1. Covid 19 pandemiyasi O’zbekistonda. Covid 19 pandemiyasi davrida iqtisodiy o’sish. Covid 19 pandemiyasini bartaraf etish xulosa


Iqtisodiy o‘sish sur’atlari dinamikasi


Download 243.33 Kb.
bet3/3
Sana19.04.2023
Hajmi243.33 Kb.
#1363410
1   2   3
Bog'liq
covid19

Iqtisodiy o‘sish sur’atlari dinamikasi



1-Rasm. Jahon iqtisodiyoti va O‘zbekiston bilan hamkor mamlakatlardagi iqtisodiy o‘sish sur’atlari dinamikasi
Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) joriy yil birinchi yarmida koronavirus pandemiyasi kengayishining to‘xtatilishi va ikkinchi yarim yildan boshlab iqtisodiy faollikning bosqichma-bosqich tiklanishi bo‘yicha taxminlariga asoslangan bazaviy prognozlariga ko‘ra, 2020 yilda jahon iqtisodiyoti 3 foizga qisqarishi kutilmoqda.
Bu sharoitda, iqtisodiy pasayish rivojlangan davlatlarda 6,1 foizni (shu jumladan, AQSh – 5,9 foiz, Yevrozona mamlakatlari – 7,5 foiz) va rivojlanayotgan mamlakatlarda – 1 foizni, shuningdek, Rossiyada – 5,5 foizni va Qozog‘istonda – 2,5 foizni tashkil etishi, O‘zbekistonda esa 1,8 foizlik iqtisodiy o‘sish prognoz qilinmoqda.
Jahon iqtisodiyotida kuzatilayotgan inqirozli holatning o‘ziga xos xususiyatlari shundan iborat:
birinchidan, yuzaga kelgan murakkab iqtisodiy vaziyat bank va moliya sektoridagi qandaydir inqirozli holat natijasi emas hamda fiskal yoki monetar siyosat orqali uning to‘liq yechimini ta’minlash imkoniyati cheklangan. Mavjud vaziyat, eng birinchi navbatda “insoniy” yoki “inson sog‘ligi inqirozi” bilan bog‘liqdir;
ikkinchidan, odatda inqirozlar talab (bank tizimidagi inqiroz va kreditlarning sekinlashuvi, yoki davlat qarzining oshib ketishi natijasida xarajatlarning qisqarishi, daromadlarning kamayib ketishi) yoki taklifning ya’ni, ishlab chiqarish hajmlarining keskin qisqarishi (urush va tabiiy ofatlar, qarz inqirozlari va h.k.) bilan bog‘liq omillarning biri ta’sirida yuzaga keladi. Amaldagi iqtisodiy vaziyatning murakkabligi, bir paytning o‘zida talab va taklifning qisqarishi bilan izohlanadi;
uchinchidan, koronavirus pandemiyasining to‘xtatilishi va undan keyingi bosqichda cheklovlarning olib tashlanishi hamda ushbu kasallik tarqalishining ikkinchi to‘lqini bilan bog‘liq yuqori darajadagi noaniqliklarning mavjudligi:

  • biznes sub’yektlari uchun ishlab chiqarish va investitsion loyihalar bo‘yicha;

  • aholining iste’mol faolligiga;

  • hukumatlar tomonidan fiskal va monetar qo‘llab quvatlash;

  • tashqi va ichki qarzlarni jalb qilish;

  • ijtimoiy himoya hajmi va dasturlarini belgilash borasida aniq qarorlarni qabul qilishda qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda.

Shu nuqtai nazardan koronavirus pandemiyasining mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga ta’sirini yumshatish vazifasi, birinchi navbatda, ushbu kasallikning aholi sog‘ligiga ta’sirini minimallashtirish, ushbu borada kiritilgan cheklovlarni ehtiyotkorlik bilan bosqichma-bosqich olib tashlash va kelgusidagi vaziyatni imkon qadar aniqroq baholay olish orqali inqirozdan keyingi iqtisodiy tiklanish siyosatini to‘g‘ri shakllantirish va amalga oshirishdan iborat bo‘ladi.
Shu nuqtai nazardan koronavirus pandemiyasining mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga ta’sirini yumshatish vazifasi, birinchi navbatda, ushbu kasallikning aholi sog‘ligiga ta’sirini minimallashtirish, ushbu borada kiritilgan cheklovlarni ehtiyotkorlik bilan bosqichma-bosqich olib tashlash va kelgusidagi vaziyatni imkon qadar aniqroq baholay olish orqali inqirozdan keyingi iqtisodiy tiklanish siyosatini to‘g‘ri shakllantirish va amalga oshirishdan iborat bo‘ladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Parlamentiga Murojaatnomasi hamda mamlakatimizni 2017 – 2021 yillarda yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni bajarishga qaratilgan joriy yilni “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb atalgani va Davlat dasturining qabul qilinishi, barqaror iqtisodiy rivojlanish, xalq farovonligini oshirishda muhim dasturamal bo‘lib xizmat qiladi.
  • "O'zbekiston fuqarolarini tinglash" (‘Listening to Citizens of Uzbekistan’) va "O'zbekistonda COVID-19ning ijtimoiy-iqtisodiy ta'siri" (‘Socio-economic impacts of COVID-19 in Uzbekistan’) so'rovnomalarini ko'rib chiqish uchun onlayn konferensiya tashkil etildi. Mahalla vakillari so'rovnomasi va biznes so'rovnomasi hamda ularning xulosalariga amal qilishning eng yaxshi vositalari muhokama qilindi.



Bu tadbir O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi markazi tomonidan Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (CERR), Jahon Banki, Mahalla va Oila ishlari vazirligi hamda BMTTD (UNDP) bilan hamkorlikda o'tkazildi.
Birlashgan millatlar tashkiloti Taraqqiyot dasturi (UNDP) COVID-19 pandemiyasi va karantin oqibatida O'zbekistonning butun mamlakat miqyosida javob choralarini takomillashtirish hamda COVID-19 ning oilalarga ijtimoiy-iqtisodiy ta'siri, kichik va o‘rta biznesga qo'yiladigan cheklovlarni aniqlash maqsadida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (CERR) hamda Mahalla va Oila ishlari vazirligi bilan hamkorlik qildi. Bugungi onlayn konferensiyaning maqsadi – bu ma'lumotlarni asosiy qaror qabul qiluvchilarga taqdim etish va yig'ilgan ma'lumotlardan foydalanishning keyingi bosqichlarini aniqlashdir. Bu kelajakdagi harakat asoslari va COVID-19 ta'sirini minimallashtirishga qaratilgan qonunlar uchun asos bo'lishi taklif qilindi hamda O'zbekistonning pandemiyadan tiklanishini davom ettirishi kerakligi ta'kidlandi.

COVID-19 ning uy xo'jaliklariga ijtimoiy-iqtisodiy ta'sirini o'rganish maqsadida 2020 yil may-iyun oylarida O'zbekistonning barcha hududlarida mahallalar yetakchiligida so‘rovnomao‘tkazildi. So'rovnomada 3670 nafar odam, shu jumladan, mahalla raislari (84,7%), ularningo'rinbosarlari (12,8%) va mahalla faollari (2,5%) ishtirok etdi, ularning 62,9% ini qishloqmahallalari tashkil etdi. So'rov natijalari pandemiya davrida kambag'al oilalar soni ortganiniko'rsatdi.
Pandemiya eng og'ir ta'sir ko'rsatgan uy xo'jaliklari sifatida kam ta'minlangan oilalar(so‘rovnoma ishtirokchilarining 48% qismi, ayniqsa Namangan va Samarqandda), ko'p sonlioilalar (so‘rovnoma ishtirokchilarining 40% qismi, ayniqsa Toshkent viloyatida) va ortgaqaytgan mehnat muhojirlari (so‘rovnoma ishtirokchilarining 55% qismi, ayniqsa Jizzax vaQashqadaryoda) qayd etilgan. Bu salbiy ta'sirlar, asosan, so‘rovnoma ishtirokchilarining 74% i tomonidan qayd etilgan daromadlarning kamayishi va 58% i tomonidan qayd etilgan isho‘rinlarining yo'qolishini o'z ichiga oladi.
Tadqiqot yana shuni ko'rsatdiki, ayollar va qariyalar uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqatmahsulotlarini tarqatish kabi moddiy yordam ko'ngilli yordamdan ko'ra muhimroqdir. Ijtimoiy-iqtisodiy ta'sirlarni bartaraf etish bo'yicha tavsiyalar quyidagilarni o'z ichiga oladi:

  • Xususiy sektorga zarur bo‘lgan tovarlarni import qilish yoki mahalliy ishlab chiqarishnirag'batlantirish uchun iqtisodiy va ijtimoiy siyosat choralarini o'zgartirish;

  • Mahallalarda kichik xususiy tadbirkorlik subyektlari tashkil etilishini qo'llab-quvvatlashorqali yoshlar va ayollarni oilaviy tadbirkorlik bilan shug'ullanishga rag'batlantirish;

  • Ayollar va qizlarning yordam olishlari va ularning muammolari hal qilinishini osonlashtirish;

  • Ommaviy axborot vositalari orqali COVID-19 dan davolangan insonlarda xavf yo'qligini ommaga yetkazish.

Parallel ravishda o‘tkazilgan ikkinchi so'rovnoma butun mamlakat bo'ylab korxona va tashkilotlarning 887 ta intervyusiga asoslanib, COVID-19 pandemiyasining kichik va o‘rta biznesga ta'sirini ko'rib chiqdi. Unda aniqlanishicha, kichik va o‘rta biznes vakillari turizm, mehmonxona va umumiy ovqatlanish sohalarida eng ko‘p zarar ko‘rgan, ularning katta qismi Sirdaryo, Namangan, Navoiy, Toshkent shahri va Qoraqalpog'istonda joylashgan. Qishloq xo'jaligi, o'rmon va baliqchilik xo'jaliklari esa eng kam zarar ko‘rgan sohalardir. Ish jarayonlarini masofaviy shaklga o‘tkaza olmaslik, yoki internetga ulanish va zaruriy jihozlarning yetishmasligi tufayli masofadan turib ishlay olmaydigan korxonalar pandemiyadan eng ko‘p zarar ko‘rgan korxonalar bo‘ldi. 
Ushbu ikkinchi so'rovnoma hisobotida kichik va o‘rta biznesga ko'rsatiladigan yordam biznesni rivojlantirishdagi to'siqlarni bartaraf etish, soliq yuklarini kamaytirish, kredit stavkasini pasaytirish uchun institutsional muhitni yaratish orqali moliyaviy yordam olish imkoniyatlarini yaxshilash hamda masofaviy ishlashga o'tishni qo'llab-quvvatlashni o'z ichiga olishi tavsiya qilingan.
11-noyabr kuni bo'lib o'tgan video konferensiyada ushbu tadqiqotlarning metodologiyasi va natijalari, qashshoqlikni kamaytirishning batafsil strategik yo'nalishlari, shu jumladan yordamga muhtoj oilalarni qo'llab-quvvatlash ("temir daftarlar" da ko'rsatilganidek) va ishsizlik muammolarini hal qilish usullari taqdim etildi. Tadqiqot natijalarini O'zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishni kuchaytirish bo'yicha yangi qonunchilik va siyosatni ishlab chiqishda qo'llash zaruriyati barcha ishtirokchilar tomonidan ta‘kidlandi.
Koronavirus pandemiyasining mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga ta’sirini yumshatish vazifasi, birinchi navbatda, ushbu kasallikning aholi sog‘ligiga ta’sirini minimallashtirish, ushbu borada kiritilgan cheklovlarni ehtiyotkorlik bilan bosqichma-bosqich olib tashlash va kelgusidagi vaziyatni imkon qadar aniqroq baholay olish orqali inqirozdan keyingi iqtisodiy tiklanish siyosatini to‘g‘ri shakllantirish va amalga oshirishdan iborat bo‘ladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Parlamentiga Murojaatnomasi hamda mamlakatimizni 2017 – 2021 yillarda yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni bajarishga qaratilgan joriy yilni “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb atalgani va Davlat dasturining qabul qilinishi, barqaror iqtisodiy rivojlanish, xalq farovonligini oshirishda muhim dasturamal bo‘lib xizmat qiladi.

xulosa


Xulosa qilib shuni aytishimz mumkinki koronavirus yani covid 19 kasalligi butun dunyo bo’yicha keng tarqalib ko’plab mamlakatlarga juda katta zarar olib keldi va ko’plab odamlarning o’limiga sabab bo’ldi vas hu bilan ko’plab mamlakatlar karantin choralarini kuchaytirib ko’chaga chiqishni man etishdi. Karantin paytida ko’plab odamlar oziq ovqat va yegulik yetishmasligidan qiynalishdi va bunday oilalarga davklat tomonidan oziq ovqat va kerakli buyumlar berildi. Koronavirus kasalligi paytida odamlar ko’proq vitaminlar mevalar va ziravorlar yeb o’zligining immunitetini ko’tarib borishga harakat qilishdi. Bu pandemiya nafaqat odamlar barcha turdagi ishlab chiqarish, biznes va yana ko’plab odamlarni ishlariga salbiy tasir ko’rsatdi.
Download 243.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling