1 Buxgalteriya hisobining paydo bo‘lishi va rivojlanishi
Buxgalteriya hisobiga rahbarlik qilish
Download 106.86 Kb.
|
buxgal shpargalka 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- 43. . Buxgalteriyada ishni tashkil qilish.
42. Buxgalteriya hisobiga rahbarlik qilish
Bosh buxgalter yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxs buxgalteriya hisobi xizmatining rahbaridir. Buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari bevosita buxgalteriya hisobi subyektining rahbariga bo‘ysunadi. Buxgalteriya hisobi xizmati rahbarining xo‘jalik operatsiyalarini hujjatlar asosida rasmiylashtirish va ularni buxgalteriya hisobi xizmatiga taqdim etish bo‘yicha talablari buxgalteriya hisobi subyektining barcha xodimlari uchun majburiydir. Buxgalteriya hisobi subyektining rahbari va buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari o‘rtasida ayrim xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirishga doir kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, ular bo‘yicha hujjatlar operatsiyalar amalga oshirilishining oqibatlari uchun shaxsan javobgar bo‘lgan buxgalteriya hisobi subyekti rahbarining yozma farmoyishi bilan ijroga qabul qilinishi mumkinRahbar quyidagi huquqlarga ega: – bosh buxgalter rahbarligida buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb qilingan buxgalter xizmatidan foydalanish; – buxgalteriya hisobi yuritishni shartnoma asosida ixtisoslashtirilgan buxgalteriya firmasiga yoki tarkibiga buxgalteriya subyekti ham kiradigan xo‘jalik birlashmasining markazlashtirilgan hisobga olish bo‘limiga yuklash; –buxgalteriya hisobini mustaqil yuritish. Rahbar quyidagilarni ta’minlashi shart: – ichki hisob va hisobot tizimi ishlab chiqilishini; – xo‘jalik operatsiyalarini nazorat qilish tartibini; – buxgalteriya hisobi to‘liq va aniq yuritilishini 43. . Buxgalteriyada ishni tashkil qilish.Buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini hozirgi zamon talabiga to‘liq javob berishini ta’minlashni yana bir omili, buxgalteriya hisobi bo‘limi xodimlarini ish joylarini oqilona tashkil etish hisoblanadi. Buxgalteriyada xodimlar ish joyini oqilona tashkil etilishi, birinchidan, mehnat unumdorligini oshishiga, ikkinchidan, xodimlarni sog‘ligini saqlashga, uchinchidan, ortiqcha xarajatlar kamayishiga yordam beradi. Buxgalteriya hisobi xodimlarini ish joyini oqilona tashkil etishda quyidagilarga ahamiyat berish kerak bo‘ladi: • xodimlarni yorug, xonalar va kerakli anjomlar bilan ta’minlanganligiga; • buxgalteriya bo‘limi xodimlarini asosiy faoliyatlari ish joylarida amalga oshirilishiga; • xodimlarni buxgalteriya hisobi qaysi bo‘limida ishlashiga ko‘ra ish joyi ta’yinlanganiga. Download 106.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling