1-bosqich 22. 02-guruh talabasi Rasulov Xurshidbekning “Analitik geometriya” fanidan tayyorlagan


Download 243.45 Kb.
bet1/7
Sana18.06.2023
Hajmi243.45 Kb.
#1564851
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Rasulov Xurshidbek1


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG`ONA DAVLAT UNIVERSITETI
Matematika va informatika fakulteti
Matematika yo‘nalishi
1-bosqich 22.02-guruh talabasi
Rasulov Xurshidbekning
Analitik geometriya” fanidan tayyorlagan


KURS ISHI
Mavzu: Ikkinchi tartibli chiziqlarning umumiy tenglamasini kanonik koʻrinishga keltirish: Markaz yagona hol



Farg`ona 2023


MAVZU: Ikkinchi tartibli chiziqlarning umumiy tenglamasini kanonik koʻrinishga keltirish: Markaz yagona hol.
REJA:


Kirish.
Asosiy qism.

  1. Ikkinchi tartibli chiziqlarning kanonik tenglamalari.

  2. Ikkinchi tartibli chiziqlarning markazi.

  3. Ikkinchi tartibli chiziqlarning umumiy tenglamasini kanonik koʻrinishga keltirish

  4. Ellips va kanonik tenglamasi



Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.


KIRISH

Agar mendan sizni nima qiynaydi?” deb


so‘rasangiz, farzandlarimizning ta’lim
tarbiyasi deb javob beraman!!!
Shavkat Mirziyoyev
Tekislikdagi to‘g‘ri chiziq tenglamalari matematiklarni uzoq vaqtlardan beri qiziqtirib kelgan masalalardan biridir.
Tekislikdagi to‘g‘ri chiziq tenglamalari uzoq tarixga ega. Tekislik yoki fazoda koordinatalar sistemasini kiritganimizda, geometrik figuraga tegishli nuqtalar koordinatalarga ega bo‘ladi. Agar figuraga tegishli nuqtalarning koordinatalari biror algebraik tenglamani qanoatlantirsa, u algebraik tenglama bilan aniqlanuvchi geometrik figura deyiladi. Masalan, markazi nuqtada bo‘lgan va radiusi R ga teng aylana tenglamasi ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Analitik geometriya kursida o‘rganish metodlarining asosini koordinatalar metodi tashkil qiladi. Biz asosan figuralarni ularning tenglamalari yordamida o‘rganamiz, ya’ni algebraik tenglamalarini o‘rganish bilan shugullanamiz. Bu yerda algebraic metodlar asosiy rolni o‘ynaydi. Biz asosan birinchi va ikkinchi darajali tenglamalar bilan ish ko‘ramiz. Analitik geometriya kursida o‘rganiladigan geometrik figuralar sinfi unchalik katta bo‘lmasa ham, birinchi va ikkinchi darajali tenglamalar bilan aniqlanuvchi geometrik figuralar fan va texnikada juda katta rol o‘ynaydi
Birinchi darajali algebraik tenglamalar bilan aniqlanuvchi geometric figuralar — to‘g‘ri chiziq va tekislikdir. Ushbu asosiy geometrik figuralar bilan siz elementar geometriya kursidan tanishsiz. Tekislikda ikkinchi darajali tenglamalar ikkinchi tartibli chiziqlami, fazoda esa ikkinchi tartibli sirtlarni aniqlaydi. Yuqoridagi misoldan ko‘rinadiki, aylana ikkinchi tartibli chiziqdir.
Fazoda tenglama bilan aniqlanuvchi nuqtalar to‘plami esa sferadan iborat bo‘lib, u ikkinchi tartibli sirtdir.
Analitik geometriya kursida vektorlar algebrasi ham o‘rganiladi.
Vektor tushunchasi muhim fundamental tushunchalardan bo‘lib, faqatgina analitik geometriya kursida emas, balki matematikaning boshqa bo‘limlarida ham muhim rol o‘ynaydi.

.


Download 243.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling