1 Chet el psixologiyasida shaxs nazariyasi


Download 116.26 Kb.
bet11/20
Sana12.02.2023
Hajmi116.26 Kb.
#1192225
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
Xolbotirov Sherzodning psixologiyadan tayyorlagan slaydi

O`quv jarayonida ixtiyoriy diqqatni tartiblash alohida ahamiyatga egadir. Maktab mashg`ulotlarini intizomlashtiruvchi ta`siri, dars davomida sinfda o`tirish, o`quvchilarning so`zlarini eshitish zaruriyati, chalg`imaslik bularning hammasi ixtiyoriy diqqatni tarbiyalashda katta rol’ o`ynaydi. Har turli ta`lim ishlari maktabdagi o`quv mashgg`uloti ustida ongning yo`nalganligi va to`planganligini saqlab turishni talab qiladi. Bolalarning hissiyotlari ko`pincha kuchli bo`ladi. SHuning uchun ularning diqqatlari qisqa vaqt ichida davom etsa ham kuchli bo`ladi.

Maktab yoshidagi bolalarning hissiyotlari ancha barqaror bo`la boshlaydi. SHuning uchun pedagog o`qish materialini hissiy momentlar bilan boyitar ekan, buning bilan diqqatning barqarorligi va kuchini saqlab turishiga yordam beradi. Biror narsaga qiziqib kelgan maktab yoshidagi o`quvchi uzoq vaqt diqqatli bo`lishi mumkin. Ammo kattalarning nazorati pasayib qolsa, u zarur vazifani bajarishdan chalgib boshqa narsaga kirishib ketishi mumkin. Masalan: adabiyotni o`rganayotgan o`quvchi kino yoki biror o`qigan asari haqida xayol surib ketishi mumkin. Ayrim bolalar jismoniy mehnat darslarida diqqat bilan o`tirsalar boshqalari aqliy mehnatda kuchli diqqat bilan o`tiradilar. O`zi yoqtirgan darslarda kuchli diqqat bilan o`tirgan o`quvchilar boshqa darslarda o`qituvchilarning ancha tashvishga solib qo`yishlari mumkin. O`quvchilarning o`quv predmetiga munosabati, o`nga diqqat bilan qarashi ko`p jihatdan darsda o`quvchining o`quv materialini jonli, emotsional, qiziqarli, tushunarli, shu bilan birga to`liq va chuqur o`qita bilishga bog`liq.

Sezgilar haqida umumiy tushuncha va ularning nerv-fiziologik asoslari

Sezgi - atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a’zolarimizga bevosita ta’sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarini miyamizda aks ettirilishini aytamiz.

Ma’lumki bizni o‘rab turgan tashqi olamdagi narsa va hodisalarning juda ko‘p belgi va xususiyatlari mavjud. Masalan, narsalarning rangi, ta’mi, hidi, qattiq yoki yumshoqligi, g‘adir-budur yoki tekisligi, harorat va boshqalar. Ana shu narsa va hodisalarning turli xil belgi, xususiyatlarini biz ham turlicha sezgi a’zolarimiz orqali ongimizda aks ettiramiz.


Download 116.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling