1-dars Fan : O`qish Sana: Mavzu


Download 189.01 Kb.
bet21/160
Sana09.01.2022
Hajmi189.01 Kb.
#259707
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   160
Bog'liq
1-dars Fan O`qish Sana Mavzu

Yangi mavzu bayoni:

Yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. Odil Abdurahmonning “Oy allasi” she`ri bilan tanishtiriladi.

Shoir haqida ma`lumot beriladi.

She`r mazmuniga mos lavhalar namoyish etilib, kadr ortidan she`r matni yangraydi.

She`r mazmuni tushuntiriladi.o`quvchilar ketma-ket she`rni o`qiydilar. Qolgan o`quvchilar kuzatib boradilar.

Lug`at ishi o`tkaziladi.

Ko`zimning nurini senga tutdim-o- mehrimni senga berdim

Bahramand- bahra olmoq, biror foyda, naf ko`rmoq
Dam olish daqiqasida o`quvchilarbilan “Tropik yomg`ir” o`yini o`ynatiladi..


  1. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni msuthakamlash uchun berilgan matn o`quvchilarga zanjir usulida o`qittiriladi,, o`qishga qiynalgan o`quvchilarga bo`g`inlab o`qittiriladi.Qasqa savol-javob o`tkaziladi.

  1. Oy –ona, bolasi yulduzga nimalar haqida so`zladi?

  2. Quyosh, oy, yulduzlar kimlarga o`xshatilgan?

  3. O`ylab ko`ring-chi, nima uchun quyosh otaga o`xshatilyapti?

O`quvchilarning javoblari tinglanadi va o`qituvchi tomonidan xulosa qilinadi.

Bizning ota-onalarimiz Quyosh va Oyga o`xshatiladi. Quyosh va Oy yer uchun qanday kerak bo`lsa, ota-onaning mehri ham shu quyoshga o`xshatiladi. Ularning qadriga yetishimiz, ularning “nuri” dan bahramand bo`lishimiz lozimligi tushuntiriladi.

“Klastr” usulidan foydalanib o`quvchilar ota-onalarga ta`rif beradilar.



  1. Download 189.01 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling