1. Boshqaruv mehnati: ta'riflari, xususiyat1ari, tur1ari


Download 305 Kb.
bet3/13
Sana07.03.2023
Hajmi305 Kb.
#1244843
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1. Boshqaruv mehnati ta\'riflari, xususiyat1ari, tur1ari

Operator mehnat - bu asosan texnik ijrochilarning ishlab chiqarish va boshqa ruv jarayonlarini axborotli ta'minlash uchun zarur bo'lgan stereotipli (bir xildagi), takrorlanuvchi operatsiyalarni bajarish bo'yicha mehnatidar.
Ta' qidlash kerakki, ma' muriy-boshqaruv xodimlari mehnatining mazmuni o'zgarmasdan qolmaydi. Ta'qiqotlarning ko'rsatishiga, hisob, axborot va hujjatli operatsiyalar ularda hozircha ish vaqtining 70% gachasini egallaydi. Ammo rahbarlar va mutaxassislar tomonidan texnik vositalarni qo'llanishi, bir xildagi, kam mazmunli operatsiyalarni mashinalarga topshirilishi, mehnatning yangi usullari va vositalarini yaratilishi, boshqaruvni tashkil qilishni takomillashuvi natijasida ularning mehnatining mazmuni ancha o'zgaradi, ularning ishida ijodiy operat siyalarning salmog'i oshadi.
Boshqaruv mehnati va uni ratsional tashkil qilish-tashkilotning biznes jarayonlarini samaraliroq amalga oshirilishining muhim omillaridir, shuning uchun boshqaruv mehnatini takomillashtirish masalalari alohidagi dorzarblikni kasb etadilar.


2. Boshqaruv mehnatini ilmiy tashkil qilish

Ilmiy ostida boshqaruv xodimlari mehnatining shunday tashkil qilishni tushunish kerakki, u fan yutuqlari va ilg'or tajriba, xo'jalik yuritishning ilg'or shakllaridan foydalanish, texnik vositalarni qo'llashga asoslanadi. U xizmatchilarni bir birlari va ishchilar bilan, hamda ishlab chiqarish(tijorat)ni boshqarish va muxandislik-texnik va iqtisodiy ta'minlash vazifalarini amalga oshirish jarayonida foydalaniladigan texnik vositalar bilan o'zaro hamkorligini yaxshiroq tarzda o'rnatish va muntazam ravishda takomillashtirishga imkon beradi. Mehnatni ilmiy tashkil qilishning maqsadi mehnat unumdorligini ishlovchilarning sog'liklarini saqlab qolgan holda oshirishdan iboratdir.


Bizning mamlakatimizda avvaldan boshqaruv jarayonlarini ratsionallashtirish va takomillashtirish faoliyatini belgilash uchun "mehnatni ilmiy tashkil qilish" (MITQ) atamasidan foydalanilgan bo'lib, u ishlab chiqarish va boshqaruv jarayon lariga nisbatan tubdan farqsiz bo'lgan. Taxminan 60 yillarda "boshqaruv mehnatini ilmiy tashkil qilish" (BMITQ) atamasi ajralib chiqqan. Bunga korxonalarga boshqaruv mehnatini oldindan tashkil qilishni talab qiluvchi hisoblash texnikasining qudratli vositalarini tadbiq etilishi yordam bergan.
Boshqaruv mehnatini ilmiy tashkil qilish o'z ichiga quyidagi yo'nalishlarni oladi:

  • xodimlar mehnatini taqsimlanishi va ularni ham korxona ko'lamlarida, va ham har bir bo'linmalar doirasida kooperatsiyalashuvi;

  • xodimlarni tanlash va joy joylariga qo'yish va lavozimli vazifalarga muvofiq ularning malakalari darajasini ta'minlash;

  • boshqaruv xodimlarining ularni boshqarish bo'yicha ishlab chiqarish jamoasi tarkibidagi va uni muxandisi-texnik ta'minlash bo'yicha faoliyatini tashkil qilish;




  • ish joylarini tashkil qilish va jihozlash;

  • ishning ilg'or usullaridan foydalanish;

  • mehnatning qulay sharoitlarini yaratish;

  • mehnatni me' yorlashtirish;

- boshqaruvning texnik vositalari, axborot texnologiyalari, shaxsiy kompyuterlardan foydalanish;
-mehnatni rag'batlantirish.
Keyinchalik (70 yillarning boshlarida) bizning mamlakatimizda BMITQ rivojlanish tendensiyalarini aks ettiruvchi "tashkiliy loyihalashtirish" tushunchasi paydo bo'lgan. Tashkiliy loyihalashtirish bu boshqaruv mehnatini boshqaruv apparati ishining samaradorligini oshirish maqsadida MITQ talablari va zamonaviy tashkiliy va hisoblash texnikasi bazasida ratsionallashtirish loyihalarini ishlab chiqish va tadbiq etish jarayonidir. Tashkiliy loyihalashtirishni quyidagi asosiy yo'nalishlari bo'yicha amalga oshirish taklif qilingan:

    • boshqaruv apparatining tashkiliy va vazifaviy tuzilishini ratsionallashtirish;

    • ishlarning asosiy va eng ommaviy turlarini bajarish texnologiyasi, mehnat sharoitlari va xodimlarning ish vaqtidan foydalanishni ratsionallashtirish;

    • boshqaruvning ushbu apparati faoliyatini hujjatlashtirish va hujjatlar bilan ta'minlashni ratsionallashtirish;

    • boshqaruv apparatini tashkiliy va hisoblash texnikasi bilan jihozlanganligini oshirish va xodimlar mehnatini avtomatlashtirish.

Xorijda yana boshqaruv mehnatini takomillashtirish (ratsionallashtirish) jara yonini ta'riflovchi bir qator atamalar qo'llaniladi. Masalan, AQShda "Tizimlar va usullar", "Tizimli loyihalashtirish", "Biznes jarayonlarning reinjiniringi", Buyuk Britaniyada "Ishni tadqiqot qilish" va "Tashkil qilish va usullar" atamalaridan foydalaniladi.
Boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish zaruriyati bizning mamlakamizda xorijga nisbatan yaqinda, ya'ni XX asr 50 yillarning oxiri va 60 yillarning boshida vujudga kelgan. Xorijiy mualliflar "ma' muriy boshqaruvdagi inqilobni" boshqaruv apparati va unga xarajatlarni o'sishi, ma'muriy (idora) ishining hajmlarini o'sishi, korxonalarda boshqaruv vazifalarining yangi turlari (reklama faoliyati, ijtimoiy sug'urta, jamoatchilik bilan aloqalar va h.k.) paydo bo'lishi, axborotlar va hujjatlar aylanishi hajmlarini keskin o'sishi va buning natijasida boshqaruv mehnatini aniq tashkil qilish, boshqaruv jarayonlarini ratsionallashtirish, ya'ni boshqaruv faoliyatini takomillashtirish bo'yicha majmuaviy harakatlar zarurligi bilan bog'laydilar.
Rahbar, mutaxassis ishini ratsional tashkil qilish barcha bajarilayotgan ishlarni hisobga olish, o'z ish vaqti ustidan mantazam ravishda nazorat qilish, ish vaqti xarajatlari tuzilishini o'rganishni taqozo qiladi. Bu ish vaqtidan foydalanishni tahlil qilish, shaxsiy ish va boshqaruv xodimlari mehnatini ilmiy tashkil qilish bo'yicha tadbirlarning asoslangan rejalarini tuzishga imkon beradi. Rahbarlar va mutaxassislar mehnatining mazmuni va ish vaqti xarajatlarining tuzilishini o'rganish uchun qo'yidagi usullardan foydalanish mumkin:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling