1 Buxgalteriya hisobining paydo bo‘lishi va rivojlanishi


Biznes jarayonlarining ahamiyati


Download 106.86 Kb.
bet10/35
Sana08.06.2023
Hajmi106.86 Kb.
#1465525
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35
Bog'liq
buxgal shpargalka 2022

20. Biznes jarayonlarining ahamiyati. Turli mulkchilik shakllarida faoliyat yurituvchi korxonalarning vazifasi, o‘z faoliyati jarayonida mahsulot ishlab chiqarishdan iborat. Bu vazifani bajarish uchun birinchi navbatda ta’minot jarayonini bosib o‘tishi, ishlab chiqarish va undan keyin esa uni sotish jarayoniga kelishi kerak. Bu uchta bosqich har doim bir -birlarining o‘rnini egallaydi va shu bilan korxonada mablag‘larning uzluksiz aylanishini hosil qiladi.Biznes korxonalarining shakllari.1 Biznes tashkilotlarining uchta turi mavjud. Yakka tadbirkor, hamkor korxona va kompaniya. Korxona xususiy yoki mas`uliyati cheklangan jamiyat ko‘rinishida bo‘ladi Yakka tadbirkor. Yakka tadbirkor biznesi yagona jismoniy shaxs tomonidan yuritiladi. Biznesning bu turi oson tugatiladigan, bitta jismoniy shaxs tomonidan boshqariladiganligi bois va hukumat ko‘p qonun-qoidalari halaqit qilmaydi. Kapital kichik miqdorda bo‘lishi kerak va moliyaviy manbalar cheklangan. Biznes foyda keltira boshlaganda, boshliq foydani boshqalar bilan bo‘lishmaydi. Solig‘i maqsadlarida, faqat qat’iy belgilangan soliq to‘laydi va firma foyda solig‘i to‘lamaydi. Boshliq barcha amalga oshiriladian faoliyatdan xabardor bo‘ladi va buxgalteriya maqsadlarida ko‘p ma`lumotlar talab qilinmaydi. Buxgalteriya ma’lumotlarini Inland Daromad boshqarmasi tomonidan soliq solish talablari amalga oshirilishini buxgalter tayyorlaydi. Boshliq bankdan kredit olmoqchi bo‘lsa, korxona moliyaviy hisoboti taqdim etiladi. Boshqa daromadni ko‘paytirishga qiziqadigan tashlikotlar moliyaviy hisobotlarni moliyaviy ahvolni yaxshilash va biznesni amalga oshirishni yaxshilaydi. Mablag‘lar aylanishidagi asosiy bosqich moddiy boyliklarni yaratish jarayoni sodir bo‘ladigan ishlab chiqarish bosqichidir. Bu yerda ishlab chiqarilgan buyumlar nafaqat tashqi ko‘rinishi va xususiyati bilan, balki qiymatining hajmi bilan farq qiladigan yangi mahsulot tayyorlanadi.
21. Qiymat o‘lchovining mohiyati va ahamiyati Baholash yordamida xo‘jalik mablag‘lariga sarflangan va xo‘jalik jarayonlarida iste’mol qilingan, buyumlashgan va jonli mehnat xarajatlarini haqqoniy aks ettirish ta’minlanadi. Shuning uchun buxgalteriya hisobida xo‘jalik mablag‘larini baholashning negizini ularning haqiqiy tannarxini hisoblash tashkil etadi. Tannarx shakllanishi va ishlab chiqarishning alohida uchastkalaridagi boshqa qiymat o‘lchovlarining shakllanishi to‘g‘risida to‘laroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun baholashning boshqa usullari ham qo‘llaniladi Baholash – xo‘jalik mablag‘lari, majburiyatlar va xo‘jalik jarayonlarini pul o‘lchov birligida aks ettirish usulidir. Tovar-moddiy zaxiralarni baholash usullari 1) Tegishli birligining identifikatsiyalangan tannarxi bo‘yicha 2)V O‘rtacha tannarxi bo‘yicha (AVECO) 3) Birinchi kirimga olingan materiallar tannarxi bo‘yicha (FIFO) AVECO usuli bo‘yicha tovar-moddiy zaxiralar har birligining qiymati shunga o‘xshash zaxiraning davr boshida o‘rtacha o‘lchangan qiymatidan va davr davomida sotib olingan yoki ishlab chiqarilgan o‘xshash zaxira birligining qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. FIFO usuli – bu birinchi kirim qilingan baho bo‘yicha chiqim qilish. FIFO usuli bo‘yicha hisobdan chiqarilayotgan tovar-moddiy zaxiralar tannarhiga birinchi navbatda sotib olingan yoki ishlab chiqarilgan zaxiralar qiymati olib boriladi. Tovar-moddiy zaxiralarning davr oxiridgi qiymati so‘nggi sotib olingan yoki ishlab chiqarilgan zaxiralarning umumiy qiymatidan iborat.

Download 106.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling