1-dars 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga xos xususiyatlari darsning maqsadi
Download 0.9 Mb.
|
10 SINF KONS[1]
V.Tashkily qism; a)Salomlashish b)Yo’qlama c)Siyosiy daqiqa
VI.O’tilgan mavzuni takrorlash uchun savol va topshiriqlar berish. Molekulasida to‘yingan uglevodorod radikali bilan bog`langan bitta karboksil guruh ( COOH) tutgan organik moddalar bir asosli to‘yingan karbon kislotalar deyiladi. Ularni umumiy holda CnH2n+1 COOH formula bilan ifodalash mumkin: (chumoli kislota bundan mustasno). Nomenklaturasi : To‘yingan bir asosli kislotalarni nomlashda, ko‘pincha ularning trivial nomlaridan foydalaniladi. Bu nom kislota qanday xomashyodan olinganligini ko‘rsatadi. Masalan, ularning birinchi vakili H—COOH chumoli kislota deb ataladi, chunki dastlab chumolidan ajratib olingan. Xuddi shunga o‘xshash, valerian kislota – Valeriana o‘simligining ildizidan olingan. Sistematik nomenklaturaga ko‘ra, kislotalarning nomi tegishli uglevodorod nomiga kislota so‘zini qo‘shish bilan hosil qilinadi: Formulasi Trivial nomeklatura Sistematik nomeklatura H COOH chumoli kislota metan kislota CH3 COOH sirka kislota etan kislota CH3 CH2 COOH propion kislota propan kislota CH3 CH2 CH2 COOH moy kislota butan kislota CH3 CH2 CH2 CH2 COOH valerian kislota pentan kislota CH3 CH2 CH2 CH2 CH2 COOH kapron kislota geksan kislota CH3 (CH2)14 COOH palmitin kislota geksadekan kislota CH3 (CH2)16 COOH stearin kislota oktadekan kislota Tarmoqlangan zanjirli vakillarini nomlashda: avval eng uzun zanjir tanlanadi va karboksil guruh tomondan raqamlanadi. Bu holatda karboksil guruh birinchi deb hisoblanadi. Zanjir tarmoqlangan qismidagi radikallar joylashgan uglerod raqami, so‘ng radikali nomi aytiladi. Asosiy uglerod zanjiridagi uglerodlar soniga mos alkan nomi va kislota so‘zi qo‘shib aytiladi . Masalan: Izomeriyasi- To‘yingan karbon kislotalar uglerod zanjirning tarmoqlanishidan hosil bo‘ladi: CH3 CH2 CH2 CH2 COOH pentan kislota CH3 CH2 CH CH3 COOH 2-metilbutan kislota CH3 CH CH3 CH2 COOH 3-metilbutan kislota Olinish usullari. 1. Birlamchi spirtlar oksidlanganda dastlab aldegid, so‘ngra kislota hosil bo‘ladi. Bunda uglerod atomlarining soni o‘zgarmaydi: 2. Murakkab efirlarni gidrolizlash bilan karbon kislota olish mumkin: 3. Tegishli karbon kislotalarning tuzlariga kuchli anorganik kislotalar ta’sir ettirib olish mumkin: 2CH3CH2CH2COONa + H2SO4 2CH3CH2CH2COOH + Na2SO4 Fizik xossalari.Karbon kislotalarning quyi vakillari odatdagi sharoitda suyuqlik, yuqori molekular yog‘ kislotalar suvda erimaydigan qattiq moddalardir. Kimyoviy xossalari. Karbon kislotalar anorganik kislotalar kabi xossalarga ega, metallar, metall oksidlari va ishqorlar bilan reaksiyaga kirishib tuzlar hosil qiladi. 2R COOH + 2Na 2R COONa + H2 2CH3 COOH + 2Na 2CH3 COONa + H2 R COOH + NaOH R COONa + H2O C2H5 COOH + NaOH C2H5 COONa + H2O CH3 COOH + MgO (CH3 COO)2Mg + H2O 2R COOH + MgO (R COO)2Mg + H2O Karbon kislotalar spirtlar bilan sulfat kislota ishtirokida murakkab efirlarni hosil qiladi. sirka kislota etilatsetat Chumoli kislotaning karboksil guruhi bevosita vodorod bilan bog‘langanligi tufayli, uni bir vaqtning o‘zida ham kislota, ham aldegid deb qarash mumkin. U aldegidlarga xos „kumush ko‘zgu“ reaksiyasiga kirishadi: Vodorodning almashinishi bilan boradigan reaksiyalarga quyosh nurida galogen ta’sirlashishini keltirish mumkin. Bunda radikaldagi bir yoki bir necha vodorod atomi galogenga almashingan kislota hosilasi vujudga keladi: xlorsirka kislota dixlorsirka kislota trixlorsirka kislota Yuqori karbon kislotalar glitserin bilan eterifikatsiya reaksiyasiga kirishib, yog‘lar hosil qiladi:
Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling