1 Chet el psixologiyasida shaxs nazariyasi
Download 116.26 Kb.
|
Xolbotirov Sherzodning psixologiyadan tayyorlagan slaydi
Sezgilarni o`ta miqdorda ko`pligi, hamda tashqi olam energiyasini ong hodisasiga aylanishi haqida aniq fikrlarni I.M.Sechenov bergan. Agar insonni uyg`oq vaqtini o`rta hisobda 12 soat deb olinadigan bo`lsa va har bir faza bo`yicha o`rta sonni oladigan bo`lsak, ko`rish sezgisini 5 qismchalarga bo`lsak, ko`z orqali 8 ming sezgi, quloqdan undan kam emas, muskullar harakatida esa undan ham sezgi yuzaga kelar ekan. Bir haftada u 56 ming, 1 oyda 204 mingni, 1 yilda 2 millionga yoqin sezgi hosil bo`ladi.Idrokda esa doimo idrok etuvchi shaxsning hislatlari uning idrok etayotgan narsalariga munosabati, kishining extiyojlari, qiziqishlari, intilishlari, istaklari va his – tuyg`ulari u yoki bu tarzda aks etadi.Idrok - bu narsa va hodisalarni bizni sezgi organlarimizga ta’sir etishi asosida ularni yaxlit obrazlarining yuzaga kelish jarayonlaridir. Idrok qiziqishlarimiz va irodamiz bilan qanday darajada bog`liqligiga ko`ra ixtiyoriy va ixtiyorsiz idrokka ajratilishi mumkin. Ixtiyoriy idrok kuzatishda yaqqol namayon bo`ladi. Kuzatish bu ma’lum anik anglashgan maqsad bilan qilinadigan hamda ixtiyoriy diqqat yordamida amalga oshiriladigan ixtiyoriy rejali idrokdir.Psixologlarning fikricha inson nimaniki idrok qilsa, uni figura va fonda idrok qiladi. Figura shunday narsaki, uni aniq anglash, ajratish, ko`rish, eshitish va tuyush mumkin. Fon esa aksincha, noaniqroq, umumiyroq narsa bo`lib, aniq ob’ektni ajratishga yordam beradi. Masalan: gavjum bozorda ketayotgan taqdirda ismimizni birov aytib chaqirsa, darrov o`sha tarafga qaraymiz. Ism – figura bo`lsa, bozordagi shovqin-suron – fon rolini o`ynaydi. Idrok sezgi jarayonlaridan tashkil topadi. Sezgilar yaxlit tarzda idrok jarayonini ta’minlaydi. Idrok ongli, maqsadga qaratilgan murakkab jarayon bo`lib, unda shaxsning u yoki bu ob’ektga shaxsiy munosabati va idrokdagi faolligi aks ettiriladi.Sezgilarning hosil bo`lish sezgisi va davom etish muddati. Sezgilar biror bir sezgi a`zosining qo`zg`alishidan hosil bo`ladi. Qo`zg`atuvchi reptseptorga ta`sir etishi bilanoq sezgi hosil bo`lmaydi: qo`zg`atuvchi ta`sir eta boshlagandan bir necha vaqt keyingina sezgi hosil bo`ladi. Sezgilar davom etish muddatiga qarab qisqa va uzoq muddatli sezgilarga bo`linadi. Masalan: qisqa muddatli sezgiga erga tushib ketgan qqalamning tovushi, lip etib chaq nagan uchqunni sezish. Kunduzgi yorug`likni sezish, zavoddan yangrayotgan gudok ovozini eshitish uzoq muddatli sezgilardir. Sezgilar o`zlariga adekvat (mos) bo`lgan qo`zg`atuvchilarning aks ettirish shakllaridan iborat. Sezgilarning umumiy xususiyatlariga sifati, jadalligi, davomati va fazoviy joylanishi kiradi. Sezgilarning asosiy xususiyatlari sifat bo`lib, uni boshqa sezgi turlaridan ajratadi. Masalan: eshitish sezgilari tovushning balandligi, qattiqligi bilan, ko`rish sezgilari ranglarning quyuqligi, toni bilan farqlanadiDownload 116.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling