1. Botanika so‘zi qanday so‘zdan olingan va qanday ma’noni anglatadi?


Download 32.25 Kb.
bet1/2
Sana05.01.2022
Hajmi32.25 Kb.
#224150
  1   2
Bog'liq
Testkar


TEST SAVOLLARI
1. Botanika so‘zi qanday so‘zdan olingan va qanday ma’noni anglatadi?

A) lotinchadan olingan bo‘lib, “O‘simlik” degan ma’noni bildiradi.

B) grekchadan olingan bo‘lib, “Botane” – o‘t, ko‘kat, sabzavot degan ma’noni bildiradi.

C) grekchadan olingan bo‘lib, “Botanika” – tirik organizmlar to‘g‘risidagi fan degan ma’noni bildiradi.

D) lotinchadan olingan bo‘lib, “Botane” – o‘t, ko‘kat, sabzavot degan ma’noni bildiradi.
2. Suvo‘tlarini o‘rganadigan fan nima deb ataladi?

A) Mikologiya

B) Dendrologiya

C) Algologiya

D) Briologiy
3. Qazilma holdagi o‘simliklarni o‘rganadigan fan nima deb ataladi?

A) Mikrobiologiya

B) Paleobotanika

C) Algologiya

D) O‘simliklar genetikasi
4. Moyli o‘simliklar keltirilgan javobni ko‘rsating.

A) kungaboqar, zig‘ir, mosh, no‘xat.

B) kanakunjut, soya, loviya, no‘xat.

C) kungaboqar, soya, nasha, zig‘ir.

D) kanakunjut, kungaboqar, soya, mosh.
5. 6 jildli “O‘simlik sirlari” nomli asarning muallifini toping.

A) Arastu

B) Teofrast

C) Karl Linney

D) Andrea Sezalpin
6. O‘simliklar fiziologiyasi fanini rivojlantirishda eng katta hissa qo‘shgan olim kim?

A) A. Engler

B) Karl Linney

C) Andrea Tsezalpin

D) K. A. Timiryazev
7. O‘zbekistonda suvo‘tlarni o‘rganish va ulardan xalq xo‘jaligida foydalanishning ilmiy asoslari kim tomonidan yaratildi?

A) P. K. Zokirov

B) F. N. Rusanov

C) Ye. P. Korovin

D) A. M. Muzaffarov
8. Hujayrani dastlab kim va nechanchi yilda kashf etdi?

A) R. Guk 1665 yilda

B) R. Broun 1833 yilda

C) M. Shleyden 1833 yilda

D) T. Shvann 1839 yilda
9. 1839 yil chex olimi Y. Purkine nimani kashf etdi?

A) Yadroni

B) Sitoplazmani

C) Mitoxondriyni

D) Ribosomani
10. Qari hujayralarda qanday bo‘shliqlar bo‘ladi?

A) Sitoplazma B) Vakuola

C) Tonoplast D) Endoplazmatik to‘r
11. Plastidalar necha xil bo‘ladi?

A) 2 B) 3 C) 4 D) 5


12. Plastidalarning qaysi biri fotosintez jarayonida qatnashib, anorganik moddalardan organik moddalar hosil qiladi?

A) Xromoplast

B) Leykoplastio

C) Xloroplast

D) Izoplast
13. Irsiy belgilarni saqlaydigan va oqsil sintezini boshqaradigan markazni toping.

A) Vakuola

B) Sitoplazma

C) Ribosoma

D) Yadro
14. Hujayralar necha xil yo‘l bilan ko‘payadi?

A) 2 xil


B) 3 xil

C) 4 xil


D) 5 xil
15. Hujayralarning oddiy bo‘linish yo‘li bilan ko‘payishi nima deb ataladi?

A) Amitoz

B) Mitoz

C) Meyoz


D) Bo‘linish
16. O‘simliklarda qanday to‘qimalar bor?

A) Mexanik, biriktiruvchi, qoplovchi, asosiy, o‘tkazuvchi, hosil qiluvchi

B) Asosiy, o‘tkazuvchi, mexanik, qoplovchi, ajratuvchi, hosil qiluvchi

C) Qoplovchi, asosiy, o‘tkazuvchi, mexanik, ajratuvchi

D) Mexanik, loteral, qoplovchi, asosiy, meristematik
17. Parenxematik to‘qimalar deb . . . . . .

A) Zanjirsimon hujayralardan tashkil topgan

B) Uzunchoq hujayralardan tashkil topgan

C) Yumaloq, to‘g‘ri yoki ko‘pburchakli hujayralardan tashkil topgan

D) Ipsimon yoki ko‘pburchakli hujayralardan tashkil topgan
18. Meristematik hujayralar kelib chiqishiga ko‘ra qanday meristemalarga bo‘linadi?

A) Uchki, yon

B) Apikal, loteral, akropetal

C) Birlamchi, ikkilamchi,

D) Apikal, loteral, qo‘shimcha
19. Uchki va yon meristemalardan qo‘shimcha merstemalarning farqi . . . .

A) Qo‘shimcha meristemalar akropetal tarzda rivojlanadi

B) Qo‘shimcha meristemalar hujayralararo bo‘shliqlarga boy

C) Qo‘shimcha meristemalarda initsial hujayralar bo‘lmaydi

D) ular cho‘zilishga moyil
20. Asosiy to‘qimalar qanday guruhlarga bo‘linadi?

A) So‘ruvchi, g‘amlovchi, aerenxima

B) So‘ruvchi, interkalyar, g‘amlovchi

C) So‘ruvchi, g‘amlovchi

D) So‘ruvchi, xlorenxima, g‘amlovchi
21. Qoplovchi to‘qimalarning qanday tiplari mavjud?

A) Fellogen, probka, felloderma

B) Felloderma, periderma, probka

C) Epiderma, probka, po‘stloq

D) Epiderma, fellogen, po‘stloq
22. Epidermaning asosiy vazifasi?

A) Kutikula qavatining hosil bo‘lishida ishtirok etadi, suvni kam bug‘latish uchun xizmat qiladi

B) Suv bug‘latish, gaz almashinishini boshqarish

C) Efir moylarini chiqarish, suvni kamroq bug‘latish

D) So‘ruvchi to‘qima vazifasini bajarib, probka \osil qilish
23. Qaysi o‘simlikda po‘stloq umuman hosil bo‘lmaydi?

A) Chinor va evkalipt

B) Olma va grab

C) Chinor va grab

D) Olma va evkalipt
24. Zig‘irning lub hujayrasining uzunligi?

A) 66 mm


B) 4 mm

C) 60 mm


D) 350 mm
25. Skelereidlar bu . . . . . .

A) Hujayra devori teng qalinlashgan va yog‘ochlangan, o‘lik hujayra

B) Hujayra ichi suv va havo bilan to‘lgan qalin devorli, o‘lik hujayra

C) Sellyuloza po‘stli hujayra po‘sti qalinlashgan, tirik hujayra

D) To‘g‘ri javob yo‘q
26. Naychalarning uzunligi qancha bo‘ladi?

A) 0,3-0,5 mm, lianalarda 1-2 mm

B) 0,3-0,5 sm, ba’zan 2-3 m

C) 0,3-0,5 mm, lianalarda 1-2 sm

D) 10 sm dan 2-3 m gacha
27. Ksilema tarkibiga qanday qismlar kiradi?

A) Turli naychalar va ularning yo‘ldosh hujayralari

B) Lub tolalari va lub parenximalari

C) Naychalar, traxeidlar, yog‘ochlik tolalari, yog‘ochlik parenximalari

D) Yog‘ochlik tolalari va yog‘ochlik parenximalari
28. Parenxima hujayra naychalarining tiqinlovchi o‘simtalari . . . . .

A) Poralar deb ataladi

B) Til deb ataladi

C) Libriform deb ataladi

D) Kutikula deb ataladi
29. Bargdagi og‘izchalar soni . . . . .

A) 10-30 tadan 100 tagacha

B) 10-20 tadan 100 tagacha

C) 100-300 tadan 500 tagacha

D) 100-300 tadan 1000 tagacha
30. O‘simliklarning vegetativ organlari qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) Gul, urug‘, meva

B) Gul, urug‘, kurtak, novda

C) Gulkurtak, barg, novda, poya

D) Ildiz, poya, barg
31. Ildiz kelib chiqishiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?

A) Asosiy, yon, qo‘shimcha B) Asosiy va qo‘shimcha

C) Asosiy va o‘q ildiz D) O‘q ildiz, qo‘shimcha ildiz
32. Ildiz o‘simlikning qanday organi?

A) Bargsiz, kurtaksiz, yer usti qismi

B) Bargsiz, kurtaksiz, yer osti qismi

C) Shakli o‘zgargan poya

D) Poyaning yer osti qismi
33. Ildizning asosiy vazifasi nimadan iborat?

A) Tuproqdan mineral tuzlarning suvdagi eritmasini so‘rib olish

B) Tuproqdan mineral tuzlarni, suvni so‘rib olish

C) O‘simlikni mustahkam tutib turish

D) A va S javob to‘g‘ri
34. Ildizning poyaga o‘tish chegarasi nima deb ataladi?

A) Gipokotil B) Epikotil

C) Ildiz qini D) Ildiz boyni
35. Asosiy ildiz nimadan hosil bo‘ladi?

A) Urug‘ning rivojlanishidan

B) Murtak va endospervning rivojlanishidan

C) Urug‘dagi endospermning rivojlanishidan

D) Urug‘dagi murtak ildizchasining rivojlanishidan
36. Asosiy ildizli o‘simliklarni belgilang.

A) G‘o‘za, pomidor, yantoq, yo‘ng‘ichqa

B) G‘o‘za, pomidor, bug‘doy, yo‘ng‘ichqa

C) G‘o‘za, javdar, yantoq, yo‘ng‘ichqa

D) G‘o‘za, pomidor, yantoq, javdar
37. Ildiz ichki tuzilishiga ko‘ra qanday qismlarga bo‘linadi?

A) Ildiz boyinchasi, ildiz qinchasi, o‘suvchi qismi, shimuvchi qismi

B) Ildiz boyinchasi, ildiz qinchasi, o‘suvchi qismi, o‘tkazuvchi qismi

C) Ildiz qinchasi, o‘suvchi qismi, shimuvchi qismi, o‘tkazuvchi qismi

D) Ildiz boyinchasi, shimuvchi qismi, o‘tkazuvchi qismi
38. Ildiz tukchalari tuproqdan shimib olgan oziq moddalar ildizning qaysi qismi orqali poyaga o‘tadi?

A) So‘ruvchi qismi B) O‘tkazuvchi qismi

C) Shimuvchi qismi D) O‘suvchi qismi
39. Ildiz so‘rib olgan suv va mineral moddalarni bargga va bargda hosil bo‘lgan organik moddalarni boshqa organlarga o‘tkazish uchun o‘simlikning qaysi organi xizmat qiladi?

A) Qo‘shimcha ildiz B) Barg

C) Poya D) Asosiy ildiz
40. Poyaning ildiz boynidan urug‘palla bargchasigacha bo‘lgan qismi nima deyiladi?

A) Epikotil B) Ildiz qini

C) Bo‘g‘im oralig‘I D) Gipokotil
41. Poya nima hisobiga boyiga o‘sadi va uzayadi?

A) Kambiy hujayralarning bo‘linishi hisobiga

B) Uchki kurtakdagi hujayralarning bo‘linishi hisobiga

C) Bo‘g‘im oralig‘ini uzayishi hisobiga

D) Ildizning tuproqdan oziq moddalarni so‘rishi hisobiga
42. Poya nima hisobiga eniga o‘sadi?

A) Kambiy hujayralarning bo‘linishi hisobiga

B) Uchki kurtakdagi hujayralarning bo‘linishi hisobiga

C) Bo‘g‘im oralig‘ini uzayishi hisobiga

D) Ildizning tuproqdan oziq moddalarni so‘rishi hisobiga
43. Novdaning o‘sish konusidagi meristema hujayralaridan qaysi organ hosil bo‘ladi?

A) Poya B) Kurtak

C) Barg D) Ildiz
44. O‘simliklar qaysi jarayon hisobiga havoni kislorod bilan boyitadi?

A) O‘simlikning nafas olishi hisobiga

B) Xazonrezgilik hisobiga

C) Bargda kechadigan fotosintez jarayoni hisobiga

D) Bargda kechadigan transpiratsiya jarayoni hisobiga
45. Barg ostki ham ustki tomondan nima bilan qoplangan?

A) Epidermis B) Kutikula

C) Tukchalar D) To‘g‘ri javob yo‘q
46. Barg qanday to‘qimalardan tashkil topgan?

A) Qoplovchi, ustunsimon va bulutsimon parenxima, g‘amlovchi

B) Qoplovchi, g‘amlovchi, o‘tkazuvchi, mexanik

C) Qoplovchi, ustunsimon va bulutsimon parenxima, o‘tkazuvchi, mexanik.

D) Qoplovchi, ustunsimon va bulutsimon parenxima, hosil qiluvchi.
47. O‘simliklarning generativ organlari qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) Gul, urug‘, meva B) Gul, urug‘, kurtak, novda

C) Gulkurtak, barg, novda, poya D) Ildiz, poya, barg
48. Gul qanday qismlardan tashkil topgan?

A) Gulkosacha, gultoj, changchi, urug‘murtak

B) Gulkosacha, gulbandi, changchi, urug‘chi

C) Gulkosacha, gultoj, urug‘chi

D) Gulkosacha, gultoj, changchi, urug‘chi
49. Gulda ham androtsey, ham ginetsey joylashgan bo‘lsa, u qanday gul deyiladi?

A) Bir jinsli gul B) Ikki jinsli gul

C) Ko‘p uyli gul D) To‘g‘ri javob yo‘q
50. Gulli o‘simliklar urug‘i qanday qismlardan tuzilgan?

A) Urug‘murtak, endosperm, urug‘ po‘sti

B) Urug‘murtak, endosperm

C) Yadro, urug‘murtak, endosperm

D) Yadro, mag‘iz, urug‘ po‘sti
51. O‘simlik urug‘larining unishi va o‘sib chiqishi uchun qanday faktorlar zarur?

A) Suv, havo, temperatura B) Havo, quyosh nuri

C) Havo, temperatura D) Suv, havo, yorug‘lik
52. Urug‘lanish jarayonida markaziy hujayra bilan urug‘ hujayraning qo‘shilishidan nima hosil bo‘ladi?

A) Yadro B) Endosperm

C) Murtak D) Kurtak
53. Urug‘lanish jarayonida tuxum hujayra bilan urug‘ hujayraning qo‘shilishidan nima hosil bo‘ladi?

A) Yadro B) Kurtak

C) Endosperm D) Urug‘murtak
54. Qo‘sh urug‘lanish hodisasi kim tomonidan qachon ixtiro qilingan?

A) Robertson, 1904 y B) Navashin, 1898 y

C) Normatov, 1988 y D) Navashin, 1998 y
55. Urug‘da urug‘lanish sodir bo‘lmasligi o‘simlikka qanday ta’sir ko‘rsatadi?

A) O‘simlikda hosili ko‘p bo‘ladi B) O‘simlik hosil bermaydi

C) Mevalari katta-katta yetiladi D) Changlanish sodir bo‘lmaydi
56. Guldagi yetilgan changning changdondan chiqib urug‘chi tumshuqchasiga borib tushishi hodisasi qanday hodisa deyiladi?

A) changlanish B) urug‘lanish

C) ko‘payish D) gullash

57. Gulning qaysi qismidan chin meva hosil bo‘ladi?

A) Urug‘chi tugunchasidan B) Urug‘chi ustunchasidan

C) Urug‘chidan D) Gul o‘rnidan


58. Agar meva hosil bo‘lishida tugunchadan tashqari gulning boshqa qismlari ham ishtirok etsa, bu meva qanday meva deyiladi?

A) To‘p meva B) Soxta meva

C) Chin meva D) Rezavor meva
59. O‘z hayoti davomida bir necha marta gullab meva beradigan o‘simliklar qanday o‘simliklar deyiladi?

A) Monokarp B) Polikarp

C) To‘p meva D) Bir yillik
60. Urug‘ tinim davrining biologik ahamiyati nimadan iborat?

A) Urug‘ga tashqi muhitning noqulay sharoitlaridan o‘tib olishga yordam beradi

B) Urug‘ o‘sishiga yordam beradi

C) Urug‘ po‘sti qattiqligi uchun tinim davriga ketadi

D) Faqat kichkina urug‘lar tinim davrini o‘taydi
61. Abiotik vositalar yordamida changlangan o‘simliklarda qanday gullar hosil bo‘ladi?

A) Gullari katta, chiroyli

B) Gullari katta, lekin rangsiz

C) Mayda, ko‘rimsiz, gulqo‘rg‘onsiz gullar

D) Mayda, lekin chiroyli gullar
62. Biotik vositalar yordamida changlangan o‘simliklarda qanday gullar hosil bo‘ladi?

A) Gul o‘rni chiroyli, ko‘zga tashlanadigan gullar

B) Gulqo‘rg‘oni chiroyli, lekin mayda

C) Mayda, chiroyli, ko‘zga tashlanadigan gullar

D) Gulqo‘rg‘oni chiroyli, yaqqol ko‘zga tashlanadigan gullar
63. Jinsiy ko‘payish qanday gametalar qo‘shilishi asosida amalga oshadi?

A) Spora va gametalar qo‘shilishidan

B) Erkak va urg‘ochi gametalar qo‘shilishidan

C) Zoospora va gametalar qo‘shilishidan

D) Spora va zoosporalar qo‘shilishidan
64. Izogamiyada qanday hujayralar qo‘shilib zigota hosil qiladi?

A) Kattaligi va shakli bir xildagi erkak va urg‘ochi gametalar

B) Kattaligi har xildagi erkak va urg‘ochi gametalar

C) Bittasi katta va bittasi kichik jinsiy gametalar

D) Shakli har xildagi erkak va urg‘ochi gametalar
65. Qanday ko‘payish turida o‘simlikdan ajralgan spora qulay sharoitga tushganda bemalol o‘sib yangi o‘simlik hosil qila oladi?

A) Jinsiy ko‘payish B) Jinsiy va jinssiz ko‘payish

C) Jinssiz ko‘payish D) Vegetativ ko‘payish
66. Vegetativ ko‘payish xillarini to‘g‘ri belgilang.

A) Payvandlash, izogamiya, parxish

B) Geterogamiya, izogamiya, oogamiya

C) Payvandlash, parxish, ildizpoya, tuganak

D) Payvandlash, izogamiya, ildizpoya
67. Bargi hayotining oxirigacha saqlanadigan o‘simlik qaysi?

A) Gnetum B) Efedra

C) Velvichiya D) Sarv
68. Bir pallalilar uchun xos bo‘lgan xususiyatlar qaysilar?

A) Urug‘palla bitta, popuk ildiz, barg tomirlanishi parallel, kambiyning yo‘qligi

B) Urug‘palla bitta, o‘q ildiz, barg tomirlanishi to‘rsimon, kambiyning mavjudligi

C) Urug‘palla bitta, popuk ildiz, barg tomirlanishi parallel, kambiyning mavjudligi

D) Urug‘palla ikkita, o‘q ildiz, barg tomirlanishi parallel, kambiyning mavjudligi
69. Ikki pallalilar uchun xos bo‘lgan xususiyatlar qaysilar?

A) Urug‘palla bitta, o‘q ildiz, barg tomirlanishi to‘rsimon, kambiyning yo‘qligi

B) Urug‘palla ikkita, o‘q ildiz, barg tomirlanishi to‘rsimon, kambiyning mavjudligi

C) Urug‘palla ikkita, popuk ildiz, barg tomirlanishi parallel, kambiyning mavjudligi

D) Urug‘palla ikkita, o‘q ildiz, barg tomirlanishi parallel, kambiyning mavjudligi
70. Buta yoki cho‘l muhitining kichik daraxti qaysi o‘simlik?

A) Saksovul B) Sho‘ra

C) Olabuta D) Ismaloq
71. Toj barglarining ustkisi bayroqcha, ikki yon tomondagisi yelkan va ikki pastkisi qayiqchani eslatadigan o‘simlik turlari qaysi kenja oila vakili hisoblanadi?

A) Ra’noguldoshlar B) Pistadoshlar

C) Dukkakdoshlar D) Rutagullilar
72. Dukkakdoshlar urug‘i tarkibida qaysi modda ko‘p?

A) Yog‘ B) Oqsil

C) Uglevod D) Kraxmal
73. Yer sharining ma’lum joylarida saqlanib qolgan turlar nima deb ataladi?

A) Relikr B) Endem

C) Kosmopolit D) Edifikator
74. Qisqakun o‘simliklari keltirilgan javobni toping.

A) G‘o‘za, tariq, arpa, karam, no‘xat

B) Karam, bodring, yeryong‘oq, mosh, turp

C) G‘o‘za, makkajo‘xori, tariq, bodring, qovun

D) Loviya, sholi, kartoshka, suli, arpa
75. Qurg‘oqchilikka chidamli o‘simliklar nima deb ataladi?

A) Gigrofit B) Kserofit

C) Gidrofit D) Saprofit
76. Gul o‘simlikning qaysi organining shakl o‘zgarishidan hosil bo‘lgan?

A) Kurtak B) Ildiz

C) Novda D)Epidermis
77. Ellipssimon barg?

A) Gilos B) O‘rik

C) Nok D) Terak

78. Po‘stda joylashgan tiniq cho‘ziq va mayda bo‘rtmachalar, o‘simliklar ana shu … lar orqali nafas oladi.

A) Lub tola B) Kselima

C) Yasliqcha D) O‘lik hujayra


79. Yantoqqa xos bo‘lgan belgilarni aniqlang?

1. Poyasi va tikanlaridan maxsus shakar ajraladi. 2. Boyi 60-120sm; 3. Ko‘p yillik o‘t; 4. Ildiz bachkisi orqali ko‘payadi. 5. Gullari guldor kapalakni eslatadi.

A) 1,2,3 B) 1,3,5

C) 3,4,5 D) Barcha javoblar to‘g‘ri


80. . ...o‘’simligining guli shoxida emas, bevosita tanasida o‘rnashgan.

A) Kakao daraxti B) Qirqbo‘g‘im

C) Limon D) Kampirchopon
81. Archani O‘rta Osiyoda nechta turi o‘sadi?

A) 2 B) 3 C) 4 D) 7


82.G‘o‘za Ildizli bir-kecha kunduzda qancha o‘sadi.

A) 4-5sm B) 10-15sm

C) 2-3sm D) 1-1.5sm
83. 5 yoshli archa o‘simligining boyi:

A) 5-6m B) 10-15sm

C) 3-4m D) 20-30sm
84.Teofrast qancha tur o‘simlikning tuzilishini o‘rgandi?

A) 150 B) 250 C) 400 D) 500


85.O‘simliklarni sistemalashda birinchilardan o‘z hissasini qo‘shgan olimni aniqlang?

A) Andrea Sezalpin. B) Aristotel.

C) P. A. Jusse. D) J. B. Lamark.
86. Tabiiy sistemani boshlab bergan olimni aniqlang?

A) Andrea Tsezalpin. B) Aristotel.

C) P. A. Jusse. D) J. B. Lamark.
87. Fanga binar nomenklaturani kiritgan olim kim?

A) J. B. Lamark. B) Ch. Darvin.

C) Andrea Sezalpin. D) K. Linney.
88. O‘simliklarning nafas olishi, oziqlanish jarayonlarini botanikaning qaysi bo‘limi o‘rgatadi?

A) Morfologiya B) Fiziologiya.

C) Sistematika. D) Anatomiya.
89. O‘simliklarning kelib chiqishi bilan bog‘liq bo‘lgan sistematikani aniqlang?

A) Tabiiy. B) Sun’iy.

C) Filogenetik. D) Genetik.
90. 1834 yilda P. F. Goryaninko nimani aniqladi?

A) O‘simlik va hayvonlarning o‘xshash jihatlarini.

B) O‘simliklar hayvonlardan farq qilishini.

C) Tuban o‘simliklarni.

D) Bakteriyalarni.
91. O‘simliklar ildiziga yopishib yashovchi zamburug‘lar organik moddalarni anorganik moddalarga aylantarishi... hodisasi deyiladi.

A) Simbioz. B) Mimoza.

C) Moddalar almashinuvi. D) Mikoriza
92. Qaysi olim tuzgan sistematika sun’iy sistematika hisoblanadi?

A) Ch.Darvin B) Tsezalpin

C) Jusse D) Lamark
93. A.N.Bekitov qaysi sohaga katta hissa qo‘shdi?

A) Fitogeografiya B) Embriologiya

C) Anatomiya D) Fitologiya
94. O‘simliklarning nafas olish jarayonini chuqur o‘rgangan olimni aniqlang?

A) D.I. Ivanovskiy

B) A.S.Falintsin

C) D.N.Pryanishnikov

D. I.P. Borodin
95. Farg‘ona vodiysi o‘simliklari qoplami asarini kim yozgan?

A) M. M. Orifxonova

B) K. Zakirov

C) I. Granitov

D) V. Vedenskiy
96. Botqoqlik va suvda o‘sishga moslashgan o‘simliklar ildizida maxsus havo tutuvchi parenximalar nima deb ataladi?

A) Aerenxima B) Biorenxima

C) Xlorenxima D) Kseroxima
97. O‘simliklarda gaz almashinuvi va transpiratsiya jarayonlari qaysi to‘qima orqali amalga oshadi?

A)Kollenxima B)Ajratuvchi

C) O‘tkazuvchi D) Epiderma
98. Ikkilamchi meristema propka kambiysi yoki ... deb ataladi.

A) Pleroma B) Periblema

C) Fellogen D) Kambiylanish
99. Dixotomik shoxlanishga berilgan to‘g‘ri ta’rifni belgilang.

A) o‘q poyadagi uchki kurtak ma’lum vaqtdan keyin tzhtaydi va shoxning o‘sish konusidan pastrog‘idagi kurtakdan yangi shox o‘sadi

B) poya uchidan o‘sadigan asosiy poya yo‘g‘onlashib ketadi va yon novdalarga nisbatan tez o‘sadi

C) Poyaning uchidan ikki ayri novda chiqib, o‘z navbatida undan yana ikkita novda chiqadi

D) uchki kurtak ostida bir-biriga qarama-qarshi joylashgan yon kurtak hosil bo‘lib, ular birdaniga o‘sa boshlaydi va uchki o‘sishdan to‘xtaydi.
100. Simpodial shoxlanishga berilgan to‘g‘ri ta’rifni belgilang.

A) o‘q poyadagi uchki kurtak ma’lum vaqtdan keyin tzhtaydi va shoxning o‘sish konusidan pastrog‘idagi kurtakdan yangi shox o‘sadi

B) poya uchidan o‘sadigan asosiy poya yo‘g‘onlashib ketadi va yon novdalarga nisbatan tez o‘sadi

C) Poyaning uchidan ikki ayri novda chiqib, o‘z navbatida undan yana ikkita novda chiqadi

D) uchki kurtak ostida bir-biriga qarama-qarshi joylashgan yon kurtak hosil bo‘lib, ular birdaniga o‘sa boshlaydi va uchki o‘sishdan to‘xtaydi.
101. Monopodial shoxlanishga berilgan to‘g‘ri ta’rifni belgilang.

A) o‘q poyadagi uchki kurtak ma’lum vaqtdan keyin tzhtaydi va shoxning o‘sish konusidan pastrog‘idagi kurtakdan yangi shox o‘sadi

B) poya uchidan o‘sadigan asosiy poya yo‘g‘onlashib ketadi va yon novdalarga nisbatan tez o‘sadi

C) Poyaning uchidan ikki ayri novda chiqib, o‘z navbatida undan yana ikkita novda chiqadi

D) uchki kurtak ostida bir-biriga qarama-qarshi joylashgan yon kurtak hosil bo‘lib, ular birdaniga o‘sa boshlaydi va uchki o‘sishdan to‘xtaydi.
102. Soxta dixotomik shoxlanishga berilgan to‘g‘ri ta’rifni belgilang.

A) o‘q poyadagi uchki kurtak ma’lum vaqtdan keyin tzhtaydi va shoxning o‘sish konusidan pastrog‘idagi kurtakdan yangi shox o‘sadi

B) poya uchidan o‘sadigan asosiy poya yo‘g‘onlashib ketadi va yon novdalarga nisbatan tez o‘sadi

C) Poyaning uchidan ikki ayri novda chiqib, o‘z navbatida undan yana ikkita novda chiqadi



D) uchki kurtak ostida bir-biriga qarama-qarshi joylashgan yon kurtak hosil bo‘lib, ular birdaniga o‘sa boshlaydi va uchki o‘sishdan to‘xtaydi

Download 32.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling