1-dars. 11-sinf. 1-bo`lim. Fuqaro muxofazasi


Download 37.06 Kb.
bet1/12
Sana13.12.2022
Hajmi37.06 Kb.
#999409
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
11-sinf. 1-dars. Kengaytirilgan bayonnoma (2)


“Tasdiqlayman”
26-maktab direktori: B.Qodirov
“____” ____________ 2022 yil
1-dars. 11-sinf.
1-bo`lim. Fuqaro muxofazasi.
1-bob. Favqulоdda vaziyatlarda ularning оldini оlish va harakat qilish yagona Davlat tizimini tashkil etilishi.
1-mashg`ulоt. Nazariy. O`zbеkistоn Rеspublikasi Favqulоdda vaziyatlarda ularning оldini оlish va harakat qilish Davlat tizimi (FVDT).
Maqsadi. O`quvchilarga Favqulоdda vaziyatlarda ularning оldini оlish va harakat qilish yagona Davlat tizimini tashkil etilishi xaqida tushuncha berish. Ularni fuqaro muxofazasi tadbirlarining samarasiga ishonch ruxida tarbiyalash.
Uslubi. Suxbat, xikoya.
O`quv savollari. 1.O’zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasining tashkil etilishi. 2. Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqaro muhofazasi sohasidagi rahbar organ. 3. O`zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT).
Vaqti.45 daqiqa.
Joyi. FM xonasi.
O`MT. CHQBT fani darsligi, O`zr va VMning FMga oid qonunlari va qarorlari, mavzuga oid boshqa jixozlar.
Darsni o`iish tartibi va uslubiy tavsiyalar
Kirish qismi


Asosiy qism. Yangi mavzu bayoni.


1-o`quv savoli. O’zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasining tashkil etilishi.
Fuqaro muhofazasi - tinchlik va urush vaqtlarida o`tkaziladigan umumdavlat mudofaa tadbirlarining tarkibiy qismidir. Bu tadbirlar tinchlik va urush davrida aholini va iqtisodiyot ob`ektlarini dushmanning yalpi va boshqa zamonaviy qirg`in vositalaridan himoya qilish, shikastlanish hududlarida va tabiiy ofatlar yuz bergan joylarda kechiktirib bo`lmaydigan qutqarish-tiklash ishlarini amalga oshirish uchun o`tkaziladi.
Fuqaro muhofazasi vazifalari yaxshi yo`lga qo`yilsa, fuqarolarni va iqtisodiyot ob`ektlarini himoya qilish bo`yicha tadbirlar kompleksi mohirlik bilan amalga oshirilsa dushman tomonidan yalpi qirg`in qurollari qo`llanilganda yoki tabiiy ofatlar yuz berganda ularning vayron etuvchi oqibatlarini sezilarli miqdorda pasaytirish mumkin.
2000 yil 26 mayda O`zbekiston Respublikasining “Fuqaro muxofazasi to`g`risida” gi qonuni qabul qilingan. Ushbu qonun 5 bo`lim 23 moddadan iborat bo`lib, fuqaro muhofazasi sohasidagi asosiy vazifalarni, ularni amalga oshirishning huquqiy asoslarini, fuqarolarning huquqlari va majburiyatlarini, tashkilotlarning vakolatlarini, fuqaro muhofazasi kuch va vositalarini belgilab beradi.
Fuqaro muhofazasi vazifalari quyidagilardan iborat:
-aholini harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalanish usullariga o`rgatish;
-ob`ektlarni harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalash harakatlari va usullariga tayyorlash;
-boshqaruv, xabar berish va aloqa tizimlarini tashkil qilish, rivojlantirish va doimiy shay holatda saqlab turish;
-iqtisodiyot ob`ektlarining barqaror ishlashini ta`minlash yuzasidan tadbirlar kompleksini o`tkazish;
-aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish;
-fuqaro muhofazasi harbiy tuzilmalarining shayligini ta`minlash;
-aholini kollektiv va shaxsiy muhofazalanish vositalari bilan ta`minlash tadbirlarini o`tkazish;
-aholining harbiy harakatlar olib borish paytidagi yoki shu harakatlar oqibatidagi hayot faoliyatini ta`minlash;
-radiatsion, kimyoviy va biologik vaziyat ustidan kuzatish va laboratoriya nazorati olib borish;
-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo`lmaydigan ishlarni o`tkazish;
-harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida zarar ko`rgan hududlarda jamoat tartibini yo`lga qo`yish va saqlab turish;
-aholini va hududlarni muhofaza qilish yuzasidan boshqa tadbirlarni amalga oshirish.
Tumanlarda (shaharlarda) fuqaro muhofazasining boshlig`i - tuman (shahar) hokimidir. Har qanday iqtisodiyot ob`ektining boshlig`i, tashkilot yoki muassasa rahbari – shu ob`ekt fuqaro muhofazasining boshlig`i hisoblanadi. U o`zi rahbarlik qilayotgan ob`ektda fuqaro muhofazasining tashkil etilishi, holati va doimiy shayligiga to`la javobgar bo`ladi.
O`zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi hududiy - ishlab chiqarish tamoyili bo`yicha tashkil etiladi. Bu fuqaro muhofazasining barcha tadbirlari hokimliklar tarmog`i (liniyasi) bo`yicha va ishlab chiqarish va xo`jalik yuritish faoliyatini olib borayotgan idora va muassasalar orqali rejalashtiriladi va o`tkaziladi demakdir.
Korxona, muassasalar, o`quv yurtlari, mulkchilikning turli ko`rinishidagi xo`jaliklar iqtisodiyot ob`ektlari hisoblanadi.



Download 37.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling