Dars turi: Aralash
Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali, “aqliy hujum’
Dars jihozlari: Doska, turli xil kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediya ilovalar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
Salomlashish. Navbatchi axborotini tinglash. O`quvchilarni darsga hozirlash.
O`quvchilar diqqati turli xil mashqlar yordamida jamlanadi.
So`ng, o`quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do`stona kelishuv’ qoidalari eslatib o`tiladi.
1Intizom. 2. O`zaro hurmat 3. Faollik 4. Aniqlik 5. Ahillik 6. O`ng qo`l qoidasi.
Uy vazifasini so`rab baholash.
Uy vazifasi “Kapalak” hikoyasi zanjir usulida ifodali o`qittiriladi, mazmuni tushuntiriladi, savoil-javoblar o`tkaziladi..
O`tilgan mavzular “Quruvchi” o`yini orqali mustahkamlanadi.
Bunda guruhlardan bir nafari chiqib, insonning ko`rkini belgilovchi fazilatlardan bittadan yozib o`z uylarini qura boshlaydilar.
O`quvchilarga o`tilgan mavzular yuzasidan savollar yozilgan tarqatmalar berilib, javoblar tinglanadi.
Iqbol nega kapalakni tutib oldi?
Kapalak bilan Iqbol qanday qilib do`st bo`ldilar?
Siz qanday kapalaklarni bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |