1-bosqich 22. 26-guruh talabasi Uralov Asqarjonning O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
Download 44 Kb.
|
1 2
Bog'liqуралов А тарих
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanidan tayyorlagan mustaqil ishi Tayyorladi: Uralov A Qabul qildi: Sh.Karimov
- Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI SIRTQI BO‘LIM TEXNOLOGIK TA’LIM yo‘nalishi 1-bosqich 22.26-guruh talabasi Uralov Asqarjonning O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanidan tayyorlagan mustaqil ishi Tayyorladi: Uralov A Qabul qildi: Sh.Karimov Mustaqillik yillarida davlat boshqaruv tizimida amalga oshirilgan islohotlar Reja: Kirish. “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyili Mamlakatning dunyodagi taraqqiy etgan demokratik davlatlar safidan munosib o‘rin olishi Davlat boshqaruvi sohasida demokratlashtirish jarayoni Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Mustaqilikka erishgach, O‘zbekiston davlati va xalqi mamlakatda huquqiy demokratik davlat barpo etish yo‘li tanladi. Chunki dunyoning rivojlangan davlatlarida ham rivojlangan huquqiy davlat sharoitidagina fuqarolik jamiyati shakllanishi uchun imkoniyatlar yaratilmoqda hamda jamiyatda doimiy barqarorlik va xalq faravonligi ta’minlanmoqda. Xalqimiz tarixi, dunyoqarashi, ma’naviyati, milliy manfaatlari va milliy an’analarini chuqur anglagan Yurtboshimiz mustaqil O‘zbekiston xalqining manfaatlari va orzu-istaklaridan kelib chiqib, 1992 yilda fuqarolik jamiyati va demokratik prinsiplarini o‘zida mujassam etgan siyosiy tizimni tashkil etishga qodir bo‘lgan Konstitutsiya qabul qilishga boshchilik qildi. Respublikada fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurishning siyosiy va huquqiy kafolatlari qisqa muddatlarda Konstitutsiya va boshqa qonunlarda o‘z ifodasini topdi. Natijada fuqarolik jamiyatini shakllantirish uchun huquqiy asoslar yaratildi. Fuqarolik jamiyati shakllanishi har qanday davlatda ham ro‘y beravermaydi. Bu jamiyatning shakllanishi uchun faqat huquqiy davlatgina har tomonlama shart-sharoitlar yaratib berishi mumkin. Huquqiy davlat amal qilishining eng asosiy sharti esa davlat hokimiyatining uchga bo‘linish prinsipini hayotda amalga oshirishdir. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasi mamlakat siyosiy tizimida uning amal qilishi maqsadlarida mazkur prinsipni quyidagi mazmunda ifodalab berdi: “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linish prinsipiga asoslanadi”. Mazkur modda mamlakat parlamenti - qonun chiqaruvchi hokimiyatida fuqarolik jamiyatining huquqiy asoslarini mukammal tarzda ishlab chiqish imkoniyatlarini yaratib berdi. Istiqlolning dastlabki yillarida O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish islohotlarini eng murakkab va mashaqqatli sinovlar kutmoqda edi. Chunki mamlakatda eskidan meros bo‘lib qolgan davlatchilik an’analari va totalitar jamiyat asoratlari hali saqlanib kelmoqda edi. Shuningdek, xalqning hali yangi jamiyat qurish va uni tashkil etishga doir tajribasi kam, ruhiyati va siyosiy madaniyati esa fuqarolik jamiyati to‘g‘risidagi tasavvurlardan ancha yiroq edi. Ana shunday sharoitda Prezident I.A.Karimov tomonidan O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati, huquqiy davlat va bozor munosabatlariga o‘tish davrining nazariy asoslarini qamrab oluvchi “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyili ishlab chiqildi, ushbu tamoyil mamlakat tarixiy rivojlanish an’analari, demokratik prinsiplar va xalq dunyoqarashi, qolaversa, mamlakat milliy manfaatlarini o‘zida ifoda etar edi. Shu bilan birga O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati barpo etishga doir islohotlar rivojlangan demokratik mamlakatlar va xalqaro hamjamiyatlar tajribasidagi demokratik qadriyatlar asosida amalga oshirishga muhim ahamiyat berildi. Chunki demokratik qadriyatlar nafaqat xalqaro tajriba va sinovlardan o‘tganligi, balki o‘zbek xalqining milliy manfaatlariga mos kelganligi uchun ham islohotlar jarayonlariga tatbiq etila boshlandi. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish sohasidagi islohotlarni mustaqillik davridagi tarixiy rivojlanishdan kelib chiqib, uch bosqichga ajratish mumkin bo‘lib, bu bosqichlarning har biri mamlakatimiz tarixida muhim o‘rin egalladi. Birinchi bosqich 1991-2000 yillar bo‘lib, mazkur bosqich mustaqil O‘zbekiston siyosiy tizimi poydevorini barpo etish sohasida puxta va jiddiy ish olib borilgan davr bo‘ldi. Bu bosqichda amalga oshirilgan islohotlarning huquqiy negizini tashkil etuvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar sifatida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi (1991), “O‘zbekiston Respublikasida Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi (1993), “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi (1994), “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi (1994), O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (1995-1996), “Siyosiy Download 44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling