6. Tovarni bozorda pozitsiyalashtirish
Tovarni bozorni pozitsiyalashtirish – bu alohida bozor segmentlarida mahsulot
konsepsiyasini aniqlash texnologiyasidir.
Pozitsiyalashtirishning maqsadi – mavjud va shakllanayotgan fikrlarni
tadqiq qilish,
xaridorlar yoki ularning guruhini mahsulot parametrlariga bo’lgan munosabatini baholash
tahlilidan, maqsadli bozorni ushbu segmentida mahsulotni raqobatli ustunligini ta‘minlashda
shunday tovar pozitsiyasini marketing chora-tadbirlarini o’tkazish yo’li bilan tuzishdan iborat.
Mahsulotni samarali pozitsiyalashtirish uchun talab va taklifni muhim tavsifnomalarini, xarid
to’g’risida qaror qabul qilishda mo’ljal bo’lib hisoblanuvchi omillar ta‘sirini o’rnatish va o’rganish
zarur.
Aniqlovchi omillar esa,
mahsulot sifati,
sifat darajasi,
ishonchliligi, energohajmi,
dizayni va
tovarni raqobatbardoshligini boshqa ko’rsatkichlari bo’lishi mumkin.
Tovarni bozorda pozitsiyalashtirishni to’g’ri tashkil etilishi
marketing rejasi va
kompleksini samarali ishlab chiqarish shart-sharoiti bo’lib hisoblanadi. Pozitsiyalashtirish
differensiatsiya strategiyasini amalga oshirish vositasi bo’lib hisoblanadi. D.Traut va E.Raislar
tomonidan 1979 yilda pozitsiyalashtirish konsepsiyasi taklif etilgan.
Aniq pozitsiyalashtirish
uchun firma pozitsiyalashtirish belgisini o’rnatish kerak.
Pozitsiyalashtirish belgisi – xarid motivatsiyasi manbasi yoki asosiy tovarning iste‘molchi
nuqtai nazaridan foydaliligidir. Raqobatchiga nisbatan tovar pozitsiyalashtirish belgisi
ikkita
usuldan biri bo’lishi mumkin: