1. Boshqaruv jarayoni va vazifalari Boshqaruvga jarayon sifatida qarash kerak. Boshqaruv jarayoni


Download 352.86 Kb.
bet9/11
Sana11.05.2023
Hajmi352.86 Kb.
#1451615
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
menejment1

3.Boshqaruv qarorlari


Boshqaruv qarorlari -bu : 1. Hujjat (qaror, buyruq, tadbirlar rejasi va h.k. ),
2. Qarorlarni ishlab chiqish, qabul qilish va amalga oshirishni o'z ichiga oluvchi jarayondir.
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish - tashkilotning ichki o’zgaruvchilari va tashkilot bilan tashqi muxit orasidagi o’zaro munosabatlarni muvofiklashtirishda muxim boglovchi jarayondir.
Qaror bu - umumiy maksadlar yunalishida imkoniyatlardan birini tanlashdir. Qaror umumiy maksadlar yunalishida yechilishi zarur bulgan masalalarni xal qilish usullarini anik kursatadi va zaruriy resurslarni masalalar bilan boglaydi.
Boshqaruvda qaror qabul qilish shaxsiy xayotdagiga qaraganda ko’prok tizimlashgan jarayondir. Raxbar fakat o’zi uchun emas, balki tashkilot uchun xam boshqa xodimlar uchun xam xarakat yunalishini tanlaydi. Tashkilotlarning boshqaruvini oliy saviyasi (pogonasi)dagi menejerlar ba’zida yuz million sum bilan bog’liq qarorlar qabul qiladilar. YAnada muximrogi-boshqaruv qarorlari ko’plab insonlarni xayotiga ta’sir kursatadi.
Boshqaruv qarori deganda nimani tushinish kerak?
Qaror - bu boshqaruv faoliyatini oxiri natijasidir. Agar boshqaruvda mexnat predmeti axborot bulsa, uning mexnat (natijasi) maxsuloti-boshqaruv qaroridir. Qaror ishlab chikish va qabul qilish - bu shunday boshqaruv faoliyatini asosiy shakliki, unda raxbar mexnatining mazmuni, uning jamoaga maksad sari yunaltirilgan xarakat jarayonidir.
Boshqaruv qarori ikki xolatda ishlatiladi:
birinchi xolatda -kimningdir yoki nimaning dur tomonidan urnatilgan boshqaruv xujjati, qabul qilingan xarakat rejasi, qaror qilish va boshqalar .
Boshqa xolatlarda - bu bir necha variantlardan bitta ma’qo’l variantli tanlash. Qaror pishib yetilgan muammo mavjud bulganda qabul qilinadi.
Muammo deb - xar kanday tizimni mavjud va zarur bulgan axvolini tavsiflovchi va ziyat qabul qilinadi.
chizma
Boshqaruv qarorining elementlari.

Boshqaruv qarori

Masala

vosita

javobgar lik

muxlatlar


Asoslangan qaror boshqariluvchi va boshqaruvchi tizimlarni xukm surishi va tarakkiyoti uchun zarur ob’ekti konuniyatlar bilimiga va anik vaziyatlar xususiyatlariga asoslanadi. SHuning uchun boshqaruv qarori ilmiy yondashuvini ijodiyot elementlari quyidagilar: maslaning O’zi, vositalar, masalaning yechimi uchun zarur bulgan javobgarlik (kim uni qabul qiladi), muxlatlar.


Xozirgi vaqtda xar xil masala buyicha ko’plab qarorlar qabul qilinadi, ammo ularning maxsuldorligi juda konikarsizdir. Masalani yirik Tashkilot menejerlari kadrlarni tayyorlash va joy-joyiga quyish masalasida, turli bo’limlar orasidagi Uzaro munosabatlar masalasida qaror qabul qilishda sezilarli qiyinchiliklarga duch kelmokdalar. Bu vaziyatlar soxasida bilimni, tarbiya ishiga oid tajribani yetishmasligi va katta darajada raxbar-tadbirkor shaxsi kobiliyatiga bog’liqdir.
Boshqarish qarorlarini asosiy tarkibiy kismlari quyidagilar xisoblanadi:
1. Maksadlar
2. Masalalar
3. Masalalarni yechish usullari (texnologiya)
4. Resurslarga nisbatan talablar
5. Qarorning ta’sir doirasi
6. Qarorni bajarilish muddatlari
7. Qarorni amalga oshirilish mexanizmlari (masalalar strukturasi)
YA’ni ushbu qarorda masala va muammolar ilgari qabul qilingan yoki kelajakda qabul qilinishi mumkin bulgan masalalar bilan kanday boglanganligi anik belgilanadi.
Boshqaruv qarorlar ma’lum xususiyatlarga ega bo’lishi zarur. Bunga quyidagilar kiradi.
1. Qarorning ilmiy asoslanganligi
2. Qarorlarni birligi
3. Qarorlarning adolatliligi - xakkoniyligi
4. Qarorlarning tugri yunaltirilganligi
5. Qarorlarning kiskaligi
6. Qarorlarning vaqt buyicha anikligi
7. Qarorlarning operativligi
YUkoridagilardan ma’lum buldiki, boshqarish qarorlarini qabul qilish xar kanday boshqarish funktsiyalarini bajarish uchun zarur boglovchi jarayondir.
Qaror asosan rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan turlarga bo’linadi. Rejalashtirilgan qarorlar takrorlanuvchi, ilgaritdan anik vaziyatlarga tegishli bo’lib, ularni qabul qilishga muloxazali yondoshish imkoniyati mavjud rejalashtirilgan qarorlar asosan tashqi muxit ta’siri natijasida Tashkilotda shakllanuvchi favqo’lotdagi vaziyatlarni (muammolarni) xal qilish bilan bog’liq. Bu sharoitlarda muloxaza yoki maslaxatlashish asosida qaror qabul qilishga imkoniyat yo’q. SHuning uchun, bunday qarorlarni raxbarlarning O’zlari qabul qiladilar. Uning natijasi va samaradorligi raxbar (menejer)ning saviyasi, tajribasi va tadbirkorlik darajasini rivojlanganligiga bog’liq.
Boshqarish qarorlari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1. Xar kanday boshqaruv qarori jiddiy maksad yunalishiga ega bo’lishi, paydo bulayotgan muammolarni yechmogi kerak.
2. Boshqaruv qarori xukukga ega bolmogi kerak. U raxbar ega bulgan xukuk doirasida qabul qilinmogi darkor.
3. Boshqaruv qarori zamonaviy bulmogi kerak. Qabul qilingan vaqt muammoni tarakkiyot topish boskichiga tugri kelishi lozim, qaror qabul qilishda shoshma shosharlik va kechikib kolishga yul kuymaslik kerak.
4. Qaror qarama-karshi bulmasligi kerak, boshqa qarorlar bilan kelishilgan bo’lishi, shakli buyicha tushinarli, anik ifodalangan va ixcham bo’lishi kerak.
5. Tugri boshqaruv qarori vaziyatni barcha xususiyatlarini xisobga olgan va ilmiy yondashuv asosida tuzilgan bulmogi, ijtimoiy-iktisodiy konunlarni ta’sirini xisobga olgan xolda va ishlab chikarish axvolini taxlili asosida qabul qilinishi kerak.
6. Qaror tejamli bo’lishi ya’ni maksadga erishishni eng kam xarajatlar evaziga ta’minlashi kerak.
7. Qaror amalga real oshuvchi bulmogi kerak. Uni qabul qila turib, barcha ob’ektiv va shaxsiy cheklanishlarni boshqariluvchi tizimni anik imkoniyatlarini, mavjud resurslarni va ularni ishlatilishini real sharoitlarini xisobga olish kerak.
Ushbu aytib utilganlarni umumlashtirib boshqaruv qarorlari quyidagi talablarga mos keladi deb aytish mumkin.
U qaror samarali bo’lish kerak, bu yerda samara deganda quyilgan maksadga erishishni tushinmok zarur.
Boshqaruv amaliyotida qarorlar bir necha ishlab chikarish, xujalik iktisodiy, ijtimoiy, faoliyat masalalari buyicha qabul qilinadi va ular O’zlarini ifodalanish shakli, vaqti buyicha qabul qilinishi uslubi bilan bir biridan fark qiladilar. SHu munosabat bilan ular mos ravishda turkumlanishni talab qiladi.
1. Ta’sir kursatish davri bilan - strategik va taktik turlarga bo’linadi. Strategik qarorlar oliy muammolarni xal etishda maksadli dasturlarni ishlab chikishda ishlatiladi. Ular uzok vaqtga odatda bir necha yilga xisoblanadi va strategik masalalarni xal etilishida ishlatiladi, shuning uchun uni istikbol rejasi deb ataydilar. Bu kabi qarorlarga misol qilib quyidagilarni keltirish mumkin: ozik-ovkat dasturini tayyorlash, xususiylashtirishni tarakkiyot topshirish dasturi, ishchan biznesni tarakkiyot ettirish dasturi va boshqalar.
Taktik qarorlar joriy maksad va masalalarni amalga oshirish bilan bog’liq, bu kabi qarori misol tarikasida korxonani joriy rejalashtirishi, kadrlarga tegishli masalalarni yechish va boshqalarni kursatish mumkin. Ular oliy va o’rta saviyadagi raxbarlar tomonidan bir yildan ikki yilgacha bulgan davrga qabul qilinadi.
2. Ma’nosi va ta’sir qilish tavsifi bilan, ijtimoiy-iktisodiy, texnik ijodiy va boshqalar.
jadval
Boshqaruv qarorlariga quyilgan talablar



Talablar

Izox

1

Boshqaruv qarorlari :
ilmiy asoslangan bo’lishi lozim

Boshqaruv qarorlari muayan ishlab chikarish xola tini taxlil qilishdan kelib chikib, iktisodiy, texni kaviy va boshqa sotsial konunlarning amal qilini shi xisobga olib, xozirgi zamon fan-texnika yutuk lari negizida qabul qilinishi kerak. O’z mazmu niga ko’ra u lo’nda, chuqur ilmiy bo’lishi lozim.

2

Xar biri bilan alokador bo’lishi kerak

Muayan vazifani xal etishda ko’pincha asosiy masalalardan kelib chikadigan kushimcha vazifalarni xal etishga tugri keladi. Bu vazifalar qaror qabul qilinayotgan boshqarish vazifaga buysindirilishi lozim. Barcha qarorlar, kursat malar, nizomlar bir-biri bilan muvofiklashtiriladi.

3

Xukuk va javobgarlik doirasida bo’lishi lozim

Raxbar qarorni o’ziga berilgan xukuklar doirasidagina qabul qilishi mumkin. Bu yerda gap boshqarishning barcha buginlarida xukuk xamda javobgarlik qo’lami va nmisbati tugrisida boryap ti. Xuquqlar katta bo’lib, mas’uliyat kam bulsa ma’muriy o’zboshimchalikka, o’ylamasdan qaror qabul qilishga yul ochiladi. Xukuk ozu mas’uliyat katta bulsa, bu xam xech kanday naf keltirmaydi.

4

Anik va tugri yunalishga ega bo’lishi kerak

Xar qaysi qaror anik adresga ega va bajaruvchiga tushunarli bo’lishi lozim. Qarordan birgina ma’no kelib chikishi yoki uni turlicha tushunish mumkinligiga yul kuymaslik kerak

5

Vaqt buyicha kiska bo’lishi lozim

Axborotlar bilan ishlash vaqtini tejash maksadida kiska muddatli qarorlar qabul qilinishi kerak

6

Vaqt bo’yicha anik bo’lishi lozim

Raxbar o’z qo’l ostidagilarga bajarish muddatini anik kursatmasdan topshirik berishi mumkin emas. Aks xolda u topshirikni bajarilishini ob’ek tiv ravishda nazorat qilish imkoniyatiga ega bulmaydi.

7

Tezkor bo’lishi kerak

Bunday qarorlar o’z vaqtida, usha vaqtayok, ya’ni ishlab chikarishda vaziyat shuni talab qilgan vaqtning o’zidagina qabul qilinishi zarur. Kechikib yoki shoshkaloklik bilan qaror qabul qilishning xar ikkalasi xam zararlidir.

8

Samarasi bo’lishi kerak

Qabul qilingan qarorning samarasi deganda quyilgan maksadga eng kam xarajat bilan erirish lozimligi tushuniladi

Ijtimoiy-iqtisodiy - bu mexnat jamoalarida jamoa a’zolarini ijodiy faolligini oshirishga, faoliyatni samaradorligini oshirishga yunaltirilgan. Texnik qarorlar ishlab chikarishda texnikaga oid siyosatni tarakkiyot topshirish uchun yunaltirilgan.


Ijodiy qarorlar birligi bunyod bulgan qarorlardir. Ular ishni axvolini, sidki dildan urganibchiqilishini, maxsus izlanishlar talab qiladigan materiallarini jalb qilishini, maxsus xisob kitoblar bajarilishini talab qiladi. Bu qarorlar ko’prok erkin xarakat qilishini ko’zda tutadi.
3. Mexnat xajmini ko’plab va darajasiga oid murakkab va oddiy qarorlar.

Download 352.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling