1-bosqich 22. 26-guruh talabasi Uralov Asqarjonning O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
partiyalar to‘g‘risida”gi (1996), “Nodavlat notijorat tashkilotlar
Download 35.36 Kb.
|
1 2
Bog'liqуралов А тарих
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati
partiyalar to‘g‘risida”gi (1996), “Nodavlat notijorat tashkilotlar to‘g‘risida”gi (1999)[3] va bir qator boshqa qabul qilingan qonunlarni keltirish mumkin. Ushbu bosqichda quyidagi muhim vazifalar hal qilindi: Birinchidan, eski ma’muriy-buyruqbozlik tizimi, uning mafkurasi, unga muvofiq bo‘lgan hokimiyat va boshqaruv organlari, partiyaning yakkahokimligi tugatilib, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, xalq ta’limi tizimi, harbiy hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ijodiy uyushmalar departizatsiya qilindi. Ikkinchidan, keng ijtimoiy guruhlarning manfaatlarini ifodalash va himoya qilishga qodir bo‘lgan siyosiy partiyalar uchun normal siyosiy makon yaratilib, ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va xilma-xilligi asosida rivojlanishi, hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emasligi beligilab qo‘yildi. Yangi tashkil etiladigan siyosiy partiyalar faoliyatining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari yaratildi. Mazkur bosqichda fuqarolik jamiyati institutlari hamda ko‘ppartiyaviylik shakllandi. Xususan, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi (1991y), ‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi (1995y), O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi (1995y), O‘zbekiston “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi (1998y) tashkil topdi. Konstitutsiyada jamiyatimizda ko‘ppartiyaviylik tizimini shakllantirishning huquqiy asoslari yaratildi. 1994-1999 yillardagi Oliy Majlis va xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylovlar ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tishi bilan ajralib turdi. Xulosa qilib aytganda, birinchi bosqichda amalga oshirilgan islohotlar jarayonida respublikada yangi demokratik siyosiy tuzumning asoslari yaratildi. Bu tuzum siyosiy tashkilotlar, mafkura va fikrlarning turli-tumanligi asosiga qurilgan bo‘lib, davlat va jamiyatni boshqarishda fuqarolarning keng ishtirokini ta’minladi. Ikkinchi bosqich 2001-2010 yillarni o‘z ichiga olib, bu bosqichda ustuvor yo‘nalishlarning barchasini o‘zida qamrab olgan eng muhim vazifa – mamlakatimiz siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishi jarayonlarini yanada erkinlashtirishdan iborat bo‘ldi. Bu bosqichda mustaqil rivojlanish yillarida to‘plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish, rivojlangan davlatlarning davlat qurilishi va boshqaruvi bo‘yicha bosib o‘tgan yo‘lini chuqur tadqiq etish asosida ijobiy tajribani o‘tgan yillar mobaynida to‘plangan milliy tajribamiz bilan uyg‘unlashtirish asosida jamiyatimizni demokratlashtirish va yangilash konsepsiyasining asosiy vazifalari belgilab olindi. Ushbu bosqichda avvalgi bosqichdan farqli ravishda siyosiy partiyalar va fuqarolik jamiyati institutlarining davlat ahamiyatiga molik eng muhim qarorlarni qabul qilishdagi roli va ta’sirini tubdan kuchaytirish masalalariga katta ahamiyat qaratildi. Bu davrda amalga oshirilgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari va vazifalari quyidagilardan iborat: - mamlakatimiz siyosiy hayotining barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish; - fuqarolarning, siyosiy, iqtisodiy faolligini kuchaytirish va insonning o‘z qobiliyatini to‘la ro‘yobga chiqarishi uchun tegishli shart-sharoit yaratish; - jamiyatimizda mavjud bo‘lgan turli manfaatlar, qarama-qarshi kuchlar va harakatlar o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlaydigan samarali mexanizmni shakllantirish; - fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim sharti bo‘lgan nodavlat va jamoat tashkilotlarining jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini keskin kuchaytirish yoki boshqacha qilib aytganda, “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilini amalda hayotga joriy etish; - qonunlar ijrosini ta’minlash, mamlakatda qabul qilingan va amalda bo‘lgan me’yoriy hujjatlarni hayotga joriy qilishda davlat hokimiyati organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish; - fuqarolik jamiyati institutlari va o‘zini-o‘zi boshqarish organlarini rivojlantirish uchun eng maqbul tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni vujudga keltirish; - siyosiy partiyalar va fuqarolik institutlarining davlat ahamiyatiga molik eng muhim qarorlarni qabul qilishdagi roli va ta’sirini tubdan kuchaytirish va boshqalar. Bu bosqichda amalga oshirilgan islohotlarning huquqiy negizini tashkil etuvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar sifatida “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida”gi (2002y), “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi (2002y), “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi (2002y), “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi (2007y) Konstitutsiyaviy qonunlar, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) (2003y), “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi (2004y), “Nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi (2007y), “O‘zbekiston Respubikasi Konstitutsiyasining moddalariga tuzatishlar kiritish to‘g‘risida”gi (2007y), “Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi (2008y) qonunlar qabul qilindi. Uchinchi bosqich sifatida 2010 yil 12 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov tomonidan ilgari surilgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi” mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishdagi yana bir yuksalish davri bo‘ldi. Jumladan, Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan “Kuchli davlat – kuchli fuqarolik jamiyati sari” konseptual dasturni amalga oshirish yangi bosqichga ko‘tarildi. Bu bosqichda mamlakat rahbarining nazariy qarashlarini hayotga tatbiq etishning yangi davriga o‘tildi. Rivojlangan mamlakatlarda fuqarolarga erkinlik bag‘ishlagan, shaxsning erkin kamol topishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratgan, jamiyatning hamma jabhalarini demokratlashtirishga qobil bo‘lgan fuqarolik jamiyatini rivojlantirish yo‘lidagi islohotlarning yangi bosqichi boshlandi. Mazkur konsepsiya asosida mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirishni ko‘zlab bir qator qonunlar qabul qilindi va hatto bosh qomusimizda ham o‘zgarishlar amalga oshirildi. Hususan, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”[4] gi qonunning qabul qilinishi natijasida davlat boshqaruvi sohasida demokratlashtirish jarayoni amalga oshirildi. Mamlakatning dunyodagi taraqqiy etgan demokratik davlatlar safidan munosib o‘rin olishini ta’minlash maqsadida jamiyat hayotining eng muhim sohalarini isloh etish bo‘yicha qonunchilik tashabbuslari, konseptual g‘oya va takliflar ilgari surildi. Konsepsiyada mamlakatimizning siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, gumanitar sohalardagi qudratini yanada oshirishning oltita eng muhim ustuvor yo‘nalishi belgilab berilgan. Bular: davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish; sud-huquq tizimini isloh etish; axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash; O‘zbekistonda saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish; fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish; demokratik bozor islohotlari va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish. Belgilangan ustuvor yo‘nalishlar asosida davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish borasida islohotlar davom ettirilib, O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga o‘zgartirishlar kiritildi [2]. Natijada, davlat hokimiyatining bo‘linish prinsipi yanada demokratlashtirilmoqda. Konsepsiya joriy etilganidan so‘ng sud-huquq sohasida bir qator qonunlar, farmon va qarorlar qabul qilinib, sud-huquq sohasini rivojlantirish, sudlarning mustaqilligi, sud jarayonlarining yanada erkinligini mustahkamlash, qonun ustuvorligi, tezkor- qidiruv ishlarini olib borishning aniq asoslari belgilandi, bu jarayonda qonunchilikka rioya qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, ma’muriy o‘zboshimchalikka yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha real huquqiy kafolatlar yaratildi[5, 43-53]. Uchinchi ustuvor yo‘nalish bo‘yicha ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish, ommaviy axborot vositalarini mustaqilligini, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash, erkin axborot maydonini tashkil etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilib, qator qonunlar loyihalari ishlab chiqilmoqda. Konsepsiyada belgilangan keyingi ustuvor yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazilgan saylov tajribalaridan, rivojlangan davlatlarda bu borada erishilgan natijalardan ijodiy foydalanish yo‘lga qo‘yilib, saylov jarayonlarda partiyalarning roli va ahamiyatini yanada oshirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Fuqarolik jamiyati institutlarini faoliyat doirasini yanada kengaytirish, ular faoliyatini takomillashtirish va qo‘llab-quvvatlash ishlari keng miqyosda amalga oshirilmoqda. Xususan, nodavlat notijorat tashkilotlari sog‘liqni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, bandlikni ta’minlash va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash sohalaridagi dolzarb muammolarni hal etish bo‘yicha dasturlarni amalga oshirishga, shuningdek, huquqiy me’yorlarni ishlab chiqish jarayoniga jalb etilmoqda. Oltinchi yo‘nalish bo‘yicha esa, so‘nggi uch yilda ishlab chiqaruvchilar, mulkdorlarga yanada erkinliklar berildi, demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni chuqurlashtirish jarayonlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha qonunlar ishlab chiqildi, qishloqlarda tadbirkorlarga keng imkoniyatlar va shart-sharoitlar yaratilmoqda. Xulosa qilib aytganda, milliy mustaqillik yillarida O‘zbekistonda yangi davlat va jamiyat qurish masalasida rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or tarixiy tajribasini chuqur o‘rganish natijasida fuqarolik jamiyatini barpo etishdagi “O‘zbek modeli”ning nazariy asoslari ishlab chiqildi. Uning nazariy qarashlari “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” konseptual dasturda, “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da va O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish amaliyotida o‘z ifodasini topib bormoqda. Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T.: O‘zbekiston, 2012. 5-bet. 2. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011 y., 16-son, 160-modda. 3. www.lex.uz 4. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (78, 80, 93, 96 va 98 moddalari). O‘zbekiston Respublikasining qonuni // Xalq so‘zi. 2011 yil 19 aprel. Download 35.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling