Yangi mavzu bayoni:
O`qituvchi tomonidan yangi mavzu e`lon qilinadi. “Aqlli bog`bon” ertagi o`quvchilar bilan birga o`rganilishi aytib o`tiladi.
Matn o`qituvchi tomonidan ifodali o`qib beriladi, mazmuni tushuntiriladi, qisqa savol-javoblar o`tkaziladi.
Bir bog`bonning uch o`g`li bo`lib, ular juda dangasa ekanlar. Bir kuni bog`bon kasal bo`lib qolibdi va o`g`illarini yoniga chaqirib vasiyat qilibdi. Vasiyatida bog`bon uzum tagiga bir xum tilla komganligini aytibdi. Bog`bon uch kundan song vafot etibdi. O`g`illaro bog`bonning vasiyatini amalga oshirish uchun tokning tagini rosa qazibdilar, ammol uzum tomirlaridan bo`lak hech narsa chiqmabdi.
Shu yili uzum chunonam ko`p hosil qilibdiki,uni sotib topgan piullari bitta emas bir necha xum tillani sotib olishga yetar ekan. Shunda bog`bonning o`g`illari tushunishibdi “Oltin yerda emas, mehnatda ekanligini”
Dam olish daqiqasida “Qarsak’ o`yini o`ynatiladi.
Mustahkamlash.
Yangi mazu “Zanjir” usulida izohli o`qitiladi. Har bir o`quvchi ikki yoki uchtadan gap o`qib, o`qiganini bilganicha, erkin so`zlab beradi.
O`qituvchi tomonidan berilgan savolga mos javobni o`quvchilar matndan topib o`qiydilar.
Bog`bonning qanday o`qi`llari bor ekan?
Bog`bon o`gillariga qanday vasiyat qoldiribdi?
Bog`bon vafot etgach o`g`illari nima ish qilishibdi?
O`gillari nimani tushunishibdi?
“Chalkash zanjir” o`yini o`ynatiladi.
Hikmatli gap o`qitilib, mazmuni tushuntiriladi:
Hamma yomonliklarning boshi- dangasalik va qo`rqoqlik..
Do'stlaringiz bilan baham: |