Qaysi gapda imloviy xatolik mavjud emas?
Download 33.18 Kb.
|
Документ (8)
Qaysi gapda imloviy xatolik mavjud emas? Usta Binoqul shishib ketgan oyoqlarini sudrab boskancha zorlanib inqillaydi. Qiz ertayu kech soatga qaraydi, daqiqa sanaydi. Yoshlarimizga ko‘z tegmasin, ular bizdan ko‘ra bilimdonroq, aqlliroq bo‘lib o‘sishmoqda. D) Qo‘rqoq do‘st dushmandan xavflidir, unitma, bolam. Ism sanalmaydigan turkumga oid so‘zlarni toping. kitob, qalam, qizil, besh sen, o‘qigan, taq-tuq, daftar bordi, bilan, borgancha, tez D) ikki, chaqqon, akam, uka Qaysi so‘z qator undoshli so‘z hisoblanadi? krem B) traktor C) sport D) barchasi O‘xshatish ma’nosini ifodalovchi sifat yasovchi qo‘shimcha qaysi? -simon B) -iy, -viy C) -mand D) -gi (-qi) Suqrotni o‘qisangiz, savollaringizga javob topasiz. Ushbu gapda ma’no ko‘chishning qaysi turi mavjud? metafora sinekdoxa metonimiya ma’no ko‘chmagan Qaysi javobda keltirilgan so‘zlar tarkibida ikkita so‘z yasovchi ishitirok etgan? A) changitmoq, tinchimoq, qiynoq yarqiroq, atama, qiynoq sanoqsiz, o‘ynoqi, tinimsiz eslaganlik, yamoqchilik, yig‘loqi Qaysi gapda paronimlarni qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik mavjud? O‘tmish merosimizni o‘rganishga, otabobolarimizning boy tajribalarini ko‘zdan kechirishga azm qildi. B) Birozdan so‘ng hamma tinchib, tashqaridan tanbur ovozi yangradi. C) Yosh Mirzoning hushyorligi, topqirligiga qoyil qolgan Umarshayx ayonlariga qarab: “Qilichni emas, aqlni ishga solmoq kerak”, − dedi. D) Kech bo‘lsa ham uyda yolg‘iz qolgan onaizorini bir ko‘rib ko‘nglini xotirjam qilib ketishga ahd qildi. O‘zlik olmoshi predmetni ko‘rsatish uchun qo‘llangan gapni aniqlang. A) O‘zlik olmoshi predmetni ko‘rsatish uchun ishlatilmaydi. B) Olma o‘zi pishib, o‘zi to‘kildi. C) Biz o‘z tuprog‘imizni ko‘z qorachig‘iday asraymiz. D) Rostini aytsam, o‘zim ham unchalik yomon bola emasman. Qaysi gapda sifatdan yasalgan fe’l bor? A) Peshonangiz devorga qarsillab urilganidan keyin esingiz kiradi. B) Bir-birimiz bilan tezda eski qadrdonlardek suhbatlashdik. Dunyodan pok odamlar qanchalik ko‘paysa, nopok odamlar shunchalik kamayadi. Ko‘klam. Butun mavjudot yasharmoqda. Har ikkala qismi ham yasama so‘zdan hosil bo‘lgan juft sifatlar ko‘rsatilgan qatorni aniqlang. 1) ilmiy-ommabop; 2) aqlli-hushli; 3) uyma-uy; 4) meva-chevali; 5) qishin-yozin 1, 2, 5 1, 3, 5 2, 4, 5 1, 2 11. Badavlat donishmanddan so‘radilar: “Turmushingiz farovon bo‘lsa ham, nima uchun sizning xursand bo‘lib yurganingizni ko‘rgan emasmiz?” U shunday javob beribdi: “Chunki ochyalang‘och yashayotganlarni men hech qachon unutolmayman”. Keltirilgan parchada olmoshning nechta turi ishtirok etgan? A) 4 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 5 ta Qaysi javobda faqat nisbiy sifatlar berilgan? mazali, sermeva, chiroyli erksevar, toza, tonggi go‘zal, paxtali, yuzaki kuzgi, chillaki, ro‘molli Bu yerda tayyorlanayotgan turli-tuman shirin milliy taomlar, qulay shart-sharoitlar va yuqori darajada ko‘rsatilayotgan xizmatimiz sizga so‘zsiz manzur bo‘lishiga ishonchingiz komil bo‘lsin. Ushbu gapda bir tovushdan iborat qo‘shimchalar soni nechta? 5 ta 4 ta 3 ta 2 ta “. . . qilmagan diniy maktabga o‘qishga kirishga majbur bo‘ladi. Chunki bu yerda o‘quvchilarga ovqat va kiyim-kechak tekin berilar edi. Shunday bo‘lsa-da, . . . bu maktabda ikki yildan ortiq o‘qiy olmaydi”. Ushbu ma’lumot quyidagi qaysi ijodkor hayoti haqida? A) Janni Rodari Vilyam Shekspir Aka-uka Grimmlar Alfons Dode Qaysi maqolda to‘rt o‘rinda yasama so‘z qo‘llangan? Nonni katta tishlasang ham, gapni katta gapirma! B) Birni ko‘rib, fikr qil, Birni ko‘rib, shukur qil. Birlashgan o‘zar, birlashmagan to‘zar. O‘ynab gapirsang ham, o‘ylab gapir. "Silsilat uz-zahab" asarining muallifi kim? S.Olloyor B) A.Navoiy C) A.Jomiy D) X.Dehlaviy Qaysi so‘zlarga so‘z yasovchi qo‘shimchalar ketma-ket qo‘shilishi bilan ikki xil fonetik hodisa ro‘y beradi? 1) tara; 2) yig‘i; 3) qiyin; 4) o‘yin; 5) sovi; 6) chanqa 1, 2, 3, 4, 5, 6 2, 3, 4 2, 4, 6 1, 2, 3, 4 Me’yorni ko‘p buzar odam bolasi, Uning kattasidan kichigigacha. . . Ushbu she’riy parchadagi munosabat shakliga ega otlar miqdorini aniqlang. 3 ta 1 ta 2 ta 4 ta Boshqalar ham bosh qimirlatib(1) bu fikrga qo‘shildilar(2). Ushbu gapdagi fe’llarning qaysi nisbatdaligini aniqlang. A) 1 - aniq nisbat, 2 - o‘zlik nisbat 1 - aniq nisbat, 2 - majhul nisbat 1 - orttirma nisbat, 2 - o‘zlik nisbat 1 - orttirma nisbat, 2 - majhul nisbat Ko‘zlarim hali harf tanimas edi, Qalam ushlolmasdi hali qo‘llarim. Kapalak izidan quvib tinmasdim, Yulduzlarni sanar edim tunlari. (M.Boboyev) She’riy parchadagi kelishik qo‘shimchalari haqidagi to‘g‘ri hukmni belgilang. 1 o‘rinda belgisiz, 2 o‘rinda belgili kelishik qo‘shimchasi qo‘llangan B) 2 o‘rinda belgisiz, 2 o‘rinda belgili kelishik qo‘shimchasi qo‘llangan C) 3 o‘rinda belgisiz, 2 o‘rinda belgili kelishik qo‘shimchasi qo‘llangan D) 2 o‘rinda belgisiz, 3 o‘rinda belgili kelishik qo‘shimchasi qo‘llangan Biringiz boqiysiz, biringiz − balki puch, Biringiz shodliksiz, biringiz − o‘kinch, Biringiz baxtlisiz, biringiz − baxtsiz. Biringiz yarador, o‘lgansiz vaqtsiz. Berilgan she’riy parchada -siz so‘z yasovchi qo‘shimchasi necha o‘rinda qo‘llangan? 3 B) 4 C) 5 D) 2 Sifat+ot qolipidagi joy nomini bildiruvchi so‘zlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping. 1) Issiqko‘l; 2) Yangiobod; 3) Yangiyer; 4) Atirgul; 5) Kichik Osiyo; 6) Oltiariq; 7) Yangibozor; 8) O‘rta Chirchiq; 9) Mehnatobod 1, 3, 6, 7, 8, 9 1, 2, 3, 5, 8, 9 1, 2, 4, 5, 8 1, 3, 5, 7, 8 Javoblarning qaysi birida ravishdosh payt ma’nosini ifodalagan? Bahor kelib, ariqlarda suvlar oqa boshladi. Gapni bilib-bilmay gapirmaslik kerak. Bola otasidan qo‘rqib uyga kirmadi. Bola egilib salom berdi. Qaysi gapdagi so‘zlar imlosida bir o‘rinda fonetik o‘zgarish kuzatiladi? To‘polonda oyog‘im lat yeganga o‘xshaydi, shuning uchun darrov chiqolmadim. Bolalik inson hayotining shunday poydevoridirki, umr binosining bo‘y-basti, salobati unga bog‘liq bo‘ladi. Tabiatga bunday mehrni mening qalbimga onam solib qo‘ydi va qalbimda go‘zallikni sevish, xushfe’l bo‘lish kabi xislatlar uyg‘ondi. Yaqin borib qarasa, qoraygan yerda bolalar ko‘ylagiga qadaladigan o‘n-o‘n beshta tugma sochilib yotibdi. Nodar Dumbadzening "Quyoshni ko‘ryapman" nomli asari haqida berilgan to‘g‘ri hukmni toping. bu asar asosida o‘zbek san’atkorlari tomonidan videofilm ishlangan B) dastlabki yirik romani C) bu asar qissa janrida yozilgan D) II jahon urushi yillarida gruzin qishloqlaridagi og‘ir va mashaqqatli hayot manzaralari, bir-biriga o‘xshamaydigan taqdir egalari obrazi aks ettirilgan hikoyalar to‘plami sanaladi Belgisiz qo‘llangan qaralmish ishtirok etgan gapni toping. Ilm aqlning chirog‘i hisoblanadi. Qaralmish belgisiz qo‘llanmaydi. Bizning qishloq tog‘ bag‘rida. D) Daryo labida turib ko‘klam quchog‘ida tovlanayotgan olmazor chiroyiga suqlanardim. Suratda so‘lg‘in kuz osmonining chekkalari oqarib ko‘rinardi. Berilgan gapda qaysi qo‘shimchalar o‘zaro shakldoshlik hosil qilgan? sifat yasovchi va fe’l yasovchi qo‘shimcha fe’l yasovchi va shakl yasovchi qo‘shimcha sifat yasovchi va ot yasovchi qo‘shimcha sifat yasovchi va shakl yasovchi qo‘shimcha Qaysi juftlikdagi paronimlar ma’nosini farqlovchi undoshlar jarangli-jarangsizlik juftligiga ko‘ra farqlanadi? A) yaroqli-yarog‘li B) afzal-abzal C) xol-hol D) tub-tup Qarg‘a, paypoq. Ushbu so‘zlar qaysi asarga tegishli? “Urushning so‘nggi qurboni” “Bemor” “Dunyoning ishlari” “Shum bola” Ezop hayoti bilan bog‘liq bo‘lmagan so‘zlar qatorini aniqlang. A) Ksanf, non, Yunoniston Likurg, Delfa, 500 Krez, Samos, Frigiya Ellada, Gretsiya, shinni Download 33.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling