Ўзбекистон Республикаси Президентининг


Download 3.76 Mb.
bet1/5
Sana13.09.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1676417
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Коррупция 419-860

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Konstitutsiya va Qonun ustuvorligini taʼminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 13.12.2019 yildagi PQ-4551-sonli Qarori bilan tasdiqlangan

“Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chorа-tаdbirlаr dаsturi”ning

II bo‘lim (Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish) 8-bandi ijrosini taʼminlash yuzasidan.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH TO‘G‘RISIDA

O‘RQ-419-son

Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 24-noyabrda qabul qilingan. Senat tomonidan 2016-yil 13-dekabrda ma’qullangan. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti 2017 yil 03-yanvarda kuni imzolangan.

Ushbu Qonun 6-bob. 34-moddadan iborat.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirgan.

Tayyorladi: Bosh yuriskonsult

3-darajali yurist R.M.Gafforov

  • 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
  • Ushbu Qonunning maqsadi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

  • 2-modda. Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.

    Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.

Umumiy tushuncha

  • Umumiy tushuncha
  • Korrupsiya (lot. Corrumpere — buzmoq) termini odatda mansabdor shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatadi.
  • Korrupsiya bu — jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi.
  • Ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qat’iy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Ushbu zararli illatni bartaraf etish bo‘yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsada, hanuzgacha u bartaraf etilmayapti.

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling