiymat qonunining amal qilishi bilan bog‘liq pul o‘lchov birligi hozirgi sharoitda korxonalar o‘rtasidagi to‘lov vositasi sifatida qo‘llanilib kelmoqda.Hisobda pul o‘lchov birligining ko‘proq qo‘llanishi, boshqa o‘lchov birliklariga nisbatan ko‘proq ishlatilishi hisob mazmunini pasaytirmoqda. Pul o‘lchov birligi hisob ishlarida keng qo‘llanishiga asosiy sabablardan biri —bu har xil o‘lchov birliklarida umumlashtirish imkonini bersa, ikkinchisi, korxonalar o‘rtasidagi hisob-kitoblarni bir me’yorda yuritish imkonini beradi. Hisob xo‘jaliklarda amalga oshirilgan jarayonlarni hisobga olish bilan birga, korxona va tashkilotlarning bir me’yorda ishlashini ta’minlashda o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri ishga solishda, iqtisodiy o‘zgarishlarning xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liqligini ta’minlashda amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalarini umumlashtirishda, nazoratni tashkil qilishda yaqindan yordam beradi.
Download 222.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling