1. Chiziqli tenglamalar sistemasi haqida tushuncha. Sistema-ning yechimi


Download 183 Kb.
bet1/5
Sana06.04.2023
Hajmi183 Kb.
#1332760
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Chiziqli tenglamalar sistemasi


Chiziqli tenglamalar sistemasi
Reja:



  1. Chiziqli tenglamalar sistemasi

  2. Chiziqli tenglamalar sistemasini yechish usullari



1. Chiziqli tenglamalar sistemasi haqida tushuncha. Sistema-ning yechimi
Iqtisodiy masalalarning aksariyati bir necha noma`lumli (aytaylik m ta) chekli sondagi (aytaylik n ta) chiziqli tenglamalarni o`z ichiga olgan va ushbu tenglamalarning umumiy yechimini topish masalasi qo`yilgan quyidagi


(1)

chiziqli tenglamalar sistemasiga keltiriladi. Bu yerda, aiκ – haqiqiy sonlar bo`lib, sistemaning koeffitsientlari; b- haqiqiy sonlar esa uning ozod hadlari deyiladi. Sistemaning (1) ko`rinishdagi shakliga m ta noma`lumli n ta chiziqli tenglamalar normal sistemasi deyiladi.




- koeffitsentlar yoki asosiy matritsa,


kengaytirilgan matritsa deyiladi.
(1) sistemaning yechimi yoki yechimlari to`plami deb, uning har bir tenglamasini sonli ayniyatga aylantiradigan mumkin bo`lgan barcha m ta haqiqiy sonlarning tartiblangan (x1; x2; … ; xm) tizimlari to`plamiga aytiladi.

Sistemani yechish deganda – uning barcha yechimlarini topish yoki yechimga ega emasligini ko`rsatish tushuniladi.


Chiziqli tenglamalar sistemasi yechimga ega bo`lsa - birgalikda, yagona yechimga ega bo`lsa - aniq, cheksiz ko`p yechimga ega bo`lsa - aniqmas va umuman yechimi mavjud bo`lmasa – birgalikda bo`l-magan sistema deyiladi.
Tenglamalar sistemasining biror-bir tenglamasi zid (qarama-qarshi) tenglama bo`lsa, sistemaning o`zi ham zid, ya`ni birgalikda bo`lmagan sistemani tashkil etadi. Aynan teng yechimlar to`plamiga ega tenglamalar sistemalariga esa teng kuchli (ekvivalent) sistemalar deb ataladi.
2. Chiziqli tenglamalar sistemasining yechimi mavjudligi va yagonaligi haqida teoremalar.
(1) umumiy ko`rinishdagi chiziqli tenglamalar sistemasining birgalikdalik va aniqlik masalasini quyidagi teorema ochib beradi.

Download 183 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling