VIII.Yangi mavzuni mustahkamlash: Klaster, aqliy hujum usulidan foydalanish.
Mavzuga oid masala va mashqlar.
1. Ketonlar qaysi guruh moddalari bilan izomer hisoblanadi?
2. Ketonlarning aldegidlarga o‘xshash va farqli belgilarini aytib bering.
3. C5H10O tarkibga ega bo‘lgan keton struktura formulalarini yozing va
ularni nomlang.
4. C4H8O tarkibga ega bo‘lgan keton struktura formulalarini yozing va ularni
nomlang.
5. C5H11OH tarkibli berilgan spirtlardan qaysilarini oksidlash orqali ketonlar
olish mumkin .
a)2-metilbutanol-1; b)3-metilbutanol-2; c)2-metilbutanol-2;d)2,2-dimetilpropanol-
1; e) 3-metil butanol-1; f)pentanol-3
IX.Uyga vazifa:
6. C6H13OH tarkibli berilgan spirtlardan qaysilarini oksidlash orqali ketonlar
olish mumkin.
a)2-etilbutanol-3; b)3-etilbutanol-2; c)2,3-dimetilbutanol-2; d)2,2-dimetilpropanol-
1; e) 3-metilpentanol-1; f)pentanol-3
7. 36 g noma’lum ketonni spirt hosil bo‘lguncha qaytarish uchun 11,2 l
(n.sh.) vodorod kerak bo‘lsa, noma’lum ketonni toping.
8. 30 g noma’lum ketonni spirt hosil bo‘lguncha qaytarish uchun 6,72 l
(n.sh.) vodorod kerak bo‘lsa, noma’lum ketonni toping.
40-DARS 26-§. To’yingan bir asosli karbon kislotalarning fizik va kimyoviy xossalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |