1. Boshqaruv qarorlarining mohiyati va ularga qo’yiladigan talablar
Download 131.5 Kb.
|
Boshqaruv qarorlariga qo’yilgan talablar
7 – jadval
"Ringa" usulini qo’llash bosqichlari
Qaror shaxs tomonidan qabul qilinar ekan, unda bu shaxs fazilatlari u yoki bu darajada aks etmay qolmaydi. Shu nuqtai nazardan quyidagi ko’rinishdagi qarorlarning mavjudligi e’tirof etiladi: mo’tadil, muvozanatlashgan qarorlar; turtki beruvchi (impul’sli) qarorlar; tinch holatni saqlovchi (inertli) qarorlar; tavakkalli qarorlar; ehtiyotkorona qarorlar; oqilona qarorlar. Muvozanatlashgan qarorlarni, odatda mazkur muammoni obdon bilgan, har bir harakatini "yetti o’lchab bir kes" qabilida ish tutadigan, o’zining xatti-harakatlariga tanqidiy nuqtai nazardan yondoshadigan menejerlar qabul qiladi. Bunday boshqaruvchilar qarorni qabul qilishdan oldinroq u to’g’risida o’zining tayanch fikriga ega bo’lgan bo’ladi. Turtki beruvchi (impul’eli) qarorlarni qabul qiluvchi rahbar rang-barang fikr, g’oyalarni osonlik bilan o’ylab topadigan, ammo ularni aniqlash, baholash, tekshirishga imkoniyat topa olmaydigan rahbardir. Shu sababli bunday qarorlar birdaniga qabul qilinib, yetarli darajada asoslanmagan va ishonchsizroq bo’ladi. Tinch holatni saqlovchi (inertli) qarorlar chuqur izlanishlar natijasida qabul qilinadi. Bunda qaror tezkor tolling paydo bo’lishdan ko’ra ko’proq aniqlik kiritish, nazorat qilish asosida qabul qilinadi. Shu sababli bunday qarorlarda novatorlik, originallik va juda sozlik alomatlari o’z aksini topmaydi. Tavakkalli (riskli) qarorlarning impul’sli qarorlardan farqi shundaki, uni qabul qiluvchi boshqaruvchilar o’z taxminlarini asoslashga urinmaydilar. Ular o’zlariga ishongan holda hech qanday xavfdan qo’rqmaydilar. Ehtiyotkorona qarorlar o’z ishiga nihoyat puxta yondoshadigan, unga tanqidiy nuqtai nazardan qaraydigan, turli variantlarni baholab ish tutadigan menejerlar tomonidan qabul qilinadi. Bu qarorlarda originallik va yangilik alomatlari o’z aksini topmaydi. Qayd qilingan qarorlar, odatda tezkor boshqaruvni amalga oshirish maqsadida qabul qilinadi. Strategik va taktik boshqaruv maqsadida esa iqtisodiy tahlilga, optimallashtirishga asoslangan oqilona qarorlar qabul qilinadi. Download 131.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling