Talablar
|
Izoh
|
1.
|
Ilmiy asoslangan bo’lishi lozim
|
Boshqaruv qarorlari muayyan ishlab chiqarish holatini tahlil qilishdan kelib chiqishi, iqtisodiy, texnikaviy va boshqa ijtimoiy qonunlarning amal qilishini hisobga olishi, hozirgi zamon fan-texnika yutuqlari negizidan qabul qilinishi lo’nda va aniq bo’lishi lozim.
|
2.
|
Bir-biri bilan aloqador va yakdil bo’lishi kerak
|
Muayyan vazifani hal etishda ko’pincha asosiy masalalardan kelib chiqadigan qo’shimcha vazifalarni hal etishga to’g’ri keladi. Bu vazifalar qaror qabul qilinayotgan bosh vazifaga bo’ysundirilishi lozim. Barcha qaror, ko’rsatma, qoidalar bir-biri bilan bog’lanadi. Shuningdek, ular oldindan qabul qilingan va amaldagi qarorlar bilan muvofiqlashtiriladi.
|
3.
|
Huquq va javobgarlik doirasida bo’lishi lozim
|
Rahbar qarorni o’ziga berilgan huquqlar doirasidagina qabul qilishi mumkin. Bu yerda gap boshqarishning barcha bo’g’inlarida huquq va javobgarlik ko’lami nisbati to’g’risida boryapti. Huquqlar katta, mas’uliyati esa kam bo’lsa, ma’muriy o’zboshimchalikka, o’ylamasdan qaror qabul qilishga yo’l ochiladi. Huquqlar oz, mas’uliyat katta bo’lsa, bu ham hech qanday naf keltirmaydi.
|
4.
|
Aniq va to’g’ri yo’nalishga ega bo’lishi kerak
|
Har qanday qaror aniq va bajaruvchiga tushunarli bo’lishi lozim. Qarordan bir necha ma’no kelib chiqishiga va uni turlicha talqin qilish yoki tushunishga yo’l qo’ymaslik kerak.
|
5.
|
Vaqt bo’yicha qisqa bo’lishi kerak
|
Axborotlar bilan ishlash vaqtni tejash maqsadida qisqa muddatli qarorlar qabul qilinishi lozim.
|
6.
|
Vaqt bo’yicha aniq bo’lishi lozim
|
Har qanday qarorning bajarilish muddati aniq ko’rsatilishi kerak. Aks holda uning bajarilishini obyektiv nazorat qilish imkoniyatiga ega bo’lmaydi.
|
7.
|
Tezkor bo’lishi kerak
|
Har qanday qaror o’z vaqtida, ya’ni ishlab chiqarishdagi vaziyat talab qilgan vaqtning o’zida qabul qilinishi zarur. Kechikib yoki shoshqaloqlik bilan qabul qilingan qarorning har ikkisi ham zararlidir.
|
8.
|
Samarali bo’lishi lozim
|
Qabul qilingan qarorning samaraliligi deganda qo’yilgan maqsadga eng kam xarajat bilan erishish tushuniladi.
|
Boshqaruv qarorlari quyidagi unsurlardan tashkil topadi.