1. Bozor munosabatlari tizimida kichik biznes va tadbirkorlikning o‘ziga xos xususiyatlari


Kichik biznes va tadbirkorlik faoIiyatining tashkiliy-huquqiy asoslari


Download 29.5 Kb.
bet2/4
Sana04.02.2023
Hajmi29.5 Kb.
#1166374
1   2   3   4
Bog'liq
A.G\'.Turniyazov (2)

Kichik biznes va tadbirkorlik faoIiyatining tashkiliy-huquqiy asoslari.
Ijtimoiy ishlab chiqarishni barpo etishda agrar tarmoqning ahamiyati katta bo‘lib, mahsulot ishlab chiqarish turli subyektlar yordamida amalga oshiriladi. Subyektlami tash k il etish aholining talab va taklifiga asosan, har xil tadbirkorlik shakHarida amalga oshiriladi. Tarbirkorlik faoliyatini yuritishning muhim 4 asosi 14 bo'lib, 1. Tadbirkorning ijtimoiy ishlab chiqarish asosi - insoniyatning mavjud bo‘lishi uchun eng oddiy va eng asosiy hayotiy ne’matlar yaratib berishdir. 2. Tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy asoslari - korxonani (ashkil etish, korxonaning tashkiliy tuzilmasi, boiirn, bo‘g‘in, gumhlaming tizimli bog‘lanishi, faoliyatni bir ishlab chiqarish obyekti sifatida tuzilishidir. 3. Tadbirkorlik faoliyatining huquqiy asoslari - tadbirkor o‘z faoliyatini yuritish, korxonalar ochish, mahsulotni yetishtirib iste’molchiga yetkazib berish jarayonida qoMlaniladigan va qonunchilik idoralari tomonidan ishlab chiqilgan qonuniy hujjatlardan foydalanish tushuniladi. 4. Tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy asoslariga - tadbirkor tomonidan yaratiladigan moddiy boyliklami ishlab chiqarish uchun sarf qilinadigan moddiy, moliyaviy, mehnat va ijtimoiy resurslardan samarali foydalanish tushuniladi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy - huquqiy shakllari respublika mustaqilligining dastlabki yillaridayoq to'g'ri yo'lga qo'yilgan. O'zbekiston Respublikasi «Tadbirkorlik to'g'risida»gi qonunga (1992-y.) ko'ra kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlikning tashkiliy shakllari quyidagilardan iborat: - yakka tartibdagi mehnat faoliyati; - ayrim fuqaro tomonidan yo'llanma mehnatni jalb etish asosida amalga oshiriladigan jamoa tadbirkorligi; - bir guruh fuqarolar tomonidan amalga oshiriladigan jamoa tadbirkorligi; - yuridik shaxslar va fuqarolar o'z mulklari va mulkiy huquqlarini birlashtirish asosida amalga oshiriladigan hamkorlikdagi tadbirkorlik. 17 Tadbirkorlik faoliyatini tadbirkorlik subyektlari tomonidan (korxona) tuziladi. 0 ‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish, ulaming faoliyat ko‘rsatishi, qayta tashkil etish va tugatishning huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslari 0 ‘zbkiston Respublikasi « 0 ‘zbekiston Respublikasidagi Korxonalar to‘g‘risida»gi qonuni (1994-y) bilan tartibga solindi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy tizimida yakka mehnat faoliyati, xususiy tadbirkorlik faoliyatining eng oddiy shaklidir. Yakka mehnat faoliyati tarixda hunarmandchilik va oilaviy mehnat bilan shug‘ullangan. Yakka mehnat qiluvchining faoliyati qonun hujjatlarida soddalashtirilgan tartibda belgilangan. Yuridik shaxs maqomini olmay faoliyat yuritish qonun hujjatlarida ruxsat etilmagan. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar faoliyati 0 ‘zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslardan ro‘yxatdan o‘tkazish to‘lovini olish va ro‘yxatdan o ‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi qonunga (2011-y.) muvofiq amalga oshiriladi. Tadbirkor mahsulotlami tayyorlash va sotish bilan shug‘ullanish mobaynida yoilanm a mehnatdan foydalansa, u yuridik shaxs hisoblanib uni 0 ‘zbekiston Respublikasining «Korxonalar to ‘g‘risida»gi, (1994-y) «Tadbirkorlik to‘g‘risida»gi, (1992-y) «Mulkchilik to‘g ‘risida»gi (1990-y) qonunlari va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Qishloq xo‘jaligida xususiy tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllari 0 ‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida», ((Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida», ((Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida»gi qonunlarida o‘z ifodasini topgan. Ishlab chiqarish kooperativlari kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy huquqiy shakli bo‘lib, yirik tovar xo‘jaligi ekanligi bilan ajralib turadi. Xo‘jalik shirkati umumiy nom ostida birgalikda tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun bir nechta shaxsning birlashuvidir.

Download 29.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling