1-dars 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga xos xususiyatlari darsning maqsadi


Download 0.9 Mb.
bet73/96
Sana19.09.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1681630
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   96
Bog'liq
1-dars 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga

V.Tashkily qism;
a)Salomlashish
b)Yo’qlama
c)Siyosiy daqiqa
VI.O’tilgan mavzuni takrorlash uchun savol va topshiriqlar berish.
5. Nitroetan, nitrometan va 1-nitrobutanlarga vodorod bilan ta’sir etirilsa
qanday moddalar hosil bo‘lishini reaksiya tenglamasi bilan daftaringizga yozing.
6. 21,7 g metilamin olish uchun qancha hajmdagi litr (n.sh.) vodorod gazi
kerak bo‘ladi.
7. 45 g etilamin olish uchun qancha hajmdagi litr (n.sh.) vodorod gazi kerak
bo‘ladi.
8. Nitrobenlozga 4 g vodorod ta’sir etish natijasida hosil bo‘lan organik
moddaning massasini hisoblang.
9. Nitrobenlozga 11,2 litr (n.sh.) vodorod ta’sir etish natijasida hosil bo‘lan
organik moddaning massasini (g) hisoblang.
VII. Dars bayoni: Olinish usullari. Organik moddalarga nitrogruppani kiritish nitrolash deb aytiladi. Uni quyidagi usullar bilan amalga oshirish mumkin.
1. To‘yingan uglevodorodlarni nitrolash. Buning uchun to‘yingan uglevodorodlarga nitrat kislota ta’sir ettiriladi:
CH4 + HONO2-à CH3 NO2 + H2O
metan nitrometan
2. Benzolga konsentrlangan nitrat kislota, (konsentrlangan sulfat kislota ishtirokida) nitrobenzol olinadi.
Fizik xossalari. Nitrobirikmalarning quyi molekulyar gomologlari qo‘lansa hidli, rangsiz suyuqlik, efirda eriydi, spirt bilan yaxshi aralashadi. Nitrobirikmalarning bug‘lari zaharlidir.
Kimyoviy xossalari. Nitrobirikmalarning kimyoviy xossalari turlicha bo‘lib, asosan, ularning molekulasidagi nitrogruppaga bog‘liqdir.
1. Nitrobirikmalar qaytarilganda birlamchi aminlar hosil bo‘ladi.
CH3 NO2 + 3 H2 àCH3 NH2 + 2 H2O
nitrometan metilamin
2. Aromatik aminlar, mos ravishdagi aromatik nitrobirikmalarni qaytarish yo‘li bilan olinadi:
VIII. Mavzuga oid masala va mashqlar.
1. Quyidagi moddani xalqaro namenklatura bo‘yicha nomlang.
CH3 CH(NO2) CH(CH3) CH3
2. Quyida keltirilgan moddalarning struktur formulasini chizing va ular
tarkibidagi uglerov atomlarining oksidlanish darajalarini hisoblang:
1)1-nitropropan 2)3-metil-2-nitrobutan
3)1-nitrobenzol
3. n-butandan qaysi usul bo‘yicha 2-nitrobutan olish mumkun, so‘zlaringizni
asoslash uchun reaksiya tenglamasini yozing.
4. Uchlamchi butilaminning oksidlanish reaksiyasini yozing.
5. Nitroetan, nitrometan va 1-nitrobutanlarga vodorod bilan ta’sir etirilsa
qanday moddalar hosil bo‘lishini reaksiya tenglamasi bilan daftaringizga yozing.
6. 21,7 g metilamin olish uchun qancha hajmdagi litr (n.sh.) vodorod gazi
kerak bo‘ladi.
IX.Uyga vazifa
7. 45 g etilamin olish uchun qancha hajmdagi litr (n.sh.) vodorod gazi kerak
bo‘ladi.
8. Nitrobenlozga 4 g vodorod ta’sir etish natijasida hosil bo‘lan organik
moddaning massasini hisoblang.
9. Nitrobenlozga 11,2 litr (n.sh.) vodorod ta’sir etish natijasida hosil bo‘lan organik moddaning massasini (g) hisoblang.

51-DARS 33-§. AMINLAR VA AROMATIK AMINLAR.


V BOB. AZOTLI ORGANIK BIRIKMALAR

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling