Aromatik aminlar
Download 112.47 Kb.
|
Aromatik aminlar va ularni sintezi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aminlarni olish usullari
Aromatik aminlar va ularni sintezi Reja: Aromatik aminlar Aminlarni olish usullari Aminlarning xossalari Aromatik aminlar Aromatik nitrobirikmalarni kislotali, ishqoriy, neytral muhitlarda va katalitik usulda qaytarib, aromatik aminlar olish. Qaytarish jarayonida hosil bo‘luvchi oraliq mahsulotlar va ularni bir-biriga aylanishi. Benzidin va semidin qayta guruhlanishi. Aromatik aminlarning kimyoviy xossalari. Diazobirikmalar. Diazobirikmlarning azot ajralib va ajralmasdan amalga oshadigan reaksiyalari. Azobirikish reaksiyasi, azobo‘yoqlar Aromatik yadrosining vodorod atomi o‘rnida NH2 guruhi tutgan birikmalar aromatik aminlar deb ataladi. Eeng sodda aromatik aminga Agar aromatik amin molekulasida azot atomi bitta aromatik halqaga bog‘langan bo‘lsa birlamchi, ikkita aromatik halqaga bog‘langan bo‘lsa ikkilamchi, uchta aromatik halqaga bog‘langan bo‘lsa uchlamchi aromatik amin deb ataladi: Aromatik yadroda bir nechta aminoguruh bo‘lishi ham mumkin: Aminlarni olish usullari Aromatik aminlarni olishni birinchi bo‘lib N.N. Zinin taklif etgan. U nitrobenzolni vodorod sulfid bilan qaytarib anilin olgan: Keyinchalik nitrobenzolni qaytarishning boshqacha usullari ishlab chiqilgan: Shunday usullar yordamida nitrotoluollarni qaytarib o-, p- va m-toluidinlar olinadi. Aromatik nitrobirikmalarni qaytarish murakkab bo‘lib, kislotali muhitda hosil bo‘ladigan oraliq moddalar tezlik bilan anilingacha qaytariladi: Nitrobenzolni neytral muhitda qaytarilsa, reaksiya fenilgidroksilamin hosil bo‘lish bosqichida to‘xtaydi: Shunday qilib, fenilgidroksilamin nitrobenzoldan anilin hosil bo‘lishida oraliq mahsulot bo‘lib, uni oksidlanishidan yana nitrobenzolga qaytib o‘tish mumkin: Nitrozobenzol nitrobenzolni qaytarish jarayonida birinchi hosil bo‘luvchi oraliq modda bo‘lib, u osongina fenilgidroksilaminga o‘tadi, uni fenilgidroksilaminni oksidlab olish mumkin: Nitrozobenzol va fenilgidroksilamindan qaytarib anilin olinadi: Nitrobenzolni ishqoriy muhitda qaytarish natijasida azoksibenzol, azobenzol va gidrazobenzol hosil qilish mumkin: Bundan tashqari azoksibenzol nitrozobenzol va fenilgidroksilaminning o‘zaro birikishi natijasida hosil bo‘ladi: Azoksibenzol qaytarilsa azobenzolga, azobenzol esa oksidlanishi natijasida azoksibenzolga aylanadi: Gidrazobenzolni esa azobenzolni rux va ishqor ta’sirida qaytarib olish mumkin: Gidrazobenzol qaytarilsa anilin hosil bo‘ladi: Kislotali muhitda esa gidrazobenzol benzidin (n,n’-diaminodifenil)ga aylanadi: Agar ushbu molekulaning birorta yadrosi n-holatda o‘rinbosar tutsa, u holda semidin hosil bo‘ladi: Aromatik aminobirikmalar ham xuddi yog` qatori aminobirikmalari kabi ammiakning hosilalari hisoblanadilar. Toza aromatik aminobirikmalarda aminoguruh benzol halqasidagi uglerod atomi bilan bevosita bog`langan bo`ladi. Masalan: Aminoguruhi yon zanjirda joylashgan aminobirikmalar yog` qator aminobirikmalarning xossalarini takrorlaydilar. Aminoguruhi benzol halqasida joylashgan aminobirikmalar. Bular birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi aminobirikmalar ko`rinishida mavjud bo`ladilar. Bundan tashqari, ular toza aromatik va alkil aromatik aminobirikmalar ko`rinishida ham mavjud bo`ladilar, masalan : C 6 H 5 -N H 2 ; C 6 H 5 N H - CH 3 va x.k. Birlamchi aminlar A r -N H 2 umumiy formula bilan ifodalanadilar va quyidagicha nomlanadi: Agar benzol halqasida biror guruh ikkinchi guruhga nisbatan aniq holatga qo`yilmasa, bunda bu guruhning o-, m- yoki p-holatlarda bo`lishi mumkin deb tushuniladi. Birlamchi aromatik aminobirikmalar asosan quyidagi usullar yordamida olinadilar: 1. Aromatik nitrobirikmalarni qaytarib aromatik aminobirikmalar hosil qilish (N.N.Zinin): Bu jarayonda qaytaruvchi sifatida temir va xlorid yoki sulfat kislota; kaliy va xlorid kislota; vodorod sulfid yoki ishqoriy metallar sulfidlari, gidrosulfidlari ishlatilishi mumkin. Bundan tashqari h ozirgi kunda elektrokimyoviy qaytarish usullari ham keng qo`llanilmoqda. Download 112.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling