“Everest-Educate”
NODAVLAT TA’LIM MUASSASASI
Yosh Dasturchilar
(Frontend) kursi
O’QUV REJA VA ISHCHI DASTURI
Ta’lim turi: maktabdan tashqari ta’lim
Kirish
Dasturni tuzishda O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi qonuni, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi", Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 5-yanvardagi "Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to‘g‘risida"gi 5-sonli, 2017-yil 15-martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi Nizom”ni tasdiqlash haqida 140-sonli qarori, “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi 187-sonli qarorlari asos qilib olindi.
Maktabdan tashqari ta’lim, uzluksiz ta’lim tizimidagi mustaqil turdir. Ushbu ta’lim turida o‘qish o‘quvchilar tomonidan ixtiyoriy tanlanadi.
O‘quvchilarning imkoniyatlarini va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishini chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan ta’lim olishini ta’minlaydi. O‘quvchilar o‘zlari tanlab olgan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha (ijtimoiy, tabiiy, aniq va filologiya yo‘nalishidagi fanlar) bilim saviyalarini oshirish hamda fanni chuqur o‘rganishga qaratilgan bilim, malaka va ko‘nikmalarini o‘zlarida shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Yuqoridagi maqsadlarni e’tiborga olgan holda biz quyida nodavlat ta’lim muassasamizning matematika fani bo‘yicha uzviylashtirilgan dasturni havola qilamiz.
Ushbu uzviylashtirilgan dasturni tuzishda quyidagi omillar asos qilib olindi:
uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash;
- mavzu va boblarni mantiqiy ketma-ketligini saqlash;
-mavzularni ta’lim turlarida bir xil talqinda takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslikka erishish;
Do'stlaringiz bilan baham: |