1-bt21 guruh talabasi Tolmasova Robiya Telman qizining 2022-2023 o'quv yili davomida
Download 9.75 Kb.
|
robiya
BUXORO DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakulteti boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 1-BT21 guruh talabasi Tolmasova Robiya Telman qizining 2022-2023 o'quv yili 4+2 amaliyoti bo'yicha yozgan hisoboti 1-BT21 guruh talabasi Tolmasova Robiya Telman qizining 2022-2023 o'quv yili davomida 4+2 amaliyoti bo'yicha yozgan hisoboti Men 2022-2023 o'quv yili davomida 12-IDUM da amaliyot o'tadim. Amaliyot davrida tahlil va kundalik daftarlarimni yuritdim. 2-"a" sinfga biriktirildim. Sinfda 34 nafar o'quvchi tahsil oladi. O'quvchilarining salohiyati juda yaxshi. Amaliyot davomida darslarni muntazam kuzatdim. Ustozlardan yangi metodlar va interfaol o'yinlarni o'rgandim. Sinf rahbari G.Õrinova tashkil qilgan darslari tahlilini yozdim. 2023-yil 19-aprel kuni amaliyotchi kursdoshim Zubaydullayeva Maftuna matematika fanidan ochiq dars tashkil qildi. Mavzu: "Takrorlash". Darsni tahlil qilish davomida o'zim uchun foydali ma'lumotlarni o'rgandim. Dars o'z maqsadiga erishdi, deb o'ylayman. Xususan, amaliyot davrida.... tahlil va kundalik yozdim. O'qituvchining matematika va ona tili va o'qish savodxonligi darslarni o'quvchilarga qay holda yetkazib berishi, tushuntirish davomida qo'llagan yo'l-yo'riqlari menga yoqdi. Bundan tashqari darslarni kuzatish uchun 2-3-sinflarga ham kirdim. '' Bulut va tomchi","Oltin sandiq","Olovli koptok" metodlarini o'rgandim.2-sinflarda nazorat ishlarini tahkil etish va o'tkazish tartibini tahlil qilib o'rgandim. O'qituvchilar mas'uliyat bilan darslarni juda aniq va tushunarli qilib yetkazib berishdi. Men ham 2-"a" sinfda matematika, ona tili va o'qish savodxonligi, tasviriy san'at fanlaridan darslar tashkil qildim. Dars davomida darsning barcha bosqichlariga rioya qilishga harakat qildim. Bolalarga darsni tushuntirish uchun qiziqarli rasmlar va ko'rgazmalardan foydalandim. Mavzuni mustahkamlash uchun o'quvchilar bilan savol-javob o'tkazdik. O'zlashtirishi qiyin bo'lgan o'quvchilar bilan individual shaklda ishlashga harakat qildim. Bolalar bilan dam olish daqiqalarini o'tkazdim. Dars davomida AKTdan foydalandim. Darslarimni o'qituvchi G.Õrinova amaliyotchi talabalar Jalolova.S , Sobirova M. amaliyot rahbarimiz N.Adizova kuzatib tahlil qildilar. Darsda erishgan yutuqlarim va yo'l qo'ygan kamchiliklarim yuzasidan ustozlarim va amaliyotchi kursdoshlarim fikrini tingladim. Amaliyot davrida boshlang'ich sinflar ish rejasini o'rgandim. O'quvchilar bilan sinfdan tashqari dars mashg'ulotlarini qay tarzda tashkil etishni, o'quvchilarni vaqtga qarab o'qitish tartibini, bo'sh o'zlashtiruvchilar bilan qanday ishlar olib borilishini o'rgandim.2-sinflarda matematikadan nazorat ishlari, yozma ishlar qanday olinishini òrgandim. Õquvchilar bilan sinfdan tashqari mashg'ulotlar o'tkazdik. Matematik boshqotirmalar, mantiqiy o'yinlar o'ynadik. Amaliyot rahbari: N.B. Adizova Kotiba: J.J. Shavkatova Download 9.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling