1-dars Fan : O`qish Sana: Mavzu


Download 189.01 Kb.
bet56/160
Sana09.01.2022
Hajmi189.01 Kb.
#259707
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   160
Bog'liq
1-dars Fan O`qish Sana Mavzu

Yangi mavzu bayoni:

Yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. Buyuk ajdodlarimizdan biri Mirzo Ulug`bek haqida ma`lumotlar beriladi. O`quvchilarga Mirzo Ulug`bek buyuk shoh va sarkarda Amir Temurning nevarasi ekanligi haqida, u ham ilm-fanga bitmas –tuganmas hissa qo`shib ketganligi hqida ma`lumot beriladi.

Fan texnika rivojlanmadan vaqtda Mirzo Uluig`bek falakiyot ilmiga, ya`ni osmon jismlarini o`rganishga juda qiziqqan. U Samarqand shahrida ilk bor katta rasadxona qurdirgan va bu rasadxonada yulduzlarning joylashishini o`rgangan. Mirzo Ulug`bek 1000dan ortiq yulduzlarni o`rgangan. Shuningdek 1 yilimiz 365 kun 6 soat va 10 daqiqani tashkil etishini hisoblab bergan. Zamonaviy oliomlarning vaqtni aniq hisob-kitobiga solishtirganda bu atigiu 36 soniya farqni bildirgan. Hozirda Mirzo Ulug`bek bobomiz qoldirgan meros butun olam taraqqiyotiga ulkan hissa qo`shmoqda.

Samarqandda o`tkazilgan katta bir ahjumanda chet ellik olimlar bilan yurtboshimiz uchrashuv tashkil etadilar va bu uchrashuvda bobomiz haqida chet el olimlari yulduzlarni aniqlashda ozgina farqlar borligini aytishganda, Prezidentimiz ularga qarab, “Bobomiz yulduzlar joylashuvini juda aniq aytib ketgan, bu xatoliklar sizning texnikangiz tomonidan qilingan ” - deb mag`rur javob qaytarganlar. Albatta bu bizning ajdodlarimiz bilan faxrlanishimiz, g`ururlanishimizdan dalolatdir.

“Buyuk munajjim” matni o`qituvchi tomonidan o`qib beriladi, mazmuni tushuntiriladi. Munajjim- so`zining ma`nosi yoritib beriladi.



  1. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni msuthakamlash uchun berilgan matn o`quvchilarga zanjir usulida o`qittiriladi,,mazmuni so`zlatiladi, o`qishga qiynalgan o`quvchilarga bo`g`inlab o`qittiriladi.Qisqa savol-javob o`tkaziladi.

  1. Mirzo Ulug`bek kim bo`lgan?

  2. Ulug`bek bobomiz necha yoshda podshoh bo`lgan?

Matnning tarbiyaviy tomoni o`quvchilarga singdiriladi.


  1. Download 189.01 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling