Ixcham to’y ( Kamchiqim to’y)
Download 15.7 Kb.
|
Ixcham to
Ixcham to’y ( Kamchiqim to’y) To’ylar bolsa , deymiz kamchiqim, Barchaga yaxshi bo’lsa , ixcham. ( muallif) - Ixcham va kam chiqim to’y, qanday to’y. -Bu borada ancha vaqtlaedan buyon harakat va tadbirlar qilishmoqdagi, lekin o’zimizning bu soxadagi e’tiborsizligimiz va loqaytligimiz tufaylimi , balki ijobiy tomonga siljishlar unchalik sezilmayapti. To’g’ri ichkilik to’ylarda kamaygandan kamayib borayapti , bu yaxshi . Xotto ko’pkina to’ylarda ichimlik hozir umuman yo’q . Bu tadbir to’y kamchiqimligiga qo’shilgan yaxshigina xissa. Ixcham to’y?! Bunday to’y borasida , mavzuni atasganimizdek, tubamda gap yuritamiz… Rivoyat qilurlarkim “ Taqdirn “ ning tengsiz go’zal va oqila qizi bor ekan . Buni qarangki , bir vaqning o’zida mazkur qizga “ Aql” “Davlat “ va “ Umid “ degan yigitlardan sovchilar kelib qolishibdi. “Taqdir “ qizini chaqirib , Kuyov bo’lmishni sening o’zing tanla , qaysi biri senga ma’qul? Deb qizida so’rabdi . Shunda dona qiz javobini boshlabdi. “Aql “ insondagsi eng olijanob fazilat aql yordamida do’stni dushmandan , xushyorni devonadan farqlash mumkin. Lekin “Aql” ning bir aybi borki, kishini chalg’itib xatarli yo’llarga solib qo’ymog’I ham mumkin . “ Aqllilik balosi”, deb bekorga aytishmagan , axir . “ Davlat “ haqida nima diysan , qizim ? ‘Davlat “ ishbilarmon,toparman , tutarman va yana hukumdordir. “ Davlat” Ko’p itoatida ko’p narsalar bor . Biroq unda vafo yo’q . Agar , ixtiyorim , ota , mening o’zimga bersangiz, men “ Umid” ni tanlagum . Chunki “Umid’ har qanday holatda ham insondan ajralmaydi , qanday holat bo’lmasin do’stiga , umr yo’ldoshiga vafoligidan chekinmay, eng yaqin do’st bo’lib qoladi degan ekan oqila qiz , otasi “ Taqdir “ va onasi “ Fazilat” lariga qarab…. Shu gaplardan so’ng “ Taqdir” va “ Fazilat” lar qizini el kat”xudosi, ya’ni ko’chaboshisi yordamida , uning say – harakatlari vositasida ixcham va kamchiqimgina to’y qilishib “ Umidbek” ka uzatibdilar . Chiroyligina to’y bo’lib o’tibdi. Endi bu yogini qarangki , mazkur to’yni ixcham va kamchiqimgina , barcha xarajatlarni iqtisod qilgan va beo’rin isrofgarchiliklarsiz o’tkazish maqsadida ikkita ( kuyov va qiz) tomon to’y tadbirlarini birlashtirib , bitta – yagona to’y qilibdilar. Bunda kuyov va qizning do’stu- birodarlari , dugonalari , qarindosh – oshnalar, birga ____________ barcha- barchasi bir karra jamul- jam qatnashib , alomat bir to’y bo’libdiki , bir “ birlashgan to’yni ikkala tomon ham hanuzgacha yaxshilikcha eslashib yurar eknlar. Shundan keyin, mazkur mahallada ko’ngilik oilalar mana shu “ Umidbek “ va oqila qizining to’yidan , “ Birlashgan “ to’yni orzu qilib qolibdilar va endigina mahalla to’ylari mana shunday ixcham va kamchiqim birgalikda o’tadigan bo’libdi. Bu ixchamlikdan to’yning ikkala tomoni ham jondan xursand ekanlarni , kuyov va qiz baxtli turmush qurishib, yaratganning o’zi ularga solih va soliha o’g’il – qizlar ato qilibdi.. Bunga , bunday to’ylarga siz nima deysiz ? xurmatli va ish bilarmon . Qatariq mahallasining munosib katxuda ko’chaboshilari – to’y boshilari ?! Muxtaram Prezidentimiz rahnomaligida , butun mamlakatimizda barcha sohalarda isloxatlar jadal sur’atlarda ketayotganidan , mahalla elat va “ ________ to’y- marakalarida ham boshlangan islohatlar oxirigacha yetkazilmog’I bunda ko’chayu- ovullar ko’chaboshisiyu – katxudosining sa’y – harakati, ishbilarmonligi , tejamkorligi aql bilan ish tutishligi beqiyos bo’lmog’I kerak , albatta?! Anjuman katxudosi ko’chaboshidir, U katta- yu kichik to’yda to’yboshidir Ko’pincha , ixcham to’y unga bog’liqdir, Kamchiqim bo’lsa , undan-da yaxshidir! Download 15.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling