1 Buxgalteriya hisobining paydo bo‘lishi va rivojlanishi


Buxgalteriya hisobining funktsiya va vazifalari


Download 106.86 Kb.
bet4/35
Sana08.06.2023
Hajmi106.86 Kb.
#1465525
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
buxgal shpargalka 2022

6. Buxgalteriya hisobining funktsiya va vazifalari Buxgalteriya hisobining maqsadi foydalanuvchilarni o‘z vaqtida to‘liq hamda aniq moliyaviy va boshqa buxgalteriya axboroti bilan ta’minlashdir.Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, buxgalteriya hisobining asosiy vazifalarideb quyidagilarni belgilash mumkin:1korxona, tashkilot va muassasalarning xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘ladigan jarayonlarni kuzatib borish;2kuzatish natijasida olingan ma’lumotlarni miqdor ko‘rsatkichlarda ifodalash;3korxona, tashkilot va muassasalar xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘ladigan jarayonlarni hujjatlarda aks ettirish;4korxona, tashkilot va muassasalar xo‘jalik faoliyati ustidan uzluksiz nazorat olib borish va unga ta’sir etish;5buxgalteriya hisobi chetlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy huquqlar hamda majburiyatlarning holati to‘g‘risidagi to‘liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;6samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish;7moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzishdan iboratdir. Buxgalteriya hisobining funktsiyalari 1)Axborotfunktsiyasi 2) Axborotfunktsiyasi 3) Mulkning saqlanishini ta’minlash 4) Hisob funktsiyasi 5) Tahliliy funktsiyasi
7. Buxgalteriya hisobining obyektlari va subyektlari Asosiy va joriy aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zahiralar, daromadlar va xarajatlar, foyda, zararlar hamda ularning harakati bilan bog‘liq xo‘jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining obyektlaridir. Buxgalteriya hisobining obyektlari jamlama schyotlarda aks ettiriladi. Analitik hisobni yuritish tartibi buxgalteriya hisobi subyekti tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunga binoan, buxgalteriya hisobining subyektlari bo‘lib, Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar, ularning O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda undan tashqarisida joylashgan sho‘’ba korxonalari, filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari hisoblanadi. Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda buxgalteriya hisobini yuritadi va buxgalteriya (moliya) hisobotini taqdim etadi. Kichik korxonalar 20-sonli “Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan soddalashtirilgan buxgalteriya hisobi va hisobotni tuzish tartibi to‘g‘risida” deb nomlangan buxgalteriya hisobining milliy standarti asosida buxgalteriya hisobini soddalashtirilgan tartibda yuritadilar.

Download 106.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling