1-dars Fan : O`qish Sana: Mavzu


Dars turi: Aralash Dars metodlar


Download 189.01 Kb.
bet4/160
Sana09.01.2022
Hajmi189.01 Kb.
#259707
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   160
Bog'liq
1-dars Fan O`qish Sana Mavzu

Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali, “aqliy hujum’

Dars jihozlari: Doska, turli xil kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediya ilovalar.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

Salomlashish.

Navbatchi axborotini tinglash.

O`quvchilarni darsga hozirlash.

O`quvchilar diqqati turli xil mashqlar yordamida jamlanadi.

So`ng, o`quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do`stona kelishuv’ qoidalari eslatib o`tiladi.


  1. Intizom. 2. O`zaro hurmat 3. Faollik 4. Aniqlik 5. Ahillik 6. O`ng qo`l qoidasi.

  1. Uy vazifasini so`rash va o`tilgan mavzuni mustahkamlash.

“Vatan-bu...” she`rini yoddan so`rab baholanadi.

“Quvnoq harflar” o`yini o`ynatiladi.Bu o`yinni o`tkazish uchun she`rni eng ifodali yoddan aytgan 8 nafar o`quvchi tanlanib, doska yoniga taklif qilinadi. Ular o`qituvchi stolida teskari holatda qo`yilgan Q, O`, R, G`, O, N, I, M kesma harflardan bittadan tanlab olishadi. “Qo`rg`onim” so`zini o`quvchilar qarsak yordamida tovush chiqarib hosil qiladilar.

O`quvchilarga quyidagicha umumlashtiruvchi savollar beriladi.


  • “Qo`rg`onim” so`zi nechta harf va tovushdan iborat? (8 ta harf, 8 ta tovush)

  • So`z necha bo`g`inli ekan? (3 bo`g`inli, demak 3 ta unli bor)

  • 8 va 3 ning ayirmasini toping. (5-ushbu so`zdagi undoshlar soni)

  • “Qo`rg`onim” so`zining ma`nosi nima ekan? (Vatan)


  1. Download 189.01 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling