1. Covid 19 pandemiyasi O’zbekistonda. Covid 19 pandemiyasi davrida iqtisodiy o’sish. Covid 19 pandemiyasini bartaraf etish xulosa


Download 243.33 Kb.
bet2/3
Sana19.04.2023
Hajmi243.33 Kb.
#1363410
1   2   3
Bog'liq
covid19

Pandemiya global miqyosda qator ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklarni keltirib chiqardi, sport va madaniy tadbirlar keyinga qoldirilishi yoki bekor qilinishiga sababchi boʻldi, dori-darmon, elektronika mollari hamda oziq-ovqat mahsulotlari yetishmovchiligi yuzaga kelishi haqida xavotirlarga sabab boʻldi. Shuningdek, Internetda virus va pandemiya haqida notoʻgʻri maʼlumotlar hamda fitna nazariyalari urchidi, turli mamlakatlarda ksenofobiya va irqchilik holatlari kuzatildi, vahimaga tushgan xaridorlar tualet qogʻozi kabi mollarni koʻp miqdorda sotib olishi kuzatildi. 2021-yil iyul oyida JSST raisi Tedros Adhanom Ghebreyesus vaksinatsiyalar oqibatida koronavirusning vaksinalarga chidamli shtammi paydo boʻlishi mumkinligini aytdi.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbarining murojaati


2021-yil aperl oyida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adhanom dunyo rahbarlarini zudlik bilan emlashni boshlamagan mamlakatlarga 10 million doza koronavirus vaksinasini ajratishga chaqirdi.
„Koronavirusga qarshi vaksinaga ega boʻlgan mamlakatlarga ushbu preparatga ehtiyoji bor davlatlar uchun 10 million doza vaksina ajratishini soʻrab murojaat qilganman. Ammo davlat rahbarlaridan hamon javob kutyapman“, — deya ta’kidlagan Tedros Adhanom.
Vaksinatsiya
Koronavirusga qarshi emlash boshlanganidan beri 2021-yil iyul oyi holatiga koʻra dunyo boʻyicha 3 milliard 436 million doza vaksina ishlatilgan.

Koronavirus pandemiyasigacha bo‘lgan davrdagi iqtisodiy rivojlanish


Tadqiqotlar natijasi shundan dalolat beradiki koronavirus pandemiyasi boshlangunga qadar jahon iqtisodiyoti va milliy iqtisodiyotlarda ijobiy siljishlar, barqaror rivojlanish alomatlari kuzatilgan. Oxirgi yillarda jahon iqtisodiyotida iqtisodiy o‘sishning sur’ati o‘rtacha 3 foiz atrofida bo‘lsa, uning yuqori sur’atlari:

  • Xitoy;

  • Tojikiston;

  • Armaniston;

  • O‘zbekistonda.

past sur’atlari:

  • AQSh;

  • Buyuk Britaniya;

  • Rossiya Federatsiyasida kuzatilgan.

Jahon iqtisodiyotining yalpi daromadi 2019 yilda 84,5 trillion AQSh dollarni, shu jumladan:

  • AQSh 20,6 trillion dollar (ulushi 24,4 foiz);

  • Xitoy Xalq Respublikasi 13,1 trillion dollar (ulushi 15,6%);

  • Germaniya 3,9 trillion dollar (4,6%);

  • Buyuk Britaniya 2,8 trillion dollar (3,3%);

  • Rossiya va Janubiy Koreya 1,5 trillion dollari (1,9%)ni tashkil etilishini 1-rasmda ko‘rishimiz mumkin.

Download 243.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling