1 Buxgalteriya hisobining paydo bo‘lishi va rivojlanishi


Buxgalteriya balansi turlari


Download 106.86 Kb.
bet8/35
Sana08.06.2023
Hajmi106.86 Kb.
#1465525
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35
Bog'liq
buxgal shpargalka 2022

13. Buxgalteriya balansi turlari Buxgalteriya balansining har xil turlari mavjud bo‘lib, ular quyidagi belgilari bo‘yicha tavsiflanadi: tuzilish vaqtiga ko‘ra;axborot hajmiga ko‘ra; mulkchilik shakliga ko‘ra; aks ettirish obyektiga ko‘ra; tozalash usuliga ko‘ra. Tuzilish vaqtiga ko‘ra buxgalteriya balanslari kirish, joriy, tugatish, bo‘linish va birlashtirish balanslariga bo‘linadi. Buxgalteriya balansi turlari 1) Tuzilgan sanasiga ko‘ra (1. Kirish (ta’sis) balansi2. Boshlang‘ich balans3. Hisobot balansi4. Tugatish balansi5. Birlashtirish va ajratish balansi) 2) Ma’lumotlarni jamlashiga ko‘ra(1. Yig‘ma balans 2. Alohida balans 3. Konsolidatsiyalashgan balans) 3) Subyektlar mulkchilik shakliga ko‘ra(1. Davlat byudjet muassasalar Balansi 2. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar balansi) 4) Ma’lumotlarni jamlash sikllariga ko‘ra(1.Sinov balansi 2.Tuzatilgan sinov balansi 3.Yakuniy balans) 5) Tozalash usuliga ko‘ra(1.Balans–brutto 2.Balans–netto)
14. Buxgalteriya balansi – korxonalarning moliyaviy ahvolini o‘rganish uchun axborot manbai ekanligi Buxgalteriya balansi axborotlarga boy manba bo‘lib, ularga asoslanib xo‘jalik yurituvchi subyekt moliya-xo‘jalik faoliyati hamda uning natijalari baholanadi. Aynan mana shunday muhim ahamiyatga ega bo‘lganligi bois buxgalteriya balansi buxgalteriya hisoboti shakllari ichida birinchi o‘rinda turadi. Undagi axborotlarning mazmunini bilish uchun nafaqat buxgalteriya balansi tuzilishi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish, balki ayrim ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi mantiqiy va o‘ziga xos bog‘liqliklarni ham bilish zarur. Buxgalteriya balansining mazmunini bilishda uni o‘qish ketma-ketligi ham muhim ahamiyatga ega, shuningdek, faqat buxgalteriya balansiga xos bo‘lgan ayrim cheklashlarni albatta bilish zarur. Buxgalteriya balansining aktivi va passivining tuzilishi hamda mazmuni undagi axborotdan foydalanuvchilar, eng avvalo tashqi foydalanuvchilarga qaratilgan. Debitor va kreditor qarzlarning holatini ochib beruvchi, korxonaning joriy xarajatlari yoki foydasi hisobidan tashkil etilgan xususiy kapital va ayrim turdagi rezervlar shakllanishini ochib beruvchi moddalar batafsillik darajasining yuqoriligi shundan kelib chiqadi. Balansga xos ichki o‘zaro bog‘liqliklar axborotdan foydalanuvchilar ehtiyojining qondirilish darajasiga bog‘liq bo‘lmaydi va quyidagilardan iborat: 1. Aktivdagi barcha bo‘limlar summalari yig‘indisi passivdagi barcha bo‘limlar summalari yig‘indisiga teng bo‘lib, bu balansning mohiyati bilan izohlanadi. 2. Xususiy kapitalning hajmi (passivdagi birinchi bo‘lim) uzoq muddatli aktivlar (aktivdagi birinchi bo‘lim) hajmidan ko‘p bo‘ladi 15. Buxgalteriya hisobi schyotlari, ularning tuzilishi va turkumlanishi Buxgalteriya hisobi schyotlari– mol-mulkni uning tarkibi, joylashtirilishi va shakllantirish manbalari hamda operatsiyalar bo‘yicha joriy aks ettirish, guruhlash hamda nazorat qilish usulidir. Schyotlarning har birida hisobga olinayotgan xo‘jalik mablag‘lari yoki ularning manbalarining boshlang‘ich holati hisobga olinadi, keyingi bo‘ladigan joriy o‘zgarishlar o‘z vaqtida aks ettirib boriladi. Natijada schyotlardan ayrim turdagi aktivlar yoki passivlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni istalgan paytda olish mumkin bo‘ladi. Doimiy schyotlar - bu hisobot davri oxiriga saldoga ega bo‘lib, buxgalteriya balansida aks ettiriladigan aktivlar, majburiyatlar, sarmoyalar schyotlaridir. Aktiv schyot (A) - bu aktivlarni aks ettirishga mo‘ljallangan schyot bo‘lib, unda iqtisodiy resurslarning qoldig‘i va ko‘payishi schyotning debetida, kamayish esa kredit bo‘yicha aks ettiriladi.Passiv schyot (P) - bu majburiyat va sarmoyani aks ettirishga mo‘ljallangan schyot bo‘lib, unda majburiyat va sarmoyaning qoldig‘i va ko‘payish schyotining krediti bo‘yicha, kamayish esa debet bo‘yicha aks ettiriladi.Kontr-aktiv schyot (KA) - bu u bilan bog‘lik bo‘lgan aktiv schyotning saldosidan chegiriladigan moliyaviy hisobotda aktivning sof qiymatini aks ettiruvchi schyotdir. Kontr-passiv schyot (KP) - bu u bilan bog‘lik bo‘lgan passiv schyotning saldosidan chegiraladigan moliyaviy hisobotda majburiyat yoki sarmoyaning sof qiymatini aks ettiruvchi schyotdir. Tranzit schyotlar (T) - bu hisobot davrida foydalaniladigan, lekin yopiladigan Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladigan hisobot davri oxiriga qoldiqqa ega bo‘lmaydigan daromadlar va xarajatlarning vaqtinchalik schyotlaridir. Balans schyotlari deb, balansda qatnashadigan schyotlarga aytilib, ular bo‘yicha ikki yoqlama yozuv amalga oshiriladi. 16. Ikkiyoqlama yozuv. Ikkiyoqlama yozuvning nazorat qilish xususiyatlari Ikkiyoqlama yozuv shunday yozuvki, uning natijasida har bir xo‘jalik operatsiyasining summasi schyotlarda ikki marotaba: bir schyot debetida va ayni vaqtda o‘zaro bog‘liq bo‘lgan boshqa schyotning kreditida qayd qilinadi. Chunki xo‘jalik operatsiyalari yuzaga keltiradigan o‘zgarishlar ikkiyoqlama xususiyatga ega va hisobning ikki alohida schyotiga ta’sir etadi. 1494 yilda italiyalik matematik Luka Pacholi ikki yoqlama yozuv usulini asoslab bergan. Uning «Schyotlar va yozuvlar to‘g‘risidagi traktat»ida (lot. tractatus – muhokama) yozuvlarni bir vaqtning o‘zida «bermoq» va «ega bo‘lmoq» schyotlarda aks ettirish va «bermoq» va «ega bo‘lmoq» schyotlarning summalarining yig‘indisi o‘zaro teng kelishi kerak deb aytgan. Ikkiyoklama yozuv vositasida schyotlar o‘rtasidagi paydo bo‘lgan o‘zaro aloqa schyotlar korrespondentsiyasi deyiladi. Bu korrespondentsiyada qatnashuvchi schyotlar korrespondentsiyalanuvchi schyotlar deb ataladi.Schyotlar korrespondentsiyasini aks ettiruvchi qisqacha yozuv buxgalteriya provodka(o‘tkazma)si deyiladi. Buxgalteriya provodkalari oddiy va murakkab bo‘ladi. 17. Sintetik va analitik (tahliliy) hisob Har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z mablag‘larini to‘liqligini, undan samarali foydalanishni nazorat qilib borish maqsadida sintetik va analitik hisob schyotlaridan foydalanadi. Sintetik schyotlar deb, xo‘jalik mablag‘lari harakatini va ular tashkil topish manbalari holati haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirib, pul o‘lchov biriligida aks ettiriladigan schyotlar tizimiga aytiladi. Sintetik schyotlar orqali yuritiladigan hisob esa, sintetik hisob deb ataladi.Analitik (tahliliy) hisob schyotlari esa xo‘jalik mablag‘lari va ularning manbalari haqidagi ma’lumotlarni alohida turlari bo‘yicha, aniq ko‘rsatkichlar orqali ifodalaydi. Ya’ni, sintetik schyotlardagi yozuvlarni turlari bo‘yicha tarkibiy qismlarga bo‘lib o‘rganuvchi schyotlar analitik schyotlar deb aytiladi. Analitik hisob schyotlari miqdori u qo‘llanayotgan korxona, tashkilot va muassasaning iqtisodiyotning qaysi tarmog‘ida ekanligi, ularning faoliyati katta yoki kichikligiga bog‘liq bo‘ladi. Sintetik va analitik (tahliliy) schyotning boshlang‘ich hamda oxirgi qoldiqlari o‘z tavsifi bo‘yicha analitik schyotlardagi tegishli qoldiqlarning umumiy summalariga teng bo‘lishi kerak. Bu qoida shundan kelib chiqqanki, analitik schyotlar sintetik schyotlar ma’lumotlarini faqat batafsil ko‘rsatib beradi va unda umumiy ko‘rinishda aks ettirilgan mablag‘larning tarkibiy qismlarini ko‘rsatadi.

Download 106.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling