1. Boshqaruv hisobining mohiyati va uning elementlari (asosiy vazifalari, zaruriyati, tizimi) Бошқарув ҳисоби
Download 17.08 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Бошқарув ҳисоби
- 2. Boshqaruv hisobining moliyaviy hisob bilan aloqalari va farqli jihatlari
- Boshqaruv hisobining korxona menejment tizimida tutgan o’rni
1. Boshqaruv hisobining mohiyati va uning elementlari (asosiy vazifalari, zaruriyati, tizimi) Бошқарув ҳисоби бошқарувни ахборот билан қувватлаш тизимидир. Бошқарув ҳисобининг мақсади барча даражадаги корхоналарнинг менежерларини бошқарув қарорларини қабул қилиш учун зарур ахборот билан таъминлашдан иборат . У маҳсулот таннархини калькуляция қилиш ва харажатларни бошқариш, узоқ муддатли режалаш ва бюджет тузиш, бюджетлар ижросини назорат ва таҳлил қилиш, оғишлар (фарқлар) бўйича бошқарув усулларини, хилма-хил ва кўп сонли вазиятга оид бошқарув қарорлари учун ахборот тайёрлашни ўз ичига олади. Бошқарув ҳисоби бухгалтерия ҳисобининг нисбатан алоҳида кичик тизими бўлиб, молиявий ҳисобни ҳам қамраб олади, уларнинг ҳар бирининг ўз мақсадлари ва вазифалари бор. Бошқарув ҳисоби – бу бошқарув қарорларини қабул қилиш, ишлаб чиқаришни ўзгараётган шароитларини тез эътиборга олиш учун корхона раҳбариятига, мутахассисларига зарур бўладиган ҳисоб бўлиб, унинг маълумотлари тижорат сири бўлиб ҳисобланади. 2. Boshqaruv hisobining moliyaviy hisob bilan aloqalari va farqli jihatlari (Boshqaruv va moliyaviy hisobining hisobot davriyligi, hisobot obyekti, konsolidasiyasi, tamoyil va qoidalarga tayanishidagi farqlari) Korxonalarda buxgalteriya hisobini istiqbolli rivojlantirish moliyaviy va boshqaruv hisobi kabi uning muhim tarkibiy qismlari o‘rtasidagi aloqadorlikni o‘rganishni taqozo etadi. 12 Moliyaviy va boshqaruv hisobi o‘rtasida ko‘pgina umumiyliklar mavjud, chunki ularning ikkalasi ham korxona hisob tizim i axborotidan foydalanadi. Moliyaviy hisobning qabul qilingan tamoyillari boshqaruv hisobida ham amal qilishi mumkin, chunki korxona rahbarlari o‘z faoliyatlarida mutlaqo tekshirilmagan taxminlar va fikrlarga tayanib ish qilishlari mumkin emas. Bundan tashqari, har ikkala kichik tizim axborotidan zaruriy boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun foydalaniladi. . Moliyaviy va boshqaruv hisobi o‘rtasidagi mavjud tafovutlarni quyidagicha ifodalash mumkin: 1. Hisobning maqsadi. Moliyaviy hisobning maqsadi korxonaning mulkiy va moliyaviy holatini baholash, aktivlar va passivlarning holati to'g‘risidagi axborotlami umumlashtirish, davriy va yillik buxgalteriya hisobotini tuzishdan iborat. Bu ma’Iumotlar ma’muriyatning o‘zi uchun ham, tashqi foydalanuvchilar uchun ham ' mo‘ljallangan boiadi. Tashqi foydalanuvchilar, investorlar va kreditorlar korxonaning moliyaviy ahvoli, uning toTov qobiliyati, kreditga layoqati, mazkur korxonaga berilgan investitsiyalarning rentabellik darajasi kabilarga baho berishda aynan shu ma’lumotlarning aniq belgilangan talablar va standartlarga muvofiq ravishda olib borilganiga e’tibor beradilar. Boshqaruv hisobining asosiy maqsadi esa korxona rahbariyatini •oqilona boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun xarajatlar va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi ishonchli axborotlar bilan ta’minlashdir. .2. Hisob tamoyillari. Moliyaviy hisob umumiy tamoyillarga tayanadi, bular buxgalteriya hisobini ikkiyoqlama yozuv usulida t yuritish, aniqlik, mazmunning shakldan ustunligi, ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi, moliyaviy hisobotning betarafligi va h.k. Bu tamoyillarga korxona xodimlari bilan bir qatorda davlat idoralari vakillari ham amal qiladilar. Boshqaruv hisobining asosiy tamoyillari esa hisobni ikkiyoqlama yozuv usulida yuritish, uzluksizlik, aniqlik, hisoblash, ehtiyotkorlik, ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi va h.k. hisoblanadi. . Hisobning asosiy obyektlari. Moliyaviy hisobotlarda korxona, odatda, yagona, yaxlit deb ta’rifianadi. Ko‘p tarmoqli faoliyat olib boruvchi yirik korxonalar har bir soha bo‘yicha, ya’ni korxonaning yirik segmentlari bo'yicha xarajatlar va daromadlarni umumlashtirilgan moliyaviy hisobotda aks ettirishi shart. Boshqaruv hisobi, odatda, korxonaning alohida bo'linmalari: bo'lim lar, sexlar, uchastkalar, ish joylari faoliyati to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga oladi. 7. Hisobni tashkil etish qoidalari. Moliyaviy hisobda moliyaviy hisobot axborotlari aniq tamoyil va qoidalarga muvofiq shakllanishi hamda aks ettirilishi shart, ular asosida m a’lumotlar qayd qilinadi, baholanadi va tegishli schotlarda rasmiylashtiriladi. Ushbu tamoyil va qoidalar «Buxgalteriya hisobi to‘g£risida»gi 0 ‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda buxgalteriya hisobining milliy standartlarida belgilab qo‘yiladi. Boshqaruv hisobini yuritish tartib-qoidalari korxonaning strategik va taktik maqsadlaridan, xususiyatlaridan kelib chiqib ishlab chiqiladi. Bu hisob turida ma’lumotlarning boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun ahamiyatlilik darajasiga e’tibor beriladi. Boshqaruv hisobining korxona menejment tizimida tutgan o’rni (Trishureship kapital sarmoyasi, Kontrollyor, Staf vakolati) Download 17.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling