1. Budjet ssudalari nima maqsadda beriladi?
Budjet ssudalari bo‘yicha operatsiyalarini buxgalteriya yozuvlarida aks ettirish tartibini ko‘rsatib bering?
Download 27.32 Kb.
|
8-mavzu. Byudjetlararo munosabatlar hamda qarzlar hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarga berilgan va ulardan olingan byudjet ssudalari hisobi bo’yicha quyidagicha amalga oshiriladi
4. Budjet ssudalari bo‘yicha operatsiyalarini buxgalteriya yozuvlarida aks ettirish tartibini ko‘rsatib bering?
O’zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan olingan ssudalar hisobi bo’yicha quyidagicha amalga oshiriladi: 051- “Respublika byudjetidan olingan byudjet ssudalari” subschyoti O’zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar tomonidan olingan byudjet ssudalari hisobiga olish uchun tayinlangan. Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjet va mahalliy byudjetlar tomonidan O’zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan olingan byudjet ssudalari so’mmasiga Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligida va mahalliy moliya organlarida quyidagi buxgalteriya provodkalari tuziladi: Debet 011 – “Mahalliy byudjet mablag’lari depozit hisob varag’i” subschyoti, Kredit 051 – “ Respublika byudjetidan olingan byudjet ssudalari” subschyoti. O’zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar tomonidan olingan byudjet ssudalari so’mmasi O’zbekiston Respublikasining respublika byudjetiga qaytarib berilganda bu qaytarib berilgan so’mmaga Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligida v amahalliy organlarida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi: Debet 051 - “ Respublika byudjetidan olingan byudjet ssudalari” subschyoti, Kredit 011 – “Mahalliy byudjet mablag’lari depozit hisob varag’i” subschyoti. Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarga berilgan va ulardan olingan byudjet ssudalari hisobi bo’yicha quyidagicha amalga oshiriladi: 052 – “Mahalliy byudjetlarga berilgan va ulardan olingan byudjet ssudalari “ subschyoti Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar doirasida o’rnatilgan tartibda yuqori mahalliy byudjetdan quyi mahalliy byudjetlarga berilgan byudjet ssudalari hamda quyi mahalliy byudjetlar tomonidan olingan byudjet ssudalari bilan bog’liq bo’lgan xo’jalik operatsiyalarining hisobini olib boorish uchun tayinlangan. Yuqorimahalliy byudjet tomonidan o’zining quyi mahalliy byudjatlariga byudjet ssudalari berilganda, bu xo’jalik operatsiyasiga yuqori mahalliy byudjet ijrosini amalga oshirayotgan moliya organida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi: Debet 052 – “Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlarga berilgan va ulardan olingan byudjet ssudalari” subschyoti; Kredit 011 – “Mahalliy byudjet mablag’lari depozit hisobvarag’i” subschyoti. Yuqori mahalliy byudjetdan byudjet ssudalarini olgan quyi mahalliy byudjetlar ijrosini amalga oshirayotgan moliya organlarida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi. Debet 011 – “Mahalliy byudjet mablag’lari depozit hisobvarag’i” subschyoti; Kredit 052 – “Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlarga berilgan va ulardan olingan byudjet ssudalari” subschyoti. Quyi mahalliy byudjetlar tomonidan yuqori mahalliy byudjetga undan olgan byudjet ssudalari so’mmasi qaytarib berilganda, bu xo’jalik operatsiyasiga: a) Quyi mahalliy byudjetlar ijrosini amalga oshirayotgan moliya organlarida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi: Debet 052 – “Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlarga berilgan va ulardan olingan byudjet ssudalari” subschyoti; Kredit 011 – “Mahalliy byudjet mablag’lari depozit hisobvarag’i” subschyoti. b) Yuqori mahalliy byudjet ijrosini amalga oshirayotgan moliya organida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi: Debet 011 – “Mahalliy byudjet mablag’lari depozit hisobvarag’i” subschyoti; Kredit 052 – “Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlarga berilgan va ulardan olingan byudjet ssudalari” subschyoti. Download 27.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling