1 Chet el psixologiyasida shaxs nazariyasi
Download 116.26 Kb.
|
Xolbotirov Sherzodning psixologiyadan tayyorlagan slaydi
Qo`zg`atuvchining to`xtatib ta`sir qilishi muhim ahamiyatga egadir. Bizga doim ta`sir qilib turuvchi yorug`likka qaraganda ma`lum vaqt oralig`ida yonib - uchib turuvchi yorug`lik diqqatimizni o`ziga tezroq jalb qiladi. Xuddi shuningdek qo`zg`atuvchining to`xtashi ham diqqatimizni jalb qiladi. Masalan: o`quvchi bir xil shovqinda dars tayyorlayotgan bo`lsa (ventilyator shovqinida), shovkinni payqamaydi, agar shovqin to`xtasa u darhol sezadi. Qo`zg`atuvchining tashqi xarakterimizga bog`liq bo`lgan diqqatni deyarli majburiy diqqat deb hisoblashimiz mumkin.Pedagogik amaliyot, albatta diqqatni tug`diruvchan mana shu toifadagi sabablar bilan hisoblashmog`i lozim. O`qituvchi o`quvchilar diqqatini jalb qilish uchun ba`zan kattiqroq gapirishi yoki ovozni pasaytirib gapirishi mumkin. Lekin bunday usullar maktabda diqqatni hal qilish masalasini hech qachon oxirigacha hal qilib bermaydi. Bu usuldan so`ng va ular bilan birga o`quvchilar diqqatini jalb qilishning boshqa usullaridan foydalanmog`i lozim.Ixtiyoriy diqqatni yuzaga keltiruvchi ikkinchi toifa sabablariga tashqi qo`zg`atuvchilarning odamning ichki holatiga va avvalo odamda mavjud bo`lgan ehtiyojlarga mos kelishi kiradi.Diqqatni yuzaga keltiruvchi sabablarga yana ilgarigi tajribalarning ta`siri, jumladan bilimlarning va tasavvurlarimizning ta`siri, hamda ko`pincha diqqatni jalb qilishda ahamiyatga ega bo`lgan malaka va odatlarning ta`siri kiradi. Diqqatni jalb qilishda inson shaxsi umumiy yo`nalishining va diqqatni yuzaga keltirishning muhim sabablaridan biri bo`lgan qiziqishlarning ta`siri nihoyatda kattadir. Nimaiki narsa bizga bevosita qiziqarli bo`lsa, diqqatimizni beixtiyor o`ziga jalb qiladi. Bolaning ilk yoshida ham, maktab yoshidagi paytlarda ham diqqatni jalb qilish uchun qiziqtirishning ta`siri ayniqsa kattadir. Qiziqishdan diqqatni jalb qilish vositasi sifatida foydalanilar ekan, shuni esdan chiqarmaslik kerakki, qiziqish bizning ilgarigi tajribamiz bilan bizdagi mavjud bilimlarga mustahkamlik bog`lab olib borishimiz kerak.Download 116.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling