1 curxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayy
Biologiya darslarida laboratoriya mashg’ulotlarini tashkil etish
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
3.3.Biologiya-fanidan-amaliy-mashgulotlar
Biologiya darslarida laboratoriya mashg’ulotlarini tashkil etish Biologiya o‘quv dasturida o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilimlarini mustahkamlash, ularni amaliyotga qo‘llash orqali biologik, amaliy va o‘quv mehnati ko‘nikmalarini tarkib toptirish maqsadida laboratoriya mashg‘ulotlari kiritilgan. O‘qituvchi laboratoriya mashg‘ulotlarini talab darajasida o‘tkazish uchun: 1. Laboratoriya mashg‘ulotlarining didaktik maqsadini aniqlashi; 2. Laboratoriya mashg‘uloti uchun zarur bo‘ladigan jihozlarni tayyorlashi; 3. Laboratoriya mashg‘ulotida o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish yo‘llarini belgalashi va shu asosda mashg‘ulotning borishini loyihalashi; 4. O‘quvchilarning tajriba va kuzatish o‘tkazish jarayonida zarur bo‘ladigan topshiriqlar uchun ko‘rsatmalar tayyorlashi; 5. Laboratoriya mashg‘uloti topshiriqlari bo‘yicha o‘quvchilar tomonidan tayyorlanadigan axborotni rasmiylashtirish yo‘llarini aniqlashi lozim. 6. Laboratoriya mashg‘ulotining borishi va olingan natijalarni tahlil qilishi, zarur hollarda tegishli o‘zgartarishlar kiritishi lozim. Biologiya o‘quv dasturidan o‘quvchilarning o‘quv va amaliy mehnat ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida amaliy mashg‘ulotlar ham o‘rin olgan. O‘qituvchi mazkur amaliy mashg‘ulotlarning samaradorligini oshirish maqsadida quyidagilarga e’tiborini qaratishi lozim: 48
• O‘quv dasturidan o‘rin olgan amaliy mashg‘ulotlarni istiqbol va taqvim- mavzuli rejadagi va ta’lim-tarbiya jarayonida tutgan o‘rnini aniqlashi; • Amaliy mashg‘ulotlarining didaktik maqsadini aniqlashi; • Amaliy mashg‘ulotini o‘tkazish uchun zarur bo‘ladigan jihozlarni tayyorlashi; • Amaliy mashg‘ulotda o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish yo‘llarini belgilashi va shu asosda mashg‘ulotning borishini loyihalashi; • O‘quvchilarning tajriba va kuzatish o‘tkazish jarayonida zarur bo‘ladigan topshiriqlar uchun ko‘rsatmalar tayyorlashi; • Amaliy mashg‘ulotning borishi va olingan natijalarni tahlil qilishi, zarur hollarda tegishli o‘zgartirishlar kiritishi lozim. Xulosa qilib aytganda, biologiya o‘qituvchisi o‘quv yili boshida o‘quv fanini o‘qitishni rejali va tizimli amalga oshirish maqsadida istiqbol reja tuzishi, unda fanlararo bog‘lanishlar, ekskursiya va sinfdan tashqari ishlarni belgilashi, shu asosda mavzuli-takvim reja tuzishi zarur. Mazkur mavzuli-taqvim rejada dars, darsdan tashqari ishlar, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni belgilashi, dars va mashg‘ulotlarni talab darajasida tashkil etishi va o‘tkazishiga erishishi lozim.
Mavjud jihozlardan samarali foydalanishda o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari boshchiligida fan xonasi mudiri, fan o‘qituvchilarini majburiyatlari va vazifalari: - o‘quv reja va dasturga muvofiq mavjud jihozlardan foydalangan holda amaliy, laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish; - yangi informatsion texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish; - jihozlardan foydalanishning texnikaviy xavfsizlik chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; - byudjetdan tashqari mablag‘ topish maqsadida o‘quv jarayonini to‘liq 49
ta’minlagan holda mavjud jihozlardan foydalanib, xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rish. Mavjud jihozlardan samarali foydalanish va ularni saqlash holatini ta’lim muassasasining pedagogik kengashida o‘quv yilida kamida bir marta muhokama qilinadi. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining tajriba xo‘jaliklarida ishlatish uchun berilgan qishloq xo‘jaligi texnikalaridan birinchi navbatda o‘quv maqsadlarida foydalanilishga ta’lim muassasalari rahbari shaxsan mas’uldir. Fan xonalari jihozlaridan maqsadli foydalanish va ularning saqlanishini samarali tashkil etgan fan xonasi (kabinet) mudiri, fan o‘qituvchisi va o‘quvchilarni rag‘batlantirish masalasi ta’lim muassasa rahbariyati tomonidan yarim yillik va o‘quv yili yakuni bo‘yicha ko‘rib chiqiladi. Biologiya fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish metodikasi Ishdan maqsad:
Tinglovchilarning biologiya fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish, vaqtinchalik mikropreparatlar tayyorlash, biologiya o‘quv-laboratoriya xonalaridagi o‘quv jihozlari va o‘quv- laboratoriya asbob- uskunalarini saqlash va ulardan samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish. Bajarilishi lozim: 2. Biologiya o‘quv-laboratoriya jihozlarini saqlash va ulardan samarali foydalanish yuzasidan yo‘riqnoma bilan tanishish, uni tahlil qilish. 3.
Vaqtinchalik mikropreparatlar tayyorlash. 4.
“Odam va uning salomatligi” fanidan “Nafas bilan chiqadigan havodagi karbonat angidridni aniqlashga oid tajriba qo‘yish” mavzusidagi laboratoriya ishini bajarish. 1.
Biologiya (Sitologiya va genetika asoslari) fanidan “Amilazaning kraxmalga ta’siri” mavzusidagi laboratoriya ishini bajarish. 2. “Turning morfologik mezonini aniqlash” mavzusidagi laboratoriya ishini bajarish. 3.
Tinglovchilar baj argan ishi yuzasidan taqdimot tayyorlaydilar.
50
MASHG`ULOTI O`TKAZISH METODIKASI 5-SINF BOTANIKA 1-LABORATORIYA MASHG`ULOTI Mavzu: Gulli o`simliklarning organlari bilan tanishish. Maqsad: Gulli o`simliklarning vegetativ (ildiz,poya,barg) va generativ (gul,urug` va meva) organlarining tuzilishi, joylashishi va ularning o`ziga xos tuzilishi va vazifalari bilan tanishtirish. Jihozlar:o`quv-laboratoriya mikroskopi,lupa,preparoval to`plam
(pinset,skalpel.preporaval nina),filtr qog`ozi,gerbariy va tirik o`simlik namunalari. Mashg`ulotni bajarish tartibi 1.O`simlikning vegetative organlari: ildiz, poya, barglar topiladi va o`rganiladi. 2.O`simlikning generativ organlari: gul, urug` va mevasi topiladi va o`rganiladi. 3.Gulning tuzilishi kuzatiladi. 4.Urug`ning tuzilishi o`rganiladi. 5.Mevaning tuzilishi o`rganiladi. 6.Jadvallar to`ldiriladi: Gulli o`simliklarning solishtirma tavsifi O`simlik nomlari Hayotiy shakli O`simliklar organlari Olma
daraxt Ildiz, poya, barg, gul, meva, urug` Anor buta
Ildiz, poya, barg, gul, meva, urug` Shuvoq
yarim buta Ilidz, poya,barg, gul, meva, urug` Ajriq ko`p yillik Ildiz, poya, barg, gul, meva, urug` Sabzi
ikki yillik Ildiz, poya, barg, gul, meva, urug` Pomidor bir yillik Ildiz, poya, barg, gul, meva, urug` Gulli o`simliklar organlari va vazifasi O`simlik organlari Vazifasi Ildiz
Oziqlantiradi Poya
Oziq moddani to`playdi Barg
Nafas oladi,organik modda hosil qiladi Gul
Jinsiy ko`payadi Meva
Urug`ni himoyalaydi va tarqatadi. Urug`
Ko`payish 51
Gulli o`simliklarning vegetativ organlariga ildiz, poya, barg va generativ organlariga gul,meva,urug` kiradi. Gul gulkosacha, gultoj,changchi,urug`chidan tashkil topgan.Urug` po`st, urug`palla va murtakdan tashkil topgan. Meva po`st,et va mag`izdan tashkil topgan.Gulli o`simliklarning vegetativ organlaridan ildiz oziq moddalarni tuproqdan so`rib olib yer ustki qismga uzatadi. Poya ildiz bilan barg orasida moddalar harakatini ta`milaydi va oziq moddalarni to`playdi. Barg organik modda hosil qiluvchi, suvni bug`latuvchi va nafas oluvchi organ. Gul yopiq urug`li o`simliklarning jinsiy ko`payish organi. Meva urug`ni himoyalaydi va tarqatishga yordam beradi.Urug` ko`payuvchi organ. Nazorat uchun savollar 1.Gulli o`simliklarning vegetativ va generativ orgalariga misol keltiring va ularning vazifalari haqida ma`lumot bering. 2.Gul o`simliklarda qanday vazifani bajaradi? 3.Urug` va mevaning tuzilishiga ta`rif bering.
6-SINF BIOLOGIYA (BOTANIKA) 3-LABORATORIYA MASHG'ULOTI Mavzu: Barglarning tashqi tuzilishini o’rganish. Maqsad: O’simlik barglarining tashqi tuzilishini shakli va qirrasi tuzilishini raqamlanishini bir-biri bilan taqqoslab o’rganish. Qaysi sinfga va oilaga kirishini ham o’rganish. Mavzuga doir hayotiy ko’nikmalarni shakllantirish.
52
akatsiya, soxta kashtan, atirgul) xona o’simliklari.
1.Bandli va bandsiz barglar tuzilishi bilan tanishiladi. 2.Barglarning tomirlanish turlari bilan lupa yordamida tanishiladi. 3.Oddiy va murakkab barglar bilan tanishiladi. 4.Chetlari butun, o’yilgan, barg plastinkasi ikki-uch karra qirqilgan o’simliklar bilan tanishiladi. 5.Barg plastinkasining bir nechta turi chiziladi . 6.Bargning asosiy qismlari belgilanadi. Jadval-1 T t/r O’simlik nomi Barg turi Tomirlanish Shakli Qirrasi 1 1 O’rik oddiy
patsimon yuraksimon tishli 2
Bug’doy oddiy
parallel qalami
tekis 3 3 G`oza oddiy
panjasimon o`yilgan tekis 4
Soxta kashtan
murakkab to’rsimon panjasimon tishli
5 5.
Atirgul murakkab to’rsimon ovalsimon tishli
53
1.Barg- o’simlikning muhim biologik jarayonlar asosida organic moddalar hosil qiluvchi suvni bug’latuvchi va nafas oluvchi asosiy vegetativ organi. Barg asosan ikki qismdan : barg yaprog’i (plastinkasi) va barg bandidan tashkil topgan .Ayrim o’simliklar barg bandining pastki qismida yon bargchalar bo’ladi. Ba’zi o’simliklarning bargi bandsiz bo’ladi. Bunday burglar bandsiz (o’troq ) barg deyiladi.Barglar poyaga yoki novdaga, odatda, barg bandi bilan birikadi. Bandsiz burglar poyaga yaprog’ining pastki qismi bilan birikadi. Bandli barglarga: olma, o’rik, nok, terak, yong’oq, anjir, tok, bodring, qovun kabilar; bandsiz barglarga lola, piyoz, shirach, gulsafsar, bug’doy, makkajo’xori, arpa, sholi kabi o’simliklar kiradi.
2.Ko’pchilik o’simliklarning bargi va bargchalari aniq ko’rinib turadigan va ko’z bilan ko’rib bo’lmaydigan tomirlari bo’ladi.Tomirlar barg bandidan bargga o’tib shoxlanadi.Shu tomirlar tufayli barg mustahkam bo’ladi.Ikki palllali o’simliklarning bargi to’rsimon tomirlangan. Ularni ayniqsa, terak, chinor, olma, o’rik,nok, yalpiz, g’o’za kabi o’simliklar bargida yaxshi ko’rish mumkin. Bunday tomirlanish to’rsimon tomirlanish deb aataladi. Bir pallali o’simliklardan bug’doy, arpa, makkajo’xori, oqjo’xori, g’umay va boshqalar bargaining tomiri burglar chetiga parallel yoki yoysimon joylashgan. Bunday tomirlanish parallel yoki yoysimon tomirlanish deb ataladi. 3.Yuksak o’simliklarning bargi tuzulishiga ko’ra oddiy va murakkab bo’ladi.Barg bandida bitta barg joylashsa, bunday barg oddiy barg deb ataladi. Bularga olma, nok, o’rik, shaftoli, tut, tok, go’za, terak, rovoch, yantoq kabilarning bargi kiradi. Bitta barg bandida bir nechta bargchalar joylashgan bo’lsa, bunday burglar murakkab barglar deyiladi.Murakkab bargli o’simliklarga shirinmiya, beda, soxta kashtan, yong’oq, jiyda, na’matak, qulupnay, loviya, no’xat, yeryong’oq kabilar kiradi. Xulosa: Barg ikki qismdan:barg yaprog`i va barg bandidan tashkil topgan.barglar bandli va bandsiz bo`ladi. Barglar oddiy va murakkab, shakli turlicha bo’ladi. Barg- o’simlikning muhim biologik jarayonlar asosida organik
54
moddalar hosil qiluvchi, suvni bug’latuvchi va nafas oluvchi asosiy vegetativ organi hisoblanadi. 7-SINF BIOLOGIYA (ZOOLOGIYA) 1-LABORATORIYA MASHG`ULOTI Mavzu:Tufelkaning tuzilishi.Harakatlanishi va ta’sirlanishini o`rganish. Maqsad:Infuzoriya tufelkani mikropreparat orqali o`rganish, bir hujayrali hayvonlarning tuzilishi va hayot tarzi, harakatlanishini kuzatish, mustaqil mikropreparat tayyorlash va mikroskop bilan ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish, oddiy amyoba, yashil evglena va infuzoriya tufelkasining hujayraviy tuzilishini o`zaro taqqoslash.
skalpel, preparoval nina), polipropilen o`lchov idishlar to`plami, buyum oynasi, qoplag`ich oyna, filtr qog`ozi, tomizgich, petri kosachasi, biologiya xonalari uchun kimyoviy reakivlar to`plami (sirka kislota, osh tuzi), infuzoriya tufelkasi kulturasi. Ishni bajarish tartibi: 1.Mikroskop ish holatiga keltiriladi.Buning uchun mikroskop stol chetidan 3- 4 sm uzoqlikda, shtativga qaratib joylashtiriladi. 2.Pichan ivitmasi kulturasidan infuzoriya tufelkasi vaqtinchalik mikropreparati tayyorlanadi. 3.Infuzoriya tufelkasi kulturasi oldindan tayyorlab olinadi. 4. Buyum oynasiga tomizgich yordamida tayyorlangan kulturadan bir-ikki tomchi olib tomiziladi va qoplag’ich oyna bilan yopiladi,chetidagi ortiqcha suv filtr qog’ozi yordamida shimdirib olinadi. 5.Tayyorlanagan vaqtinchalik mikropreparat buyum stolchasiga qo`yiladi va mikroskopda kuzatiladi. 6. Kuzatishlar davomida infuzoriya tufelkasining tana shakli,og’iz oldi chuqurchasi o`rganiladi, harakatlari kuzatilib, uning katta va kichik yadrosi, ovqat hazm qilish va qisqaruvchi vakuolalari aniqlanadi, kuzatishlardan so`ng daftarga infuzoriya tufelkasining tuzilishi chiziladi, kuzatilgan tana qismlarining nomlari yozib qo`yiladi.
55
7. Buyum oynasidagi tufelkali pichan ivitmasi tomchisiga sirka kislotasi yoki osh tuzining eritmasidan bir tomchi tomiziladi, tomchi buyum oynasi bilan yopiladi va mikroskopning katta obyektivida kuzatiladi, tufelka tanasidan otilib chiqayotgan kuyduruvchi tanachalari topiladi va tuzilishi o`rganiladi.
1-topshiriq varaqasi. Sodda hayvonlar tuzilishining qiyosiy tavsiflari Organoidlar Oddiy amyoba Yashil evglena Infuzoriya tufelkasi Hujayra qobig’i Yumshoq va yupqa
Qattiq va qayishqoq Kipriklar bilan qoplangan qobiq Yadrolari soni 1 1
Harakatlanish organoidlari Soxta oyoqlari Xivchini Kipriklari Oziqlanish tarzi Geterotrof Avtotrof, geterotrof Geterotrof Qisqaruvchi vakuoli
Xromotofori - + - Og`iz teshigi - - + Halqumchasi - - + 56
Hazm qilish vakuolasi + - + Chiqaruv teshigi - - + Ko`zchasi - + - Hujayra
tanachalari - - + Harakat
organoidlari - + + Yolg`on
oyoqchalari + - - Kiprikchalar - - + xivchinlar - + - 2-topshiriq varaqasi. Sodda hayvonlarning tuzilishi va hayot kechirish xususiyatlari Belgi va xossalari Oddiy amyoba Yashil evglena Infuzoriya tufelkasi Yashash tarzi Erkin Erkin
Erkin Tana o’lchami 0,2-0,5 Amyobadan 5-10 marta kichik 0,1-0,3mm Tana shakli Ma’lum
bir shaklga ega emas Duksimon Poyabzalning ostki qismiga
o`xshaydi Harakatlanish organoidi Soxta oyoqlari Xivchini Kipriklari Oziqlanish usuli Geterotrof Avtotrof,geterotrof Geterotrof Ko`payish usuli Ikkiga bo`linish Ikkiga bo`linish Ikkiga bo’linish
57
yo`li bilan, jinssiz ko`payadi yo`li bilan, jinssiz yo`li bilan, jinssiz Xulosa:Bir hujayrali hayvonlar bitta hujayradan tuzilgan, ba’zi turlari koloniya bo`lib yashaydi. Ularning ana shu bitta hujayrasijuda ham sodda tuzilgan.Ular harakatlanadi, oziqlanadi, hazm qiladi, ayiradi, nafas oladi, ko’payadi, ta’sirlanadi, tabiat bilan moddalar almashinuvi sodir bo`ladi. Infuzoriyani mikroskopda ko`rish uchun oldindan pichan ivitmasi tayyorlab qo`yiladi.Vaqtinchalik preparat tayyorlanib, mikroskopda ko’riladi. Mikroskopda ishlash ko’nikmalari rivojlantiriladi. Infuzoriya tufelkasini kuzatish orqali uning oddiy amyoba va yashil evglenadan farqi o’rganiladi. Hujayraviy tuzilishi bo`yicha infuzoriya oddiy amyoba va yashil evglenaga nisbatan ancha murakkab tuzilgan. Nazorat savollar: 1.Tufelkaning og’iz teshigi qayerda joylashgan? 2.Hazm qilish vakuolalari qanday hosil bo’ladi? 3.Tufelkada oziq mahsulotlari qanday hazm
bo’ladi? 4. Kuydiruvchi tanachalar qayerda joylashgan? Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling