1-bosqich talabalar bilan «chqbtni tashkil qilish va uning metodika» fanidan mashg’ulotni o’tkazish uchun reja-konspekt
Download 70 Kb.
|
1-курс 4-2 мавзу амалий
2-O’QUV SAVOLI - 70 daqiqa.
TA’LIM MUASSASASI DIREKTORI, HARBIY RAHBAR, CHQBT O’QITUVCHISI, MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR BO’YICHA DIREKTOR O’RINBOSARI, JISMONIY TARBIYA O’QITUVCHISI, SINF (GURUH) RAHBARI VA TA’LIM MUASSASASI BOSHQA O’QITUVCHILARINING MAJBURIYATLARI. Davlatimizning mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash va qurolli kuchlar qudratini oshirish haqida doimiy g’amxo’rlik ko’rsatib, xalqimizni avvalom bor yoshlarni o’z Vatanini himoya qilishga tayyorlash uchun barcha kerakli chora-tadbirlarni ko’rayotganligini hozirda barchamiz yaxshi bilamiz. Konstituttsiyamizda Vatan himoyasi davlatning eng muhim vazifalaridan deb belgilangan, va bu maqsadda qurolli kuchlar tashkil etilib, umumiy harbiy majburiyat o’rnatilgan.Unda O’zbekiston Respublikasini himoya qilish —O’zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o’tashga majbur ekanliklari to’grisida gapirilgan. SHu talablardan kelib chiqib,bosh vazifalardan biriga yosh avlodni Vatanni himoya qilishga tayyorgarligini tarbiyalash kiradi. Bu maqsad uchun yoshlarlarni chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorlagi yo’lga qo’yilgan. CHQBT sifati uning tarbiyaviy ahamiyati harbiy rahbar, CHTO’ning pedagogik malakasi va harbiy tayyorgarlik darajasi, uning g’oyaviy-siyosiy yotukligi,uslubiy mahorati hamda ta’lim muassasasi direktori va butun pedagogik jamoa bilan to’g’ridan to’g’ri bog’liqdir. Ma’lumki, CHQBTni tashkil qilish va o’tkazishda harbiy rahbar va CHTO’ markaziy figura hisoblanadi. U bevosita ta’lim muassasasi direktoriga bo’ysunadi,uning majburiyatlari esa muvofiqlashtiruvchi xujjatlar bilan belgilanadi.O’quvchilarni Vatan himoyasiga tayyorlashdagi rahbarlik to’g’ridan to’g’ri ta’lim muassasasi direktoriga tegishli. U CHQBT va vatanparvarlik tarbiyasini tashkil qilish va yuqori darajasini ta’minlashga javob beradi.bu vazifani bajarish uchun u me’yoriy va boshqaruv xujjatlarini, mashg’ulotlarning uslubiy xususiyatlarini yaxshi bilishi kerak. Harbiy rahbar CHTO’ lar nomzodlarini tanlash ham direktor majburiyatlari doirasiga kiradi. Nizomga ko’ra bu lavozimga nomzodlarni tuman (shahar) mudofaa ishlari bo’limlari tavsiya etadi. Lekin bu ta’lim muassasasi direktori bunday odam qachon kelishini kutib o’tirishi kerak degani emas. Xususan tajribalar shuni ko’rsatdiki,yaxshi harbiy rahbar,CHTO’ lar bo’lib kerakli harbiy tayyorgarlikka ega bo’lgan,shuningdek harbiy rahbar,CHTO’larda bo’lishi lozim bo’lgan sifatlarga ega bo’lgan ta’lim muassasalari o’qituvchilari ham faoliyat ko’rsatsa bo’ladi. Pedagogik faoliyatga moyilligi bor va O’zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlaridagi xaqiqiy harbiy xizmatini o’tagandan keyin YoCHQBT fanidan dars berishga hohish,istagi bo’lgan mazkur ta’lim muassasasi o’quvchilari hisobidan harbiy rahbarlikka nomzodlarni oldindan tayyorlash amaliyoti bu borada tahsinga sazovordir.Mudofaa ishlar bo’limi bilan kelishilgan holda bu nomzod haqiqiy harbiy xizmatni o’tagandan keyin pedagogika universitetlari qoshida «CHaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik o’qituvchisi» mutaxasisligiga ega bo’lishi mumkin. Ta’lim muassasalarining direktorlari pedagogik yuklamalarni harbiy rahbar, CHTO’lari o’rtasida taqsimlaydi. Direktor yuklamalarni taqsimlashda harbiy rahbar, CHTO’larning o’quv-moddiy bazani tiklash va takomillashtirish,shuningdek, saqlash bo’yicha ishlarini va vatanparvarlik hamda darsdan tashqari tadbirlarni tashkil qilish va o’tkazishda bevosita ishtirok etish zarurligini hisobga olishlari mantiqan to’g’ri bo’ladi.
Demak,o’z g’oyaviy-nazariy va harbiy saviyasini pedagogik malakasini oshirish ustida muntazam ishlashi uchun sharoitlar yaratish, unga o’quv-uslubiy yordam ko’rsatish ta’lim muassasasi direktorining muhim vazifalaridan biri bo’lib hsoblanadi. CHQBT o’quv dasturining barcha bo’limlari bilan mavzularni kompleks o’rganilishini boshqa fanlarning darslari bilan bog’lash lozim Download 70 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling