8. QO‘SHIMCHA SHARTLAR
8.1. Barcha oraliq va yakuniy kurs ishlari (Assignments) va
imtihonlarni
topshirish
natijalari
“Ijrochi”
tomonidan
universitetning LMS tizimida e’lon qilinadi.
Talaba o‘z natijalarini va akademik maqomini tekshirish
majburiyatini oladi. “Talaba” kurs ishlari va/yoki imtihonlardan
o‘ta olmagan yoki ularni topshira olmagan taqdirda “Talaba”
“Ijrochi” tariflariga muvofiq imtihonlarni qayta topshirish uchun
pul mablag‘ini to‘lashi va to‘lovni tasdiqlovchi hujjatni
(kvitansiyani va/yoki to‘lov topshiriqnomasini) talabalarni
qo‘llab-quvvatlash bo‘limiga (Office for student support
services) “Ijrochi” shartlariga muvofiq kurs ishlari va/yoki
imtihonlarni qayta topshirish boshlanishidan kamida 10 bank kuni
oldin taqdim etishi shart:
a) Birinchi muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan keyin imtihonni
qayta topshirish narxi 250 000 (ikki yuz ellik ming) so‘m.
b) Qayta topshirish narxi (agar talaba past baho olgan bo‘lsa va
yuqoriroq baho olishni xohlasa) - 250 000 (ikki yuz ellik ming)
so‘m.
c) Agar “Talaba” qayta topshirganda Unclassified olgan bo‘lsa
(O‘qituvchi tomonidan CIUda o‘qishning butun davri uchun
berilgan vazifalar
topshirilmadi,
kerakli bilim darajasi
tasdiqlanmadi), talaba ushbu fanni qayta o‘qishi va pullik asosda
qo‘shimcha shartnoma asosida kurs ishi va/yoki imtihon
topshirishi kerak.
8.2. “Ijrochi” tomonidan “Talaba”ning o‘qishi davrida stipendiya
ko‘zda tutilmagan va to‘lanmaydi.
8.3. “Ijrochi” boshqa oliy ta’lim muassasasiga o‘tishda
“Talaba”ning talabiga binoan zarur hujjatlarni taqdim etish
majburiyatini oladi.
8.4. O‘quv to‘lovlarini o‘tkazish va pul mablag‘larini qaytarish
bilan bog‘liq barcha bank xarajatlari “Talaba” tomonidan
qoplanadi.
8.5. Ushbu shartnoma o’zbek tilida tuzilgan va Tomonlar teng
yuridik kuchga ega bo‘lgan har bir tomon uchun bir nusxada
imzolagan.
8.6. Ushbu shartnomaga kiritilgan har qanday o‘zgartirishlar
va/yoki qo‘shimchalar, agar ular yozma shaklda, uch taraflama
imzolangan/muhrlangan holda rasmiylashtirilgan bo‘lsagina amal
qiladi.
8
Do'stlaringiz bilan baham: |