1. Boshqaruv tamoyillari fanining ahamiyati va mohiyati. Boshqaruv nazariyasi. Boshqaruvning klassik maktablari
Download 56.48 Kb.
|
1. Boshqaruv tamoyillari fanining ahamiyati va mohiyati. Boshqar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqaruv tamoyillari
- Boshqaruv tamoyillari fani bu
- Boshqaruv tamoyillari ob’ekti va sub’ekti Boshqaruv tamoyillari obekti
- 2. Boshqaruvning klassik ѐki ma’muriy maktabi (1920-1950).
Reja: 1.Boshqaruv tamoyillari fanining ahamiyati va mohiyati. 2.Boshqaruv nazariyasi.Boshqaruvning klassik maktablari. 3.A.Fayolning klassik maktabi. A.Fayolning boshqaruv tamoyillari. 4.Boshqaruvning xorij tamoyillari. 5.Boshqaruv usullari,Boshqaruv uslublari.Boshqaruv funksiyalari. 6.Boshqaruvga tasir etuvchi omillar. Boshqaruv tamoyillari- bu boshqaruv, ya'ni resurslarni, odamlarni boshqarish, samarali faoliyat olib borish va foyda olishni bilish, uni ko’paytirish jarayonidir. Shu nuqtai nazardan boshqaruv-bu o’ziga xos yuksak san'at va mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilishdir. Boshqaruv tamoyillari fani bu - boshqaruvchiga tanlovni to'g’ri amalga oshirishni va oqil qarorni qabul qilishni o'rgatuvchi fandir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha bo'g’inlarda samarali ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat. Shundan kelib chiqib, Boshqaruv tamoyillari quyidagilarni o'rganadi: 1. Boshqarish nazariyasi va amaliyoti; 2. Boshqarish ob'ekti va sub'ekti; 3. Boshqarish printsipi va usullari; 4. Boshqarish madaniyati; 5. Menejer va uning fazilatlari; 6. Boshqarishda kirishuvchanlik va qaror qabul qilish; Boshqaruv tamoyillari ob’ekti va sub’ekti Boshqaruv tamoyillari ob'ekti haqida so'z yuritganda, eng avvalo, ob'ekt so'zining lug’aviy ma'nosiga e'tibor berish kerak bo'ladi. Shu ma'noda ob'ekt - bu: bizdan tashqarida va bizning ongimizga bog’liq bo'lmagan holda mavjud bo'lgan borliq, voqelik, moddiy dunyo, mavjudot; kishi-faoliyati, diqqat-e'tibori qaratilgan hodisa, narsa, shaxs; xo'jalik yoki mudofaa ahamiyatiga ega bo'lgan korxona, qurilish, ayrim uchastka va x.k. 2. Boshqaruvning klassik ѐki ma’muriy maktabi (1920-1950). Uni rivojlantirishiga fransuz olimi A.Fayol va nemets sotsiologi M.Veber eng katta ulush qo‘shganlar. Bu maktabning vakillari tashkilotlarning umumiy ta’riflari va qonuniyatlarini aniqlashga harakat qilganlar. Ularning maqsadi boshqaruvning ikkita jihatiga daxldor bo‘lgan universal tamoyillarni yaratishdan iborat bo‘lgan. Birinchisitashkilotni boshqarishning ratsional tizimini ishlab chiqish. Bu nazariyachilar biznesning asosiy xizmatlarini belgilab olib, tashkilotni bo‘linmalarga bo‘lishning eng yaxshi usulini belgilash mumkinligiga ishonganlar. Ular moliya, ishlab chiqarish va marketingni xuddi shunday xizmatlar deb hisoblanganlar. Ikkinchi jihat – tashkilot va xodimlar boshqaruvining tuzilishini qurish. Yakkaboshchilik tamoyili bunga misol bo‘lib xizmat qilgan, unga ko‘ra odam faqat bitta boshliqdan bo‘yruqlar olishi va fakat bitta unga bo‘ysunishi kerak. Boshqaruvdagi insoniy munosabatlar maktabi (1930-1950). M.Follett (Angliya), E.Meyo va A.Maslou (AQSH) uning eng yirik obro‘li vakillaridir. Bu maktab vakillari, agar rahbarlik o‘z xodimlari haqidagi g‘amxo‘rlikni oshirsa, unda xodimlarning qanoatlanganligi darajasi oshadi, bu esa muqarrar unumdorlikni ko‘payishiga olib keladi deb ishonganlar. Ular bevosita boshliqlarning samarali harakatlari, xodimlar bilan maslahatlashishlar va ularga ishda muloqot qilishga kengroq imkoniyatlarni berishni o‘z ichiga oluvchi insoniy munosabatlarni boshqarish usullaridan foydalanishga tavsiya berganlar.Ahloqiy fanlar ѐki bixevioristik maktab (1950 yildan hozirgi vaqtgacha). Eng ko‘zga ko‘ringan vakillari – F.Gersberg, R.Laykert, D. Mak Gregor. Ushbu maktab insoniy munosabatlar maktabidan ancha uzoqlashib ketgan. Ushbu ѐndashuvga ko‘ra xodimga tashkilotlarni boshqarishga nisbatan ahloqiy fanlar konsepsiyalarini qo‘llash asosida o‘zining shaxsiy imkoniyatlarini his qilishga ko‘proq darajada ѐrdam ko‘rsatish kerak. Bu maktabning asosiy maqsadi tashkilot faoliyati samaradorligini uning insoniy resurslari samaradorligini oshirish yo‘li bilan oshirishdan iborat. Uning asosiy qoidasi: ahloq haqidagi fanni to‘g‘ri qo‘llash hamma vaqt, ham alohida xodimning, ham umuman tashkilotning samaradorligini oshishiga ѐrdam berishi kerak. Boshqaruv fani maktabi ѐki miqdoriy usul (1950 yildan hozirgi vaqtgacha). Eng ko‘zga ko‘ringan olimlari R.Akoff, N.Viner, V.Poreto hamda V.Glushkov va L.Kantoravich (SSSR). Maktab boshqaruvda aniq fanlar - matematika. statistika, muxandislik fanlari ma’lumotlaridan foydalanishga asoslanadi va operatsiyalar va vaziyatlar modellari tadqiqotlari natijalarini keng ko‘llashni ko‘zga tutadi. Ammo ikkinchi jahon urushiga qadar miqdoriy usullardan boshqaruvda yetarlicha foydalanilmagan. Ehtimol, kompyuterlarni rivojlanishi boshqaruvda ushbu usullarni ko‘llashga kuchli turtki bo‘lgan bo‘lsa kerak. Ular o‘sib boruvchi murakkablikdagi matematik modellarni qurishga imkon berganlar, bu modellar haqiqatga ko‘proq darajada yaqinlashadilar, demak aniqroq bo‘ladilar.Vaziyatli ѐndashuv (1960 yildan hozirgi vaqtgacha). Bu ѐndashuvni ishlab chiqilishi boshqaruv nazariyasiga katta hissa qo‘shgan, chunki fanni aniq vaziyatlar va sharoitlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llash imkoniyati paydo bo‘lgan. Vaziyatli ѐndashuvda asosiy tomon vaziyat, ya’ni aniq holatlardan iborat bo‘ladi, ular tashkilotlarga ushbu aniq vaqtda katta ta’sir ko‘rsatadilar. Ham tashkilotning o‘zida, ham atrof muhitda ko‘pgina bunday omillar mavjud bo‘lganligi sababli, tashkilot faoliyatini boshqarishning yagona “yaxshi” usuli yo‘q bo‘ladi. Boshqaruvning vujudga kelgan vaziyatda ko‘proq mos keluvchi usuli eng samarali bo‘ladi. M.Follett 20- yillardaѐq “Vaziyat qonuni” haqida gapirgan. Ammo bu ѐndashuv faqat 60- yillarning oxirida kerakli darajada ishlab chiqilgan. F.Teylorni mehnatni boshqarish usullari, mehnatni texnokratik boshqarish masalalari ko‘rib chiqiladi. O‘zining xarakteri bo‘yicha mehnat hamma vaqt ham ijtimoiy jaraѐn bo‘lgan. Har qanday ijtimoiy mehnat esa belgilangan tashkil qilish va tartibni taqazo qiladi. Kimdir xodimlar oldiga maqsadni qo‘yishi, vazifalarni taqsimlashi, ularni bajarilishi ustidan nazorat qilishi, har holda odamlarni mehnatga undashi, ularning harakatlarini muvofiq- lashtirishi kerak. Mehnatni boshqarishning xarakteri, uning usullari va vositalari doimiy bo‘lib qololmaydilar. Pirovorida ular ishlab chiqarishning o‘zining rivojlanganligi darajasi va uning ijtimoiy shakli bilan belgilanadilar. G‘arbiy adabiѐtlarda mehnatni boshqarishni rivojlanishi bosqichlarini XX asr menejmenti nazariyachilar F.Teylor, E. Meyo, R.Likert va boshqalarning ishlari bilan bog‘laydilar. Ba’zi bir tadqiqotchilar iqtisodiy o‘sishning sanoatlashganga qadar, sanoatlashgan va ilmiy-texnik variantlariga mos keluvchi mehnatni boshqarishning hunarmandchilik, texnokratik va innavatsion turlarini ajratishni taklif qiladilar. Bunday davrlarga ajratish jiddiy asoslarga egadir. Download 56.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling